264
yo‘q. Sizlardan o‘tinaman, bu odamlarning ada-
bini beringiz!
O‘g‘rilar kulib so‘radilar:
– Oting nima?
Donodil javob berdi:
– Donodil.
O‘g‘rilar dedilar:
– Sen hech narsadan xabarsiz, beaql odam
ekansan. Aqlsizni o‘ldirishning aybi yo‘q.
Donodil dedi:
– Men bir so‘z aytay, eshitib, aqlim darajasini
biling.
O‘g‘rilar so‘ziga quloq solmay, uni o‘ldirib, mo-
lini oldilar. Bu xabar shahar ahlining qulog‘iga
yetdi. Ular qotillardan qasos olishga qasd qildilar.
Bir kuni talay odam jomega namoz o‘qigani yig‘ildi.
Bir burchakda Donodilning qotillari – o‘g‘rilar ham
o‘tirgan edilar. Nogoh osmondan bir to‘da g‘ozlar
uchib kelib, chug‘urlashib, o‘g‘rilar
boshida ayla-
na boshladilar. Shu vaqt o‘g‘rilardan biri istehzo
bilan yonidagi sherigiga dedi:
– Bular Donodilning xunini talab qilmoqdalar.
Bu gapni eshitgan kishi yonidagi hamrohiga,
u esa yana boshqasiga aytdi. Shunday qilib, bu
xabar shahar hokimi qulog‘iga yetib bordi. Darhol
o‘g‘rilarni ushlab, qiynoq bilan halok qildilar.
Xuddi shu singari men ham shahzodani
jazoladim. Endi makr-hiylang domiga ilinmay-
man, buyrug‘ingni bajo keltirmayman.
Podsho dedi:
– Har ikki tomon ham
nodonlik qilib qurbon
beribdi. Endi na mening g‘azablanishga haqim bor,
265
na-da sening qo‘rqishga asosing. Men qasos olishni
odamlarning eng katta ayblaridan biri deb bilaman
va hech vaqt o‘zimga bu ishni ravo ko‘rmayman.
Qubbara dedi:
– Men huzuringga qaytib borolmayman. Chunki
otalar aytibdurlarki, zarar ko‘rgan odam shirin
gapirib, mehribonlik ko‘rsatib, o‘z
kin-adovatini
oshkor qilib qo‘yadi. Hikmat egalari ota-onalar-
ni – do‘st, aka-ukalarni – o‘rtoq, xotinlarini umr
yo‘ldoshi deb biladilar. Qarindoshni qarz olgan-
larga, qizni safarga birga chiqqan hamrohlarga,
o‘g‘ilni esa vorislarga o‘xshatadilar. Inson o‘zini
bitta-yu bitta hisoblaydi. Muhim bir hodisa, jid-
diy bir falokat yuz berganda har kim o‘zini
chetga
oladi, hech kim o‘zini birov uchun fido etmaydi.
Men bugun tanho qoldim. Hammadan ayrildim.
Qalbimning bir parchasi, belimning quvvati,
ko‘zimning nuri bo‘lgan yolg‘iz bolamni sening
xizmatingga qurbon berdim-a! Buning ustiga,
o‘zimning boshim ham xatarda. Endi tilyog‘la-
maligingga ishonib, to‘rga ilinish aqlsizlik bo‘ladi.
Men firoq o‘tida yonib, sabr
qilishni senga xizmat
qilishdan afzal ko‘raman.
Shoh dedi:
– Agar bu ishni sen boshlagan bo‘lsang edi,
qo‘rqishing o‘rinli bo‘lar edi. Lekin bu ishni qasos
olish uchun qilgansan, buning uchun xavfsi-
rashing to‘g‘ri emas. Modomiki, shunday ekan,
mendan qochishing va nafratlanishing sababini
tushuna olmayapman?
Qubbara dedi:
– Yuragida kin-adovat, ko‘zlarida g‘azab bo‘l gan
odamning og‘zidan chiqqan muloyim so‘zlariga
266
ishonib bo‘lmaydi. Chunki bunday vaqtlarda ki-
shi yurakda bor haqiqatni yashirmoqqa urinadi.
Lekin qalblar yolg‘on gapirib, aldamoq iste’dodiga
ega emaslar. Ular haqiqat
va adolat xabarchilari-
dir. Sening dilingdagi gap tilingdagi gapga to‘g‘ri
kelmaydi. Men sening qanchalik kek saqlaydigan
ekanligingni bilaman, shuning uchun menga jazo
bermasligingga ishonmayman.
Bir tabib yuragi og‘rigan kishiga, sening kasa-
lingga ko‘z og‘riq dorisi davo bo‘ladi, deb aytgan
ekan, men o‘sha kishi toifasidan emasman.
Shoh so‘radi:
– U kishiga nima bo‘lgan ekan?
Dostları ilə paylaş: