6 ona tili javobi docx



Yüklə 243 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/28
tarix28.02.2023
ölçüsü243 Kb.
#123672
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
6 - ona tili JAVOBI

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • -u, -yu
26
SIFAT
Otga bog’lanib, uning belgisini bildiradigan va “qanday?”, “qanaqa?”
so’roqlariga javob bo’ladigan so’zlarga sifat deyiladi. Sifatlar tarkibiga ko’ra tub
va yasama sifatlarga bo’linadi. Tarkibida so’z yasovchi qo’shimchalar bo’lmagan
sifatlar tub sifatlar, asos va so’z yasovchi qismdan iborat bo’lgan sifatlar yasama
sifatlar hisoblanadi. Yasama sifatlar asosga qo’shimchalar qo’shish yoki so’z
qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi. -li, ser-, -dor, -siz, no-, -chan, -ma, -iy(-viy)
kabi qo’shimchalar sifat yasovchi qo’shimchalar hisoblanadi. -li, -dor, ba-,ser-,
-mand qo’shimchalari asosida ifodalangan belgiga egalikni bildiradi. Bu
qo’shimchalar (-mand qo’shimchasidan tashqari) asosda ifodalangan belgiga ega
emaslikni bildiruvchi no-, -siz, beqo’shimchalari bilan zid ma’nolidir.
-gi (-ki, -qi) qo’shimchasi payt va o’rin bildiruvchi otlarga qo’shilib, payt va
o’ringa xos belgini-simon qo’shimchasi o’xshashlik belgisini,
-(v)iy qo’shimchasi xoslik belgisini bildiruvchi sifatlar yasaydi.
Sifatlarning tuzilishiga ko’ra turlari.
Bir asosdan iborat bo’lgan sifatlar sodda sifatlar sanaladi. Ikki va undan ortiq
asosdan tarkib topgan sifatlar qo’shma sifatlar hisoblanadi. Qo’shma sifatlar,
asosan, qo’shib yoziladi. O’zaro yaqin yoki zid ma’noli ikki asosning juft
kelishidan hosil bo’lgan sifat juft sifat hisoblanadi. Juft sifat qismlari chiziqcha
bilan yoziladi. Juft sifat qismlari -u, -yu vositasida bog’lansa, ular ajratib yoziladi:
yakka-yu yagona. Bir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo’lgan sifat takroriy
sifat sanaladi. Takroriy sifatlar belgini ta’kidlabkuchaytirib ifodalaydi.
Takroriy sifat qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Belgini to’g’ridan to’g’ri ifodalaydigan va uni darajalab ko’rsatish imkoniyatiga
ega bo’lgan sifatlar asliy sifatlar deyiladi: go’zal, chiroyli, shirin, oq, aqlli, yuzaki.
Bunday sifatlar -roq qo’shimchasini qabul qiladi. Belgini to’g’ridan to’g’ri emas,
balki boshqa bir tushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko’rsatish
imkoniyatiga ega bo’lmagan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi: qishki, ko’chma,
derazali, devoriy. Bunday sifatlar -roq qo’shimchasini qabul qilmaydi.
Sifat darajali.
Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darjalari, ularni ifodalovchi
shakllar esa daraja shakllari deyiladi. Sifatning quyidagi to’rt xil darajasi bor:

Yüklə 243 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin