76
imzolar va muhr izi tushirilgan varaqlarining notarial tasdiqlangan nusxasi.
Vakillik hisobvarag‘i Markaziy bank farmoyishiga ko‘ra ochiladi. Vakillik
hisobvaraqlari nomerini va bank kodini Bank Depozitorlari Milliy Axborot
Bazasi
(BDMAB) belgilaydi. Vakillik hisobvarag‘i ochish to‘g‘risidagi farmoyish tijorat
banki hududiy boshqarmasi va bo‘limiga, uning nusxasi Respublika Markaziy
bankining Toshkent shahar Hisob-kitob Markaziga jo‘natiladi.
Shunday qilib, bankning vakillik hisobvarag‘i bu –
tijorat bankiga
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Hisob-kitob
Markazida ochilgan hisobvaraq bo‘lib, u banklararo hisob-kitoblarni o‘tkazishga
mo‘jallangan. Tijorat banklarining filiallariga esa Bosh bankda vakillik
hisobvarag‘i ochiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan vakillik hisobvarag‘i Toshkent
shahar Hisob- Kitob
Markazida yuritilib, Hisob-Kitob Markazi uchun passiv hisobvaraqlardir.
Mablag‘larning kelib tushishi va hisobvarag‘ qoldig‘i hisobvaraqning kredit
qismida, mablag‘larning kamayishi esa uning debet qismida aks ettiriladi. Barcha
to‘lovlar vakillik hisobvarag‘i qoldig‘i chegarasida amalga oshiriladi.
Har bir bankning balansida ham vakillik hisobvarag‘i ochiladi va yuritiladi.
Bu hisobvaraq bank balansining
aktiv qismida yuritilib, bankning ichki vakillik
hisobvarag‘i deb nomlash mumkin. Bosh bankning ichki vakillik hisobvarag‘i
10301 – balans hisob raqamida yuritiladi. Tijorat bankining Hisob-kitob Markazida
ochilgan 21302 – vakillik hisobvarag‘i tashqi vakillik hisobvarag‘i deb yuritiladi.
To‘lovni amalga oshirish uchun asosiy mezon operatsion kunning boshida ichki
va tashqi vakillik hisobvaraqlaridagi aylanmalarning va qoldiq mablag‘larining bir-
biriga mos kelishi hisoblanadi. To‘lovning eng katta summasi cheklanmagan. Har
kuni ertalab hisob markazi tomonidan berilgan tijorat banki hisobvarag‘idan
ko‘chirmasi tijorat banki tomonidan tasdiqlangandan so‘ng
ushbu hisobvaraq
bo‘yicha yangi kun operatsiyalari boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: