D. O‘rinbayeva m. Rahimova


FARZANDLARNING OTA-ONASI OLDIDAGI



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
FARZANDLARNING OTA-ONASI OLDIDAGI
BURCHLARI 
Halqimizda kattalarga, ayniqsa ota-onalarga hurmat ko‘rsatish azaliy 
odatdir.
Oqil va dono farzand ota-onasining haqlarini bekamu-ko‘st bajaradi. 
Ularni hurmatlashda kamchilik ko‘rsatmaydi, nomini yaxshilik bilan tilga 
oladi. O‘z farzandi unga nisbatan qanday bo‘lishini istasa, u ham ota-
onasiga shunday muomalada bo‘ladi.
Ota-ona farzandini tarbiya qiladi, o‘stiradi, shu yo‘lda ancha 
mashaqqat chekadi, unga hech vaqt yomonlikni ravo ko‘rmaydi, baxtli, 
saodatli bo‘lishini tilaydi. Shunday ekan, har bir farzand bu muhtaram 
zotlarning izzat-hurmatlarini bajo keltirishga g‘ayrat qilish kerak. Ularning 
dillarini og‘ritmaslik, ochiq yuzli, shirin so‘zli bo‘lish, doimo hollaridan 
habardor bo‘lish, hech vaqt muhtojlikda qoldirmaslik, har jixatdan ularni 
o‘zlaridan rozi qilib, duolarini olishga harakat qilish kerak (103 ta so’z).
 
NAVRO‘Z 
Sharq xalqlari qadimdan Navro‘zni Yangi yilning birinchi kuni 
sifatida keng nishonlab kelishgan. Navro‘zda kecha bilan kunduz 
tenglashib, hayvonlar nomi bilan ataluvchi yil – muchal almashadi. Buyuk 


48 
bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Nosiriddin 
Rabg‘uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy va boshqalar Navro‘zni bahor, 
uyg‘onish, yoshlik, go‘zallik bayrami sifatida tasvirlaganlar. 
Navro‘z bayramida uylar, hovli-joylar, choyxonalar, sayilgohlar, 
bozorlar, qabristonlar tozalangan. Daraxt va gul ko‘chatlari ekilgan. 
Marhumlarning 
qabrlari 
ziyorat 
qilingan. 
Kishilar 
ota-onalari, 
qarindoshlari, do‘stlari bilan diydorlashganlar. Bu kun xonadonlarda 
sumalak, yalpiz somsa, ko‘k chuchvara, halim, go‘ja, palov, g‘ilmindi kabi 
tansiq taomlar, turli shirinliklar pishirilgan. Qadimda ham Navro‘zda 
kishilar bir-birlariga tortiqlar ulashganlar, urushlar to‘xtagan, mahbuslar 
ozod etilgan, katta xalq sayillari uyushtirilib, uloq, poyga, kurash 
musobaqalari o‘tkazilgan (109 soz). 
ONA - VATAN 
Biz yashayotgan go‘zal, bepoyon mamlakat O‘zbekiston deb ataladi. 
Vatanimiz tekis, serunum tuproqli yerlar, o‘rmonlar, tog`lar, daryolar bilan 
qoplangan. Uning yer osti boyliklari behisob. Biz o‘zimiz yashab turgan 
mamlakatni ona-Vatan deb ataymiz.
Buning sababi nimada? 
Bu yerda qadimdan bizning ota-bobolarimiz yashaganlar. Biz ham 
shu yerda tug`ildik. Shu yerda o‘smoqdamiz.
Vatanni oq sut bergan onaga qiyos qilishadi. Vatanimiz bizni onamiz 
kabi o‘zining issiq bag`rida mehr bilan erkalaydi. Sevib ardoqlaydi. 
Voyaga yetkazadi. Kamol toptiradi. Shu sababli ham biz Vatanimizni 
onamiz kabi sevamiz, qadrlaymiz. Uning nomini ona-Vatan deb ataymiz. 
«Ona yurting – oltin beshiging» deyishdi qadimdan. Dunyoda 
mamlakatlar, shaharlar ko‘p. Lekin inson uchun tug`ilib o‘sgan joyi - ona-
Vatani hammasidan ham yaxshidir. Unda o‘z taqdiringizga o‘zingiz ega 
bo‘lasiz. Vatan siz bilan birga ulg`ayadi («O‘qish kitobi»dan) (110 ta 
so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin