1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA KAFEDRASI
5140100-Biologiya (turlari bo’yicha)
NARGIZNOMALAR QABILASI mavzusida
KURS ISHI
BAJARDI: Tabiiy fanlar fakulteti 1-bosqich 1-potok 223-guruh
talabasi
Rustamova Gulshanoy
Ilmiy rahbar:
_________________________
(илмий даражаси ва илмий унвони)
Urganch – 2023
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Insonning xo`jalik faoliyatida o`simliklardan hosil
bo`lgan mahsulotlar-ko`mir, to`rf, neft, va gaz kabilar muhim rol o`ynaydi. Jonli
tabiatning muhim tarkibi hisoblangan o`simliklar biologik moddalarning me`yoriy
aylanishini ta`minlaydi, atmasferani
kislorodga boyitadi, organik moddalar
to`playdi, inson va hayvonlar uchun ozuqa mahsuloti bo`lib xizmat qiladi.
Bu oilaga ko'p yillik piyozli o'simliklar kiradi. Barglari qalami. Gullari ikki
jinsli, to'g'ri, ba'zan biroz qiyshiqroq. Gullari va mevalarining tuzilishi jihatdan
piyozdoshlarga juda yaqin turadi va tugunchalarining pastki bo'lishi
bilan ulardan
farq qiladi. Gullari oq, sariq yoki sarg'ish, qizil g'ishtrang. Changchisi 6 ta,
tugunchasi pastki, uch uchli. Mevasi — ko'sakcha. Bu oilaga 60—65 turkum va
900 tur kiradi. Ular asosan
tropik va subtropik hududlarda, ayniqsa Markaziy va
Janubiy Amerika va O'rtayer dengizi atroflarida keng tarqalgan. O'rta Osiyoda 3 ta
turkum, 9 ta turi, O'zbekistonda 3 ta turkum (Ungernia, Sternbergia, Narciss) ga
mansub 5 ta turi uchraydi.
Ungerniya, qoraqobiq (Ungernia) turkumi. Bu turkum vakillari ko'p
yillik
piyozli o't o'simliklar. Barglari 4—6 ta, bahorda paydo bo'ladi. Yozga kelib
quriydi. Poyasi bargsiz. Gulqo'rg'oni 6 ta, gulbargchalari voronkasimon, sal
qiyshiqroq, sarg'ish-qizil yoki sarg'ish. To'pguli soyabonsimon, changchisi 6 ta.
Tugunchasi uch uyali. Mevasi — ko'sakcha. O'zbekistonda 3 turi (U. sivertzovii,
U. victoris) o'sadi. Seversov qoraqobig'i — Ungernia severt/.ovii. Ko'p yillik
piyozli o'simlik. Barglari 4—6 ta, qalami ikki qator joylashgan.
Poyasi
silindrsimon, bo'yi 20—40 sm. To'pguli soyabonsimon, 7—12 gulli. Gulqo'rg'oni 6
ta gulbargchali, qizil g'isht rangli. Mevasi — ko'sakcha, uch bo'lakli, chokidan
ochiladi. Qor ketishi bilan piyozidan o'sib chiqqan barglari
may oyining ikkinchi
yarmida quriydi. Iyul oyida piyozidan bargsiz, oqish poya unib chiqadi va uning
uchida to'pgul hosil bo'ladi. Sentabr oyida gullaydi. Tog'da toshli va chag'ir
yonbag'irlarda o'sadi. Dorivor o'simlik. O'zbekiston Respublikasi „Qizil kitob" iga
kiritilgan.
4
Shlernbergiya (Sternbergia) turkumi. Turkumga piyozli ko'p yillik o't
o'simliklar kiradi.
Barglari qalami, 4—8 ta. Gulqo'rg'oni 6 ta bargchali,
voronkasimon, changchisi 6 ta, tugunchasi uch meva bargli. Mevasi — ko'sakcha.
O'zbekistonda bitta turi o'sadi (Fisher shternbergiyasi — Sternbergia fischeriana).
Ko'p yillik piyozli o't o'simlik. Piyozchalari tuxumsimon, 3 sm qalinlikda. Poyasi
gullagan davrda 10 sm gacha, mevalagan vaqtda esa uzunroq bo'ladi. Barglari 4—
8 ta, yashil, tuksiz, qalami.
Gullari sariq, 8—10 mm u/.unlikda. Fevral-mart
oylarida gullaydi, urug'i aprel oyida yetiladi.