6 ona tili javobi docx


noiloj, noilojlikdan(sabab)



Yüklə 243 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/28
tarix28.02.2023
ölçüsü243 Kb.
#123672
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
6 - ona tili JAVOBI

noiloj, noilojlikdan(sabab) ravishlar maqsad-sabab ravishlari hisoblanadi.
Holat ravishlari. Harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildirgan va
“qanday?”, “qay holda?”, “qay tarzda?” so’roqlariga javob bo’luvchi
ravishlarga holat ravishlari deyiladi. Holat ravishlari: jim, yayov, chindan,
qo’qqisdan, to’satdan, piyoda, tasodifan, astoydil, eskicha, qatorasiga, birma-
bir, yakama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang, zo’rg’a, mardlarcha
Payt ravishlari. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildirib,
“qachon?” so’rog’iga javob bo’luvchi ravishlar payt ravishlari sanaladi. Payt
ravishlariga endi, hozircha, so’ngra, hanuz, hamisha, doimo, hamon, dastlab,
erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz kabi ravishlar kiradi.
O’rin ravishlari. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarmaslik o’rnini bildirgan
va “qayer (-ga, da, -dan)?”so’rog’iga javob bo’luvchi ravishlar o’rin ravishlari
hisoblanadi. O’rin ravishlariga olg’a, ichkarida, tashqarida so’zlari kiradi.
Miqdor-daraja ravishlari. Harakat-holatning bajarilishidagi miqdor-darjasini
bildiradigan va “qancha?’ so’rog’iga javob bo’ladigan ravishlar miqdor-daraja
ravishlari deyiladi: sal, picha, xiyol, oz, ko’p, kam, ancha kabi.


35
TESTLAR
1. Narsalarning son-sanog‘ini bildirgan turkum
qanday nomlanadi?
A) ot B) sifat D) ravish D) son
2. Son qanday ma’no turlariga bo‘linadi?
A) 1. Miqdor son. 2. Hisob son
B) 1. Tartib son. 2. Sanoq son
С) 1. Miqdor son. 2. Tartib son
D) 1. Sanoq son. 2. Tartib son. 3. Chama son.
4. Taqsim son. 5. Jamlovchi son. 6. Kasr son
3. Miqdor son qanday miqdorni bildirishiga ko‘ra
qaysi turlarga bo‘linadi?
1. Sanoq son. 2. Tartib son. 3. Chama son.
4. Taqsim son. 5. Hisob son. 6. Jamlovchi son.
7. Kasr son.
A) 1, 3, 4, 6, 7
B) barchasi
С) 1, 2, 3, 4, 6, 7
D) 1, 3, 4, 5, 6, 7
4. Quloch, yog’och, chaqirim kabi o’lchov
birliklari nimani o’lchashda ishlatiladi?
A)Og’irlikni B)Uzunlikni C) yoshni D) Vaqtni
5. Son-sanoqni bildiruvchi sonlar qanday ataladi?
A) tartib son
B) dona son
С) miqdor son
D) sanoq son
6. Sanoq son qanday shakllar orqali hosil qilinadi?
A) -ta
B) -tadan
С) –larcha
D) maxsus shakli yo‘q
7. Sanoq sonlar yozuvda ko‘pincha qanday raqam
bilan beriladi?
A) hind raqamlari bilan
B) rim raqamlari bilan
С) arab raqamlari bilan
D) kasr sonlar bilan
8. Narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan
son qanday nomlanadi?
A) jamlovchi son
B) dona son
С) chama son
D) sanoq son
9. Dona son qanday shakl bilan hosil qilinadi?
A) -tadan B) -ta С) -ov D) maxsus shakli yo‘q
10. Hayvonlar uchun ishlatiladigan hisob so‘zni
keltiring. A) tup B) bosh С) gramm D) nafar
11. Insonlar uchun ishlatiladigan hisob so‘zni
keltiring. A) tup B) bosh С) gramm D) nafar
12. O‘simliklar uchun ishlatiladigan hisob so‘zni
keltiring. A) tup B) bosh С) gramm D) nafar
13. Og‘irlik uchun ishlatiladigan hisob so‘zni
keltiring. A) tup B) litr
С) gramm D) nafar
14. Suyuqlik uchun ishlatiladigan hisob so‘zni
keltiring. A) tup B) litr С) gramm D) nafar
15. Yetti o‘lchab bir kes. Ushbu gapda sonning
qaysi turi ishtirok etgan?
A) sanoq son
B) jamlovchi son
С) dona son
D) tartib son
16. Narsaning miqdorini chamalab, taxminlab
ko‘rsatadigan sonlar qanday ataladi?
A) jamlovchi son
B) dona son
С) chama son
D) taqsim son
17. Chama son qanday shakllar bilan hosil
qilinadi?
A) -ov, -ovlon, -ala B) -tacha, -lab, -larda, -larcha
С) -tadan, -tacha, -ta D) -lab, -tadan, -ta, -larcha
18. Narsalarning miqdorini jamlab ko‘rsatadigan
onlar qan-day ataladi?
A) jamlovchi son
B) dona son
С) chama son
D) taqsim son
19. Jamlovchi son qo’shimchalari qaysilar?
A) -tacha, -lab, -larcha
B) -tacha, -tadan
С) -ov, -ovlon, -ala
D) -lab, -ta, -tacha
20. Jamlovchi son qo‘shimchasi qaysi sonlarga
qo‘shilsa, tovush tushish hodisasi bo‘ladi?
A) ikkidan yigirmagacha bo‘lgan sonlarga
B) ikki, to‘rt, olti sonlariga
С) ikki, olti, yetti sonlariga
D) birdan o‘n to‘qqizgacha bo‘lgan sonlarga
21. Narsalarning miqdorini taq-simlab
ko‘rsatadigan sonlar qanday ataladi?
A) tartib son
B) dona son
С) chama son
D) taqsim son
22. Taqsim son qaysi shakl orqali hosil qilinadi?
A) -tacha, -lab B) –ta С) -(i)nchi D) -tadan
23. Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar
qanday ataladi?
A) dona sonlar
B) chama sonlar
С) kasr sonlar
D) jamlovchi sonlar
24. Kasr sonlarda butun miq-dorni bildiruvchi
qism, odatda, qaysi shaklda turadi?
A) bosh kelishik shaklida
B) jo‘nalish kelishigi shaklida
С) tushum kelishigi shaklida
D) chiqish kelishigi shaklida
25. Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni
ifodalovchi so‘z o‘rtasida qo‘llanib, bu narsaning
o‘lchovini bildiruvchi so‘zlar …
A) sanoq sonlar
B) miqdor so‘zlar
С) hisob so‘zlar
D) tartib sonlar
26. Predmet ma’nosida ishlatila oladigan hisob
so’zlarni to-ping.
A) qadam, hovuch, chelak B) gramm, etak, qop
C) litr, xalta, savat
D) barchasi
27. Bir hovuch suv, ikki qop un, bir xalta turshak,
uch etak paxta, o‘n chelak suv, bir savat non.
Ushbu birliklardagi hisob so‘zlarni toping.
A) hovuch, qop, bir, paxta, chelak, suv
B) hovuch, qop, xalta, etak, chelak, savat
С) suv, un, turshak, paxta, suv, non
D) hovuch, ikki, qop, bir, turshak, etak, savat, non


36
28. Narsalarning ketma-ketlik tartibini
bildiradigan sonlar qanday nomlanadi?
A) sanoq son
B) jamlovchi son
С) miqdor son
D) tartib sonlar
29. Tartib son qaysi shakl orqali hosil qilinadi?
A) –tadan B) -(i)nchi С) –tacha D) -ta
30. Tartib sonlarda qachon -(i)nchi qo‘shimchasi
o‘rnida chiziqcha (defis) ishlatiladi?
A) rim raqami bilan ifodalansa
B) arab raqami bilan ifodalansa
С) har doim D) kasr sonlar bilan ifodalansa
31. Tartib sonlarda qachon -(i)nchi qo‘shimchasi
o‘rnida chiziqcha (defis) ishlatilmaydi?
A) rim raqami bilan ifodalansa
B) arab raqami bilan ifodalansa
С) har doim D) kasr sonlar bilan ifodalansa
32. Ravish qanday belgilarni bildiradi?
A) harakat va holatning bajarilish tarzi, payti
B) harakat va holatning bajarilish o‘rni, daraja-
miqdori
C) harakat va holatning maqsad, sababi kabi
belgilarni
D) barchasi
33. Ravish qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
A) qanday, qachon, qayer, qancha?
B) qay holatda, qancha, necha, qachon?
С) qachon, qanaqa, qay holda, qay tarzda?
D) barchasi
34. Ravishlar tarkibiga ko‘ra qanday turlarga
bo‘linadi?
A) 1. Sodda. 2. Qo‘shma
B) 1. Tub. 2. Yasama
С) 1. Sodda. 2. Qo‘shma. 3. Juft. 4. Takror
D) 1. Sodda. 2. Qo‘shma. 3. Juft. 4. Inkor
35. Ravishlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga
bo‘linadi?
A) 1. Sodda. 2. Qo‘shma B) 1. Tub. 2. Yasama
С) 1. Sodda. 2. Qo‘shma. 3. Juft. 4. Takror
D) 1. Sodda. 2. Qo‘shma. 3. Juft. 4. Inkor
36. Qaysi qo‘shimchalar ravish yasaydi?
1. -cha. 2. -lab. 3. no-. 4. -gi. 5. -larcha.
6. -ona. 7. -a. 8. -an. 9. -chasiga. 10. -aki.
A) 1, 2, 5, 6, 8, 9
B) 1, 2, 3, 4, 6, 7, 8
С) 1, 2, 4, 8, 9, 10
D) barchasi
37. Ravish qaysi turkumlardan yasalishi mumkin?
A) ot va sondan
B) ot va sifatdan
С) sifat va olmoshdan D) ot, sifat, olmoshdan
38. Ravish tarkibida qanday qo‘shimchalar
yaxlitlanib qolishi mumkin?
A) egalik, kelishik, shaxs-son qo‘shimchalari
B) egalik, jo‘nalish, o’rin payt va chiqish kelishigi
qo‘shimchalari
С) jo‘nalish va chiqish kelishigi, ko‘plik
qo‘shimchalari D) egalik, kelishik,
erkalash-kichraytirish qo‘shimchalari
39. Ravish tarkibida yaxlitlanib qolgan jo‘nalish
kelishigiga misol keltiring.
A) qo‘qqisdan
B) erkakchasiga
С) jo‘rttaga
D) olg‘a
40. Ravish tarkibida yaxlitlanib qolgan egalik
qo‘shimchasiga misol keltiring.
A) ichkari, kechasi, yuzaki, kun-duzi
B) avvallari, kechalari, kechasi, kunduzi
С) saharlab, ertalab, mardona, erkakcha
D) avvallari, ilgari, yuzaki, kechasi
41. Ravish tarkibida yaxlitlanib qolgan chiqish
kelishigiga misol keltiring.
A) to‘satdan, ichkari, jo‘rttaga, olg‘a
B) tubdan, chindan, to‘satdan, birdan
С) rostdan, kechasi, ertalab, qo‘qqisdan
D) birdan, ilgari, mardona, ohista
42. Ravishning qanday ma’no turlari bor?
1. Holat. 2. Payt. 3. Daraja-miq-dor. 4. O‘rin. 5.
Maqsad-sabab.
A) 1, 2, 4, 5
B) 1, 2, 3, 4
С) 2, 3, 4, 5
D) 1, 2, 3, 4, 5
43. Qaysi so‘zlar maqsad-sabab ravishlari
sanaladi?
A) qatorasiga, piyoda, jo‘rttaga, ohista, hamon
B) ataylab, atayin, noiloj, noilojlikdan, jo‘rttaga
С) qasddan, sal, asta, piyoda, oz, atayin
D) jo‘rttaga, qasddan, doimo, rostdan, olg‘a
44. Holat ravishlari qanday so‘roqlarga javob
bo‘ladi?
A) qanday, qancha?
B) qanday, qay holda, qay tarzda?
С) qachon? D) qanday holatda, qancha?
45. Holat ravishlari qaysilar?
A) jim, yayov, chindan, qo‘qqisdan, to‘satdan,
piyoda, ancha
B) majburan, tasodifan, astoydil, eskicha, xiyol,
qatorasiga, birma-bir
С) yakkama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang,
zo‘rg‘a, mardlacha
D) A, B, C
46. Payt ravishlari qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?
A) qanday?
B) qay tarzda, qay holda?
С) qanday?
D) qachon?
47. Payt ravishlariga misol keltiring.
A) endi, hozir, so‘ngra, hanuz, doimo, dastlab
B) ilgari, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz,
atayin
С) hamisha, hamon, tasodifan, astoydil, endi
D) hozir, ilgari, doimo, bafurja, arang
48. O‘rin ravishlariga qaysilar kiradi?
A) endi, quyi, so‘ngra, ancha
B) olg‘a, ichkari, tashqari, yu-qori
С) quyi, uzoqdan, usti, osti
D) B va C


37
49. Qaysi qatorda kasr son bor?
A) Chorak soat o'tmasdan hukm-nomani
eshittirdilar
B) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi
C) tanlariga qon yugurgan bolalar qoplarni ortib,
ikki yuz qadam yurar-yurmas uchinchi kechuvga
duch kelishibdi
D) A va B
50. Oldinda Shirinbuloq qishlog‘i butun bo‘y-basti
bilan yastanib yotibdi. Ushbu gapda ravishning
qaysi turi ishtirok etgan?
A) holat ravishi
B) payt ravishi
С) o‘rin ravishi
D) daraja-miqdor ravishi
51. Daraja-miqdor ravishi qanday so‘roqqa javob
bo‘ladi?
A) qayerga?
B) qay tarzda?
С) qancha?
D) qanday?
52. Qaysi ravishlar daraja-miqdor ravishi
sanaladi?
A) picha, xiyol, oz, ko‘p, ancha
B) asta-sekin, endi, kam, sal, xiyla
С) xiyol, hamon, dastlab, ancha
D) doimo, tez-tez, oz, kam, ancha
53. Kasr sonni toping?
A) ikki B) uchtadan C) yarim D) yettov
54. Mayda-mayda, qiziq-qiziq, lo‘ppi-lo‘ppi,
yangi-yangi. Ushbu so‘zlar...
A) juft sifatlar
B) takroriy sifatlar
С) takroriy otlar
D) yasama sifatlar
55. Sifatning orttirma daraja shakli nechta yo‘l
bilan hosil qilinadi?
A) 2 yo‘l bilan
B) 4 yo‘l bilan
С) 3 yo‘l bilan
D) 5 yo‘l bilan
56. Yasama ravishni toping?
A) qo‘qqis
B) doim
C) qo’qqisdan
D) mardona
57. Tub ravish qatorini toping?
A) do’stona
B) doim
C) xomlay
D) shamolday
58. Ilgari ustalar pichoqqa sop izlab, atay
sayg'oq oviga chiqisharkan. Ushbu gapda
ravishning ma’no jihatdan qaysi turi ifodalangan?
A) payt va maqsad
B) payt va o’rin
C) o’rin va maqsad D) payt, o’rin va maqsad
59.Qaysi javobda sifatlarning takrorlanishi bilan
yasalgan ravishlar berilgan?
A)to'g'ridan to'g'ri, uzundan uzoq
B)bosh-boshiga, gul-gul
C)o'zidan o'zi, birma-bir D)hali-beri, birin-ketin
60. Ikki, olti, yetti sonlariga qaysi son turini
yasaydigan qo’shimchani qo’shganda “i" harfi
tushib qoladi?
A) Taqsim son
B) Jamlovchi son
C)Kasr son
D) Tartib son
61. Keyin sal hushimni yig’ib qarasam,
oyoqlarim go’yo o’zidan – ozi yurib ketayapti.
Gapda qo’llangan ravishlar miqdorini toping.
A) 4 ta B) 2 ta C) 1 ta
D) 3 ta
62.Holat ravishlarini aniqlang.
A) dastlab, hanuz
B) tez, darhol
C) xiyol, oz
D) arang,qasddan
63. Qaysi qatordagi gapda ravishning ma’no
jihatdan uch turi mavjud?
A) Ikki ovsin kechki salqin bilan piyoda yo’lga
tushishibdi.
B) Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan
so’ng, uning tarhini yaxshilab qog’ozga chizishini
aytdi.
C) Shu payt uydan-yotog’imizdan bolalar ham
birin-ketin ko’zlarini uqalab, har yoqqa qarab
tushib kela boshladi.
D) G’uvillab uchayotgan bo’ron ichida yigitlar
naridan – beri xashak-u bedalarni arava tagiga
olib kirib, g’ildiraklarga namat yopishdi.
64. Miqdor-daraja ravishi qatnashgan gapni
belgilang.
A) U aravani Nuriddin minganini ko’rib, xiyla
yengil tortdi.
B) Bir tup kessang, o’n tup ek.
C) Bu gaplar amirzoda qulog’iga yetib borganiga
shubha qilmasa ham bo’ladi.
D) Qiz hozirgina o’zi tanishgan qush bilan
suhbatlashmoqchi bo’ldi.
65. Ravishdan yasalgan sifat qaysi gapda
qo’llangan?
A) Bo’m-bo’sh otxonaning eshigi lang ochiq turar
edi.
B) Dastlabki kunlar yo’l unchalik mashaqqatli
bo’lmadi.
C) Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular
yotadi.
D) Mehmon degan unaqa sergap bo’lmaydi, -
dedi u ayyorlarcha.
66. Qaysi qatordagi gapda son qatnashmagan?
A) Bemorlarni palataga to'rtta- to'rtta
joylashtirdik
B) Biznikiga uch-to'rt kishi mehmonga keldi
C) Besh-olti havaskor to'piandi
D) Yig'ilganlarni birma-bir chaqirdik
67. – tadan qo’shimchasi sonning qaysi turini
yasashda ishlatiladi?
A) Jamlovchi son
B) Taqsim son
C) Kasr son
D) Tartib son
68. Daraja – miqdor ravishlarini toping?
A) kam, oz
B) tez, asta
C) hamon, hozir
D) oldinda, uzoqdan


38
69.Tez aytishlardan qaysi birida ikkita ravish
ishtirok etgan?
A) Hali Vali, Soli sholi o'rdi
B) Oydin oyisidan oldin bordi
C) Erkin ertaki ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi
D) Nor narvondan narida
70. Burro-burro so'zlayman, kelajagim
ko'zlayman. Ushbu gapda ravishning qaysi turi
qatnashgan?
A) holat ravishi
B) maqsad-sabab ravishi
C) payt ravishi D) o'rin ravishi
71. Abdushukur bu yerdan tezda chiqib ketish
payiga tushdi. Ushbu gapda nechta ravish ishtirok
etgan, ularning turlarini toping.
A) 1 ta: daraja-miqdor ravishi
B) 2 ta: o'rin va payt ravishi
C) 3 ta: payt, o'rin va miqdor-daraja ravishi
D) 2 ta- payt va miqdor-daraja ravishi
72.Qaysi so'z holat ravishi emas?
A) yaqqol B) yonma-yon
C) tezda
D) astoydil
73.Qaysi gapda yasama ravish bor?
A) Barno ertalab tursa, yonida mushugi yo'q
B) Men xuddi shu savolni kutib turgandek,
darhol javob bera qoldim
C) Xo’roz arang qochib qutulibdi
D) Otamizning o'lganiga ancha yil o'tib ketdi
74.Qaysi ravish be- qo'shimchasi orqali
yasalmagan?
A) beomon
B) beto'xtov
C) bexosdan
D) betinim
75. Otlashgan ravishni toping?
A) Ko’pi ketib, ozi qoldi B) Kattalarni hurmat qil
C) Beshta besh yigirma besh D) U yaxshi bola
76. Qo’shma ravishga misol keltiring?
A) biryo’la
B) erkakchasiga
C) qahramonona
D) qayta-qayta
77. Yasama ravishni toping?
A)oldin B)keyin C)yuqori D)tezroq
78.Qaysi gapda ravish ishtirok etmagan?
A) O'g'illari suyunib, safar tayyorgarligini
ko'rishib, erta saharda otlanib yo'lga tushibdilar
B) Ba'zan Hasanni ham birga olib ketadi
C) Bayramga taraddud hozirdanoq qizib ketdi
D) hammasida ravish bor
79.Qaysi gapda holat ravishi ishtirok etmagan?
A) Shu payt uydan-yotog'imizdan bolalar ham
birin-ketin ko'zlarini uqalab, har yoqqa qarab
tushib kela boshladi
B) O'rtancha botir qo'rqmadi, jim turdi
C) hammasida qatnashgan
D) Uzoqdan - kun botish tomondan bir uchqun
ko’rindi
80. Azza-bazza so’zi ravishning qaysi turiga
kiradi?
A)Maqsad-sabab
B)Daraja-miqdor
C) Payt
D)O’rin
81. Qaysi gapda ikkita ravish ishtirok etgan?
A) Tinglar edim betinim, Uzun tunlar yotib jim
B) Ikki oshna kechki salqin bilan yo'lga tushishdi
C) Birdan xayoliga kelgan fikrdan uning vujudi
titrab ketdi
D) Jo'raboyev ham jimgina o'tirib,
hammaga razm solardi
82. Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho'kiz uni
to'xtovsiz chaqirib kelyapti.
Ushbu gapda nechta ravish ishtirok etgan?
A) 1 ta B) 2 ta
C) 3 ta
D) 4 ta
83. Qaysi gapda o'rin ravishi qatnashmagan?
A) Tashqariga chiqib, G'ofurjon ketishga boydan
izn so'radi
B) hammasida qatnashgan
C) Salmon ota gapni uzoqdan boshladi
D) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga
qamchi urdi
84. O’rin ravishini ko’rsating?
A)qishloqda B)hozir
C)tashqarida
D) tez orada
85. Kunduzi o'ralashib yurganlardan bu yerda
qittay ham qolmagan. Ushbu gapda nechta
ravish ishtirok etgan va ularning turlarini toping.
A) 1 ta: daraja-miqdor ravishi
B) 2 ta: o'rin va daraja-miqdor ravishi
C) 3 ta: payt. o'rin va miqdor-daraja ravishi
D) 2 ta: payt va miqdor-daraja ravishi
86.Qizining chug'urlab biyron-biyron
gapirayotganini ko'rgan Sabohat opa unga
mamnun jilmayib qo'ydi. Ushbu
gapda nechta ravish ishtirok etgan?
A) 1 ta B) 2 ta
C) 3 ta
D) 4 ta
87. Harakatning qay holda bajarilganini qaysi so’z
turkumi ifodalaydi?
A)Sifat
B)Ravish
C)Fe’l D)Olmosh
88. Ravish ishtirok etmagan gapni toping.
A) Barcha birday tinmay ishlardi
B) Rajab o`sha zamonoq javob berdi.
C) Vaqt butunlay sezilmasdan o`tdi
D) Baqirmay gapirishning iloji yo`qmi?!
89. Sabab ravishini toping.
A) Bu kishilar doim insoniyat uchun qayg'uradi.
B) Yangi chiqqan oy ingichka bo'lgani uchun
yo'lni yoritolmasdi
C) Mahbuba uning taklifiga noiloj ko'ndi.
D) Alisher shu sababli vahitnaga tushdi.
90. Birdan ravishi ravishning qaysi ma’no turiga
kiradi?
A) Holat
B) Payt
C) Maqsad
D) Daraja-miqdor


39


40

Yüklə 243 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin