D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

BOLA BOSHIDAN 
Luqmoni hakimdan: 
– Nasihatlaringizning ko‘pi yoshlarga taalluqli bo‘ldi, ammo yoshi 
kattalarga atalgani kamroq, buning sababi nima? – deb so‘radilar. 
Luqmoni hakim shunday javob berdi: 
– Bog‘bon yerni yumshatib bir daraxt ko‘chatini o‘tkazib, uning 
atrofini xas-xashakdan, zararli yovvoyi o‘tlardan tozalab, kerak bo‘lgan 
vaqtda suv berib tursa, umuman, yaxshi e’tibor berib tarbiyalasa, tez 
vaqtda teraklar voyaga yetadi, unumli, serhosil bo‘ladi. 
Bola ham yoshligidan boshlab yaxshilab tarbiya qilinsa, axloqli, 
odobli etib o‘stirilsa, u bola o‘ziga, ota-onalarga baxt-saodat keltiradi
jamiyatning eng foydali a’zosi bo‘lib yetishadi. Shuning uchun men 
yoshlar tarbiyasiga ko‘proq ahamiyat beraman, va’z-nasihatlarimning ko‘p 
qismi yoshlarga oid bo‘ladi. B a y t: 
Har o‘g‘il-qizga kerakdir ruhi afzo tarbiyat,
Aylagay 
orzu, 
umidlarni 
muhayyo 
tarbiyat. 
(“Ipak yo‘li 
afsonalari»dan.) (109 ta so‘z). 
GOTFRID HERDER 
XVIII asrda yashab o‘tgan mashhur olmon adabiyotchisi Gotfrid 
Herder (1744-1803) xalq og‘zaki ijodiga, milliy tarix va xalq she’riyatiga 
yaqinlik adabiyotning taraqqiy etishiga unumli ta’sir o‘tkazishini ko‘p 
ta’kidlar edi. Uning o‘zi ham xalq qo‘shiqlari, dostonlarini el og‘zidan 
yozib olish bilan shug‘ullanar va bu sohaga katta shoir yozuvchilarni ham 
jalb qilgan edi. Bu ishning natijasi o‘laroq, «Qo‘shiqlarda xalq ovozlari» 
nomli to‘plam tayyorlab nashr ettirganda, bu hodisa olmon she’riyatida 
romantik harakatning shakllanishiga katta hissa qo‘shdi. ning xalq og‘zaki 
ijodiyotiga, xalq qo‘shig‘iga qiziqishi, qo‘shiqlardagi samimiyat va obrazli 
tilning yorqinligi uni bir talay she’rlar yaratishga undadi. Ayniqsa, uning 
«Yovvoyi gul», «O‘rmon shohi» kabi balladalari va hikmatli she’rlari el 
orasida katta olqishlarga sazovor bo‘ldi (108 ta so’z).
MUHAMMAD YUSUF 
Shoir Muhammad Yusuf 1951 yilda Andijon shahrida tug’ildi. 
Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. 
Muhammad Yusuf XX asr oxiri o’zbek she’riyatida o’z so’zini ayta 
olgan shoirlardan biri edi. Ayniqsa, uning qatag’on qurbonlari Cho’lpon, 
Qodiriy, Hayzulla Xo’jayevlarni yod olib yozgan she’rlari o’sha yillari 
xalq qalbidan chuqur joy egalladi. 


46 
Muhammad Yusufning odamiylik, sevgi va vafoni ulug’lovchi 
ko’plab she’rlari kuyga solinib, xalqimiz sevgan qo’shiqlarga aylandi. 
Shoir she’rlari sodda va ravon til bilan yozilgan. Uning ijodida xalq 
qo’shiqlaridagi kabi ohangdorlik bor. 
Istiqlol yillari Muhammad Yusuf Vatanni madh etuvchi bir qator 
she’rlar yozdiki, ularga kuy bastalanib, katta-katta bayramlarda ijro etilib 
kelindi. 
Shoir Muhammad Yusuf 2001- yil vafot etdi. Uning qo’shiqlari, 
she’rlari xalq xotirasida hali uzoq yashaydi (109 ta so’z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin