Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
— Siyoh qanaqa? 
Bolaning so‘roqlari poyonsiz ekanini sezgan Jahongir: 
— Burning nimaga puchuq? — deb so‘radi. 
— Puchuq qanaqa bo‘ladi? — deb so‘radi bola bo‘sh kelmay. 
Jahongir kulib yubordi. 
— Nima deyapti? — dedi Grigorich qiziqib. Jahongir bolaning gaplarini tarjima qilib 
bergach, chol ham miriqib kuldi. 
— Siz qaerda yotasiz? — deb so‘radi Samaraddin Jahongirdan. 
— Pichan ustida. 
— Aya, menam tog‘am bilan yotaman. 
— Yo‘q, Samarxon, yiqilib tushasan. 
— Dedul, ayamga skaji, — dedi bola choldan panoh izlab. 
— Olya, ruxsat ber, erkaklar ochiq havoda yotishi kerak, — dedi chol. 
Samaraddin xursandlikdan irg‘ishlab, g‘aram ustiga birinchi bo‘lib chiqib oldi. U biroz 
osmonga qarab yotdi-da, ko‘zi uyquga ilinishi oldidan Jahongirning bo‘ynidan quchoqlab 
oldi. U dadasi bilan shunday yotardi. Jahongir buni fahmladi. Tushlarida ko‘radigan 
do‘mboqcha o‘ngida paydo bo‘lib quchoqlaganday tuyulib, yuragi entiqdi. Bolaning iliq 
nafasi ko‘kragiga urilib, badaniga jon qaytib kirganday bo‘ldi. Yuzini bolaning yuziga 
qo‘ydi. 
Ertalab uyg‘ongan chol ota-boladay achomlashib yotgan Jahongir bilan Samariddinni 
ko‘rib ko‘ziga yosh oldi. O‘z nabirasiday bo‘lib qolgan bu bolani har quchoqlab 
erkalaganida, bola har safar bo‘yniga osilganida ko‘ziga xuddi shunday yosh kelardi. Uni 
bolalik baxtidan ayirganlarni la’natlardi. Ba’zan zamonni ham qarg‘agisi kelardi, ammo 
bunga tili bormas edi. Harholda shu zamonda yashayapti, bundan battar kunlarni 
ko‘rganda ham qarg‘amagan chol zamonni endi la’natlashni shakkoklik, deb bilardi. 
Jahongir uyg‘onib, ko‘zini ochdi. Chol mungli boqishini yashirib, jilmayib qo‘ydi. 
Jahongir bolani uyg‘otib yubormaslik uchun qimirlamay qo‘yaqoldi. Chol tushib 
ketganidan keyin ham o‘rnidan jilmadi. 
— Dedul, Samarxon uyg‘onmadimi? 
— O‘g‘ling dadasi biln yotganday maza qilib uxlayapti... 
Jahongir bu gapni eshitib, Oynisaning ne holga tushganini his qildi: yuragi poralanib 
ketgandir?.. 
Samariddin nonushtadan keyin ularga ergashdi. O‘rmondan qo‘rqib qolgan Oynisa 
uning borishiga ruxsat etmadi. Buning azobini o‘zi tortdi — o‘g‘li kun bo‘yi etagiga 
yopishganday g‘ingshib yuraverdi. Oshxonga kirsa, oshxonaga kiradi, uyga kirsa, uyga... 
Oynisaning yuragi qon bo‘lib, uni siltab tashlab, qarg‘ab yuborishiga bir bahya qoldi. 
Qarg‘ashdan o‘zini tutdi, biroq, yig‘isini tiya olmadi. Yum-yum yig‘ladi. Qishlog‘ini eslab 
oh tortdi, erini yodlab faryod urdi, yetim qolgan bolasini o‘ylab nola qildi. Samariddin 
onasini bu ahvolda ko‘p ko‘rgan, bu yig‘ilarning sababini bilmas, biroq mitti yuragi 
achishib, o‘zini qo‘ygani joy topolmay qolardi. 
Oqshomda erkaklar qaytishganda Samariddin to‘g‘ri borib o‘zini Jahongirning 
quchog‘iga otdi. 
— Ha, sotqin, mendan kechdingmi? — dedi chol unga yolg‘on po‘pisa qilib. Keyin 
yuzidan avaylabgina chimchilab qo‘ydi. — Yurak sezgir bo‘ladi. Yurakni aldash 
mumkinmas... — Grigorich shunday deb nari ketgach, Samariddin Jahongirning 
qulog‘iga shivirladi: 
— Ayam yig‘ladilar. 
— Xafa qilgandirsan-da? — dedi Jahongir qovoq uyub. 
— Yo‘-o‘q, dadamni sog‘inganlar. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin