Bank hisobi va audit



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

Akkreditiv-mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontrogenti 
foydasiga berilayotgan bankining shartli pul majburiyatidir. Akkredetiv so‘zining o‘zi 
lotin tilidan olingan bo‘lib, “ishonchli” degan ma’noni bildiradi.
Unga ko‘ra akkreditiv ochgan bank mahsulot yetkazib beruvchiga to‘lovni 
bajarishi yoki boshqa banklar tomonidan akkreditivda ko‘zda tutilgan hujjatlar 
taqdim qilinganda va akkreditivning boshqa shartlari bajarilganda ularga bu 
to‘lovlarni bajarish uchun vakolat berishi mumkin.
Akkreditivlar ochilganda akkreditiv ochgan bank to‘lovchining shaxsiy 
mablag‘idan yoki unga berilgan kredit hisobidan mol yetkazib beruvchining banki 
tasarrufiga alohida “Akkredetivlar” balans hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazib 
bersa, bunday akkreditivlar qoplagan akkreditivlar deyiladi. Akkreditiv ochgan 
bank xalqaro qabul qilingan andozalar asosida bank-emitent deb yuritiladi.
Akkreditivlarning ikkinchi turi qoplanmagan akkreditiv bo‘lib, bank va 
boshqa korxonalar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajaradigan xo‘jaliklarga 
bunday akkreditivlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Qoplanmagan akkreditivning 
qoplangan akkreditivdan farqi shundan iboratki, bunda to‘lovchi korxonaning pul 
mablag‘lari alohida hisobvaraqqa o‘tkazib qo‘yilishi talab qilinmaydi. Bank 
to‘lovchi hisobvarag‘ida to‘lov hujjatlari kelib tushganda pul bo‘lmagan taqdirda 
bank mablag‘lari hisobidan to‘lov berishni kafolatlaydi. Akkreditivning bu turining 
qulayligi shundaki, mol sotib oluvchining pul mablag‘lari aylanmadan tashqariga 
chiqib ketmaydi, ikkinchi tomonidan mol jo‘natuvchi korxona uchun ham to‘lov 
kafolatlangan. Faqat bank mablag‘lari hisobidan to‘lov amalga oshirilganda 
shartnomada kelishilgan miqdorda haq to‘lanadi.
a) Emitent bankida akkreditivning ochilishi. 
Akkreditiv faqat bir ta’minotchi bilan hisob-kitob qilishga mo‘ljallangan 
bo‘lishi mumkin. Akkreditivning muddati va hisob-kitob qilish tartibi tomonlar 
o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi. 
Shartnomada: 
-emitent-bankning nomi; 
-akkreditiv turi, uni bajarish muddati va bajarish usullari; 
-mol yetkazib beruvchining akkreditiv bo‘yicha mablag‘ olishi uchun taqdim 
qilinadigan hujjatlar ro‘yxati va ularning aniq tavsifi; 
-tovarlarni jo‘natgandan keyin hujjatlarni taqdim qilish muddati; 
-mol yetkazib beruvchi va oluvchi tomonlar nomi, ularning yuridik adreslari; 
-bajaruvchi bank nomi va boshqalar ko‘rsatiladi. 


68 
Akkreditiv ochish uchun xaridor o‘z bankiga – bank emitentga akkreditivlarni 
ochish to‘g‘risidagi arizani 2 nusxada taqdim etadi. Arizada akkreditiv ochish 
uchun asos bo‘lgan shartnoma raqami, akkreditivning amal qilish muddati, 
akkreditivni bajaradigan bankning nomi, akkreditiv ijro etiladigan joy, akkreditiv 
turi, akkreditiv bo‘yicha haq to‘lanadigan hujjatlarning to‘liq va aniq nomi, 
rasmiylashtirish tartibi, akkreditiv bo‘yicha to‘lash usuli va boshqa kerakli 
rekvizitlar ko‘rsatiladi.
Bankda ushbu korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochi akkreditiv ochish 
haqidagi arizani olib, uning to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilganligi, barcha kerakli 
rekvizitlarning mavjudligini tekshirib ko‘radi. Shundan so‘ng qabul qilingan 
akkreditiv ochish haqidagi arizaning birinchi nusxasiga o‘z imzosini, bankning 
to‘rtburchak muhr izi, arizani qabul qilish sanasi va to‘lov o‘tkazilgan sanani 
qo‘yadi. Arizaning birinchi nusxasida ko‘rsatilgan barcha rekvizitlar komputerga 
kiritib elektron to‘lovlar tizimi yordamida to‘langan summani Markaziy bankning 
Hisob markazi orqali mahsulot jo‘natuvchi korxona bankiga, ya’ni bajaruvchi 
bankka jo‘natiladi. Xaridorning hisobvarag‘idan to‘lovni o‘tkazish bo‘yicha 
operatsiyalar quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi: 
Debet “Mahsulot oluvchi korxonaning depozit hisobvarag‘i” 
Kredit “Emitent bankning vakillik hisobvarag‘i” 
Bir vaqtning o‘zida akkreditiv summasi akkreditivlarni hisobga oluvchi 
ko‘zda tutilmagan hollar hisobvarag‘iga kirim qilinadi. To‘lov o‘tkazilgandan 
so‘ng arizaning ikkinchi nusxasi bank mas’ul ijrochisining imzosi, bankning 
to‘rtburchak muhr izi, to‘lov o‘tkazilgan sana hamda qabul qilish sanasi qo‘yilgan 
holda to‘lovchiga shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda beriladi.
Akkreditivni bajaruvchi bankda akkreditivning ishlatilishi 
Akkredetivni bajaruvchi bank emitent bankdan elektron to‘lovlar tizimi orqali 
to‘lovni qabul qiladi. Bu bankda akkreditivlarni ochish haqidagi ariza 2 nusxada 
qog‘ozga chiqariladi: 
-arizaning birinchi nusxasi bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo hamda 
bankning muhr izi qo‘yilgan holda bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi va 
belgilangan tartibda saqlanadi. 
-ikkinchi nusxasi “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”deb 
nomlangan 1-kartotekaga joylashtiriladi. 
Emitent bankdan qabul qilingan to‘lov summasi 22602 -“Mijozlarning 
akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” hisobvarag‘iga o‘tkazilib, mahsulot 
jo‘natilib, bu haqda mahsulot jo‘natuvchi korxonadan kerakli hujjat taqdim 
qilingunga qadar saqlanadi.
Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya yozuvi yordamida amalga oshiriladi.
Debet 10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i” (yoki 16103) 
Kredit 22602 - “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari”
Mahsulot yetkazib beruvchi korxonaga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida 
bank xabar beriladi.


69 
Mahsulot yetkazib beruvchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan 
hisobvarag‘iga mijozning akkreditivlar bo‘yicha hisobvarag‘idan pul mablag‘larini 
o‘tkazish quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali amalga oshiriladi: 
Debet 22602 - “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari”
Kredit 20200 “Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlar” 
hisobvarag‘i. 
Mijozlarning qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga qarab 20200 
hisobvaraqning tegishli yordamchi (subschyot) hisobvaraq nomeri olinadi.  
Shunday qilib, akkreditiv mahsulot yetkazib beruvchi korxonaga xizmat 
qiluvchi bankda quyidagicha yopiladi: 
a) akkreditiv muddati tugagandan keyin bajaruvchi bank akkreditiv 
yopilganligi to‘g‘risida emitent bankka xabar beradi; 
b) mahsulot yetkazib beruvchining muddatdan oldin akkreditivni ishlatishdan 
voz kechish to‘g‘risidagi arizaga ko‘ra, mahsulot yetkazib beruvchining keyingi 
akkreditivdan foydalanishdan voz kechishi to‘g‘risidagi arizasiga asosan bank-
emitentga bajaruvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi; 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalarni quyidagi sxema orqali 
umumlashtiramiz. 
1-sxema 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin