Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Xotinning hikoyati
Bir pokiza darvish bor edi. U yog‘ va asal so-
tuvchi bir savdogarning qo‘shnisi edi. Savdogar 
deyarli har kuni unga biroz asal va yog‘ chiqarib 
turardi.
Darvish istaganicha yeb, qolganini ko‘zaga solib 
qo‘yar edi. Bir kun qarasa, ko‘za to‘lib qolibdi. Dar-
vish o‘ziga-o‘zi dedi: «Agar bu yog‘ bilan asalni o‘n 
tangaga sotsam, bu o‘n tangaga beshta sovliq qo‘y 
olaman. Bu qo‘ylar olti oyda beshta tug‘ib beradi, 
bora-bora ular juda ko‘payib, boy bo‘lib ketaman. 
Keyin tagli-zotli bir oiladan xotin olaman, u, al-
batta, bir o‘g‘il tug‘ib beradi. Unga bir chiroyli ot 
qo‘yib, yaxshi ta’lim va tarbiya beraman. Agar 
so‘zimga kirmay to‘polon qilsa, mana bu tayoq 
bilan boplab adabini beraman», – deb jahl aralash 
tayog‘ini ko‘tarib, bir urgan edi, ko‘zaga tegib, 
uni sindirdi. Yog‘ va asal uning yuzi va soqoliga 
sachrab ketdi. Shunday qilib, darvishning hamma 
xayollari puchga chiqdi. Men bu masalni shuning 


248
uchun keltirdimki, oqibati nima bo‘lishini yax-
shi bilmasdan turib bo‘lmagan narsalarni xayol 
qilmaslik kerak. Aks holda, pushaymon bo‘lish 
mumkin. 
Xotinining bu so‘zlari zohidning es-hushini 
joyiga keltirib qo‘ydi.
Ma’lum vaqt o‘tgach, xotinining ko‘zi yorib, 
pahlavondek o‘g‘il tug‘di. Shod-xurram bo‘lib, 
nazr-niyozlar berdilar. Zohidning xotini biroz 
quvvatga kirgach, bolani eriga topshirib, o‘zi 
hammomga ketdi. Bir soat o‘tgach, saroydan 
farrosh kelib, darvishni podsho chaqirayotganini 
aytdi. Zohid nima qilishini bilmay, uy poylashga 
o‘rgatilgan latchani o‘g‘li bilan qoldirib, o‘zi pod-
sho yoniga ketdi. Darvish uydan chiqishi bilan 
teshikdan bir katta ilon chiqib, beshik tomon 
o‘rmalab kelaverdi. Latcha yugurib kelib ilonni 
bo‘ynidan oldi-da, tishlab o‘ldirdi, bolani halo-
katdan qutqardi. Shu payt darvish qaytib kelib 
qoldi, latcha go‘yo uni suyuntirmoqchi bo‘lgandek, 
oldiga yugurib chiqdi. Darvish qonga bo‘yalgan 
latchani ko‘rgach, o‘g‘limni o‘ldiribdi, deb gumon 
qilib, hech o‘ylamay-netmay, latchaning boshini 
ezib tashladi. Uyga kirib qarasa, o‘g‘li salomat, 
beshik tagida esa bir katta ilon cho‘zilib yotibdi. 
Zohid masalani tushundi va qilib qo‘ygan ishidan 
ming pushaymon bo‘lib sochlarini yula boshladi...
Shu vaqt xotini kelib qoldi. Bo‘lgan voqeani 
eshitib, juda xafa bo‘ldi. Bir necha vaqt o‘tgandan 
keyin eriga tasalli berib, uni tinchitdi.
Zohid o‘ziga kelgach xotiniga dedi: 
– Bu hodisani yaxshilab esingda tut va bilginki, 
shoshilib qilingan ishning oqibati xunuk bo‘ladi.


249
Xotini dedi: 
– To‘g‘ri, shoshilgan odam murodiga yetmaydi. 
Bir podsho o‘z lochinini begunoh o‘ldirib qo‘yib, 
hasrat va nadomat chekkanidek, siz ham qilib 
qo‘ygan ishingizdan hadeb pushaymon bo‘laver-
mang.
Darvish so‘radi: 
– U nima qilgan ekan?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin