72
o‘zida aks ettiradi. Plastik
kortochkalar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar yoki
yakka tartibdagi tadbirkorlar bir tomondan va mahsulotni realizatsiya qiluvchi,
ishni bajaruvchi yoki xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar yoki yakka
tartibdagi tadbirkorlar ikkinchi tomondan turib o‘zaro naqd pulsiz hisob-
kitoblarda, shuningdek, naqd pul beradigan shoxobchalardan va bankomatlardan
naqd pul mablag‘larini olishda qo‘llaniladi.
Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalarni muomalaga
chiqarish va ularga
xizmat ko‘rsatishlari mumkin, bunda ular xalqaro to‘lov tizimlari bilan tuzilgan
shartnomalarga muvofiq operatsiyalarni o‘tkazish qoidalariga va “O‘zbekiston
Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizomga amal qilishlari
kerak bo‘ladi.
Tegishliligiga ko‘ra plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va koorporativ turlariga
bo‘linadi:
Shaxsiy kartochka – bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochka;
Oilaviy kartochka – bu foydalanuvchiga shaxsiy kartochka ushlovchining
ishonchnomasiga asosan berilgan plastik kartochka;
Korparativ kartochka – bu yuridik shaxslar
va yuridik shaxsni tashkil
etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishga berilgan plastik
kartochka. Koorporativ kartochkalardan ish haqi va boshqa ijtimoiy tusdagi
to‘lovlarni to‘lash, shuningdek, naqd pul mablag‘larini to‘lashda foydalanish ma’n
qilinadi.
Harakatlanish rejimiga ko‘ra plastik kartochkalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Debet – ulardan foydalanish uni ushlovchiga emitent va mijoz o‘rtasidagi
shartnoma shartlariga binoan uning kartochka schyotida mavjud bo‘lgan pul
vositalaridan tovarlarga, ishlarga va xizmatlarga haq to‘lashda foydalanish va yoki
naqd pul vositalarini (korparativ kartochkalardan tashqari) olish imkoniyatini
beradigan kartochka;
Kredit – undan foydalanish uni ushlovchi emitent bilan tuzilgan
shartnomaga asosan, tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to‘lash va yoki naqd pul
vositalarini olish uchun (korparativ kartochkalardan tashqari) emitent tomonidan
berilgan kredit liniyasi hajmida operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan
kartochka;
Elektron hamyon – jismoniy shaxsning kartochkasi bo‘lib, undan foydalanish
uni ushlovchi tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to‘lash va yoki plastik
kartochkadagi qoldiq mablag‘lari chegarasida naqd pul mablag‘larini olishni
amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Bitta kartochkada bir necha “elektron hamyonlar” joylashishi mumkin.
Plastik kartochkalar bo‘yicha banklar o‘rtasidagi
hisob-kitoblar quyidagi
variantlarni ko‘zda tutadi:
a) hisob-kitoblar amaldagi elektron to‘lovlar tizimi orqali umumiy asosda
o‘tkaziladi;
b) kun davomida o‘zaro majburiyatlarni yakuniy majburiy hisob-kitobi va
yakuniy hisob-kitoblar summasini tijorat banklarining korrespondent schyotlari
73
hisobiga o‘tkazish yordamida hisob-kitoblar ishtirokchilari tomonidan tashkil
qilingan protsessing markaziy orqali hisob-kitoblarni o‘tkazish.
Elektron to‘lov tizimi orqali plastik kartochkalardan foydalangan holda
o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha umumiy hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
1) bank-emitent tomonidan o‘tkazilgan avtorizatsiya hisob-kitoblarda:
plastik kartochkalarni ishlatish orqali tuzilgan xizmat ko‘rsatilgan
savdo
yoki servis xizmati korxonalaridan olingan elektron hujjatlar asosida bank-ekvayer
uning schyotiga mablag‘larni o‘tkazadi, bunda avtomatik tarzda debetli elektron
memorial order shakllanadi va elektron to‘lovlar tizimi orqali bank-emitentga
jo‘natiladi;
bank-emitentda debetli elektron memorial order asosida dasturiy tarzda
kartochka schyotida mablag‘lar hisobidan chiqariladi. Debetli elektron memorial
order qog‘ozga chiqariladi va kunlik hujjatlar yig‘imasiga tikiladi;
2) bank-emitent tomonidan majburiy ravishda oldindan avtorizatsiya qilingan
hisob-kitoblarda:
texnologiyalardan foydalanish qoidalariga muvofiq
plastik kartochkalarni
ishlatish orqali tuzilgan xizmat ko‘rsatilayotgan savdo yoki servis xizmati
korxonalaridan olingan elektron hujjatlar asosida bank-ekvayerda avtomatik tarzda
elektron xabarnoma shakllanadi va provodkalarni avtorizatsiya qilish va amalga
oshirish uchun ETT orqali bank-emitentga jo‘natiladi;
bank-emitent
olingan
elektron
xabarnoma
asosida
tranziaksiyani
avtorizatsiya qiladi, elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha savdo va servis xizmati
korxonalarning talab olinuvchi depozit schyotiga mablag‘larni o‘tkazish uchun
bank-ekvayerga elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha yuboriladigan,
mijozning
kartochka schyotidan mablag‘larni hisobdan chiqarish uchun elektron memorial
orderni avtomatlashgan holda shakllantiradi;
bank-emitentdan olingan elektron memorial order asosida bank-ekvayerga
savdo va servis xizmati korxonalarning talab olinuvchi depozit schyotiga
mablag‘larni amalga oshiriladi. Memorial order qog‘ozda chiqariladi va bankning
kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi.
Plastik kartochkalar bo‘yicha operatsiyalarning hisobi
22618 va 22620 -
hisobvaraqlarda hisobga olib boriladi.
22618
-Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari
22620
-Koorporativ plastik kartochkalar bo‘yicha majburiyatlar platik
kartochkalar orqali operatsiyalarni amalga
oshirish uchun turli asbob-
uskunalar, ya’ni bankkomat, terminallar kerak bo‘ladi.
Ular hisobi quyidagi hisobvaraqarda olib boriladi:
16541
- To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari
16543
- To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish
uskunalarining yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Umuman, respublikamizda plastik kartochkalar orqali operatsiyalarni amalga
oshirish, amalda mavjud bo‘lgan qonun-qoidalar va me’yoriy hujjatlar asosida
amalga oshiriladi va nazorat qilinadi.