70
Mahsulot oluvchi o‘z bankiga akkreditiv ochish haqida ariza taqdim etadi.
1.
Mahsulot oluvchi korxona banki arizaga
asosan mahsulot oluvchi
korxona hisobvarag‘idan to‘lov o‘tkazadi.
2.
Akkreditiv ochish haqida elektron ariza Hisob Markaziga “Elektron
pochta” orqali o‘tkaziladi.
3.
Hisob Markazi elektron to‘lov tizimi orqali mahsulot oluvchi korxona
bankining vakillik hisobvarag‘idan pul mablag‘larini mahsulot sotuvchi
korxona bankining vakillik hisobvarag‘iga pul o‘tkazadi.
4.
Kelib tushgan mablag‘lar mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha
hisobvarag‘ida deponentlashtiriladi.
5.
Akkreditiv ochilgani haqida mahsulot yetkazuvchiga xabar beradi.
6.
Mol sotuvchi mol oluvchi korxonaga tovar jo‘natadi.
7.
Mahsulot yetkazuvchi mahsulot jo‘natilganligi haqidagi hujjatlarni
bankka taqdim etadi.
8.
Bank
deponentlangan
summani
mahsulot
sotuvchi
korxona
hisobvarag‘iga o‘tkazadi va akkreditivni yopadi.
9.
Bajaruvchi bank akkreditivni yopilganligi haqida emitent bankka xabar
beradi.
5.
Inkasso
topshiriqnomalari,
ularning
mazmuni,
hisobi
va
rasmiylashtirilishi.
Inkasso topshiriqnomasi – ushbu topshiriqnomani
bergan bank mijozining
bank-emitentga to‘lovchining hisobvarag‘idan so‘zsiz tartibda mablag‘larni
hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi talabidir
Inkasso topshiriqnomasi bank bo‘limiga undirib oluvchi tomonidan
0505411013 shaklda 3 nusxada topshiriladi. Undirib oluvchi va to‘lovchi
tomonlarga bitta bank bo‘limida xizmat ko‘rsatilsa, inkasso topshiriqnomalarining
alohida nusxalari quyidagicha ishlatiladi:
– birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi
tomonidan imzo, bankning to‘rtburchak muhr izi, to‘lov
amalga oshirilgan sana,
qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi;
– ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari bilan birga to‘lovchining hisobvarag‘iga
ilova sifatida mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana,
bankning to‘rtburchak muhri izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan
holda to‘lovchiga beriladi;
– uchinchi nusxasi bank bo‘limining to‘rtburchak muhr izi tushirlgan, mas’ul
bajaruvchi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana va qabul qilish sanasi
ko‘rsatilgan holda to‘lovni oluvchiga beriladi.
Inkasso
topshiriqnomalari
bo‘yicha
hisob-kitoblarda
bajariladigan
buxgalteriya yozuvlari undiruvchi va to‘lov to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi
banklarning joylashuviga bog‘liq. Agar har ikki tomonga bitta bank bo‘limi xizmat
ko‘rsatsa, inkasso topshiriqnomasini to‘lash quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali
bajariladi:
71
Debet “To‘lovchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan depozit”
hisobvarag‘i.
Kredit “Undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit” hisobvarag‘i.
Hisobvaraq nomerlari undiruvchilar va to‘lovchilarning qaysi mulkchilik
shakliga tegishligiga ko‘ra belgilanadi. Bu buxgalteriya yozuvi to‘lovchi korxona
hisobvaraqlaridan mablag‘larni undiruvchi tomonning bankdagi hisobvarag‘iga
o‘tkazilganligidan dalolat beradi.
To‘lov to‘lovchi va undiruvchi tomonlar bir shahar
ichidagi turli banklar
xizmatidan foydalansalar, undiruvchi tomon inkasso topshirig‘ini to‘lovchi
bankiga 3 nusxada topshiradi. Topshiriqnomaning to‘g‘ri va to‘liq
rasmiylashtirilganligi, uning barcha rekvizitlari mavjudligi, shu bilan birga
to‘lovchining hisobvarag‘ida ushbu topshiriqnomani to‘lash
uchun pul
mablag‘larining yetarliligi bank mas’ul ijrochisi tomonidan nazorat qilinadi.
Shundan so‘ng birinchi nusxa asosida quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga
oshiriladi:
Debet “To‘lovchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan depozit”
hisobvarag‘i.
Kredit “To‘lovchi korxonaga xizmat qiluvchi bankning vakillik
hisobvarag‘i”.
To‘lovlar elektron to‘lov tizimi orqali Hisob Markaziga o‘tkaziladi. Inkasso
topshiriqnomalarining boshqa nusxalari yuqorida ko‘rsatib o‘tilganga
muvofiq
ishlatiladi.
To‘lov to‘lovchi va undiruvchi tomonlarga turli shahardagi turli banklar
xizmat ko‘rsatsalar, undiruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank inkasso topshirig‘ini
ijro hujjatlari bilan birgalikda pochta aloqasi orqali to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi
bankka jo‘natadi. To‘lovchining banki kelib tushgan hujjatlarning to‘lanishi
mumkinligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirib yuqorida buxgalteriya
yozuvini o‘tkazadi va elektron to‘lov tizimi orqali Hisob Markaziga to‘lovni
jo‘natadi. Hisob Markazi orqali to‘lov undiruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning
vakillik hisobvarag‘iga kelib tushadi. Bir vaqtning o‘zida kelib tushgan pul
mablag‘lari undiruvchi tomonning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Bu operatsiya
quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali aks ettiriladi:
Debet 16103 “Undiruvchiga xizmat qiluvchi bankning vakillik hisobvarag‘i”.
Kredit “To‘lovni undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit”
hisobvarag‘i.
Undiruvchi bankida elektron to‘lov tizimi orqali qabul qilingan elektron
inkasso topshiriqnomasi qog‘ozga chiqariladi. Inkasso topshiriqnomasining
elektron ko‘rinishi bankning axborot bazasida saqlanadi. Elektron inkasso
topshiriqnomasining qog‘ozga chiqarilgan nusxasi esa bank mas’ul ijrochisining
imzosi va bank muhri izi qo‘yilgan holda undiruvchi hisobvarag‘iga ilova sifatida
undiruvchiga beriladi
Dostları ilə paylaş: