Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   146
marketing

 
8.2. Chakana savdo turlari 
Chakana savdo rasta do`konlari barcha hajm va shaklda bo`ladi- sizning mahalliy 
saloningiz yoki oilangizga tegishli bo`lgan oshxonadan tortib to “REI” kabi milliy 
maxsus sotuvchilar tarmog`i yoki “Williams Sonoma”, “Costco” yoki “Walmart” kabi 
katta chiegirmachilargacha. Chakana savdo do`konlarining eng muhim turlari 8.1-


157 
jadvalda tasvirlangan va quyidagi qismlarda muhokama qilinadi. Ular bir nechta 
xususiyatlariga (qancha xizmat taklif qilishini hisobga olib), mahsulot tarmog`ining 
yaxshi va yomon taraflariga, nisbiy narxlariga va qanday tuzilganlgiga qarab 
guruhlarga ajratilishi mumkin. 
8.1-jadval
Chakana savdo do`konlarining asosiy turlari 
Turi 
Ta`rifi 
Misollar 
Maxsus 
d`konar 
Do`kon kiyim-kechak, sport mollari, mebel, gul va kitob 
do`konlari kabi oz assortimentli tor doiradagi mahsulotlatni 
taminlaydi. 
REI,Radio 
Shack,Williams-
Sonoma 
Univermag 
Do`kon bir nechta mahsulot tarmoqlari- kiyim-kechak, uy 
mebellari va ro`zg`or mollari bilan ish olib borib, har bir 
tarmoq alohida qism sifatida faoliyat yuritib maxsus sotuvchi 
orqali boshqariladi. 
Macy`s, 
Sears, 
Neiman Marcus 
Supermarket Haridorlarning ro`zg`or va sabzavot mahsulotlariga bo`lgan 
to`liq ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiluvchi yetarlicha 
katta, arzon narxli, kam foydali, yuqori hajmli, o`z-oziga 
xizmat ko`rsatish jarayoni. 
Kroger, Safeway, 
SeperValu, Publix 
Kundalik 
tovarlari 
do`konlari 
Yashash joylariqa yaqin joylashgan, judayam kichik, 
haftaning har kunida uzoq soatlar davomida ochiq turuvchi, 
tez aylanmaga ega biroz qimmatroq narxdagi oddiy 
mahsulotlarni taminlovchi do`kon. 
7-Eleven, Stop-N-
Go, 
Circle 
K, 
Sheetz 
Chegirmali 
do`konlar 
Yuqoriroq hajmadagi, kamroq narxli va kam foyda 
keltiruvchi standart mahsulotlar bilan taminlovchi do`kon. 
Walmart, 
Target, 
Kohl`s 
Past narxli 
yoki 
ikkinchi qo`l 
tovarlari 
do`konlari 
Odatiy ulgurchi narxidan arzonroq narxga olingan mollarni 
do`kondagi narxdan pastroq narxda sotadigan rasta. Bular 
quyidagilarni o`z ichiga oladi: ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan egalik qilinadigan va boshqariladigan fabrika 
do`konlari; 
biznes 
egalari 
yoki 
kattaroq 
savdo 
korporatsiyalarining qismlari tomonidan egalik qilinadigan va 
boshqariladigan mustaqil OFF-PRICE savdogarlari; azolik 
badalini to`lagan istemolchilarga katta chegirmalar asosida 
cheklangan tanlovli mahsulotlarni sotuvchi omborlar (yoki 
ulgurchi sotuvchi) guruhlari. 
Mikasa, TJ Maxx, 
Costco, 
Sam`s 
Club, BJ`s 
Super 
do`konlar 
Iste`molchilarning oziq-ovqat va oziq-ovqat bo`lmagan 
narsalarga bo`lgan kunlik ehtiyojlarini qondirib bera oladigan 
judayam katta sotuv rastasi. Bu, muayyan kategoriyadagi 
keng 
turdagi 
assortimentlarni 
yetkazib 
beruvchi 
supersenterlarni, qo`shilgan supermarketlarni va chegirmali 
do`konlarni o`z ichiga oladi. 
Walmart 
Supercenter, 
SuperTarget, 
Meijer, Best Buy, 
PetSmart, Staples, 
Barnes&Noble 
Har xil xaridorlar va mahsulotlar turi har xil miqdordagi xizmatni talab qiladi. Bu 
kabi turli xildagi xizmat talabini qondirish uchun chakana savdogarlar 3 ta xizmat 
darajasidan birini taklif qilishlari mumkin: o`ziga xizmat ko`rsatish, cheklangan xizmat 
va to`liq xizmat.


158 
O`ziga xizmat ko`rsatish chakana savdogarlari pulni yoki vaqtini tejash uchun 
o`ziga xizmat ko`rsatayotgan xaridorlarga xizmat qiladilar. O`ziga xizmat ko`rsatish 
barcha chegirmali jarayonlar uchun asosdir va bu odatda oziq-ovqat sotuvchilari 
(supermarketlar kabilar) va milliy brendga aylangan tez-tez xarid qilinadigan tovar 
(Target yoki Kohl`s kabilar) lar tomonidan foydalaniladi. “Sears” yoki “JCPenney” 
kabi cheklangan xizmat savdogarlari ko`proq iste`molchilar ma`lumot olishga muxtoj 
mahsulotlarni sotganlari tufayli ko`proq yordamchilarni ishga oladilar. Ularning sotuv 
jarayoni uchun qilgan ko`proq xarajatlari narxlarni ham oshirilishiga olib keladi. 
Yuqori darajali do`konlar va oliy darajali chakana savdo do`konlari kabi to`liq 
xizmat ko`rsatuvchi savdogarlar xaridorlarga sotuv jarayonining har bir qismida 
ko`mak berib boradilar. Bu kabi to`liq xizmat ko`rsatuvchi do`konlar ko`proq 
xaridorlar xarid jarayonida yordamga yoki maslahatga muhtoj bo`lgan mahsulotlarni 
olib keladilar. Ular ko`proq xizmat ko`rsatadilar va shuning uchun ham sotuv jarayoni 
xarajatliroq bo`ladi. Bu xarajatlar haridorlarga mahsulotlarning narxini oshirish orqali 
o`tkazib yuboriladi. 
Chakana savdogarlar yana o`zlarining mahsulot assortimentlarining kenglik 
doirasi va uzunligiga qarab guruhlarga ajratilishlari mumkin. Maxsus do`konlar kabi 
bazi savdogarlar oz assortimentli tor doiradagi tarmoqlarda faoliyat yuritadilar. 
Bugungi kunda maxsus do`konlar gullab yashnamoqda. Bozorni segmentlash va 
mahsulotga ixtisoslashishdan foydalanishning o`sib borishi do`konlarni maxus 
mahsulot va segmentlarga diqqatini jalb qilishlari uchun katta ehtihojga olib keldi. 
Bunga qiyosiy ravishda, univermaglar keng ko`lamdagi mahsulotlar tarmog`i 
bilan faoliyat yuritadi. So`ngi yillarda univermaglar bir tarafadan moslashuvchan 
maxsus do`konlar va boshqa tarafdan arzonroq narxli chegirmachilar tomonidan siqib 
qo`yildi. Bunga javob tariqasida, ko`pchiliklari chegirma xavfini bartaraf qilish uchun 
reklamalash targ`ibotini amalga kiritmoqdalar. Boshqalari maxsus do`konlar bilan 
raqobatlashish uchun, do`kon brendlaridan va yagona brendli dizayner do`konlardan 
foydalanishni kuchaytirdilar. Hamon yana boshqalari katalog, telefon va onlayn 
sotishdan foydalanishga harakat qilmoqdalar. Xizmat ko`rsatish farqlashning asosiy 
omili bo`lib qolmoqda. “Nordstorm”, “Saks”, “Neiman Marcus” kabi sotuvchilar va 


159 
boshqa yuqori univermaglar eksklusiv savdo va yuqori sifatli xizmatlarga urg`u berish 
orqali yaxshi faoliyat yuritmoqdalar. 
Supermarketlar eng ko`p tashrif buyuriladigan sotuv rastalarining bir turi. Biroq, 
bugungi kunda, sekin o`sayotgan aholi soni tufayli va bir tarafadan chegirmachilar 
bilan bo`lgan, va boshqa tarafdan maxsus do`konlar bilan bo`lgan o`sib borayotgan 
raqobat tufayli supermarketlar sekin savdo o`sish darajasini boshdan kechirmoqdalar. 
So`nggi yigirma yilda odamlarning ko`chada ovqatlanishlarining soni o`sgani 
tufayli ham supermarketlar qattiq zarbaga duch keldilar. Bunga isbot tariqasida, 
supermarketlarning sabzovotlar va oziq-ovqatlarda 2002-yilda 66% bo`lgan ulushi 
2009-yilga kelib, 62% dan ham pasayib ketdi. Bu orada, huddi shu vaqt oralig`ida 
supermarkazlarning bozordagi ulushi 15.6% dan 20.6% ga oshib ketdi. Bozor ulushi 
uchun bo`lgan jangda ba`zi supermarketlar yuqori sifatga (hashamatga) o`tdilar va ular 
yuqori darajali do`kon sharoiti va tabiiy taom va yangi dengiz mahsulotlari kabi yuqori 
sifatli mahsulot takliflarini kiritmoqda. Biroq, boshqalar esa “Costco” va “Walmart” 
kabi chegirmachilar bilan boshma-bosh kurashish maqsadida xarajatlarni qisqartirib
samaraliroq jarayonlarni amalga oshirib va narxlarni ham pasaytirmoqdalar. ●“Publix” 
nomli mamlakatning eng yirik supermarket tarmog`i bu ishni muvaffaqqiyatli ravishda 
uddaladi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin