157
jadvalda tasvirlangan va quyidagi qismlarda muhokama qilinadi. Ular bir nechta
xususiyatlariga (qancha xizmat taklif qilishini hisobga olib), mahsulot tarmog`ining
yaxshi va yomon taraflariga, nisbiy narxlariga va qanday tuzilganlgiga qarab
guruhlarga ajratilishi mumkin.
8.1-jadval
Chakana savdo do`konlarining asosiy turlari
Turi
Ta`rifi
Misollar
Maxsus
d`konar
Do`kon kiyim-kechak, sport mollari, mebel,
gul va kitob
do`konlari kabi oz assortimentli tor doiradagi mahsulotlatni
taminlaydi.
REI,Radio
Shack,Williams-
Sonoma
Univermag
Do`kon bir nechta mahsulot tarmoqlari- kiyim-kechak, uy
mebellari va ro`zg`or mollari bilan ish olib borib, har bir
tarmoq alohida qism sifatida faoliyat yuritib maxsus sotuvchi
orqali boshqariladi.
Macy`s,
Sears,
Neiman
Marcus
Supermarket Haridorlarning ro`zg`or va sabzavot mahsulotlariga bo`lgan
to`liq ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiluvchi yetarlicha
katta, arzon narxli, kam foydali, yuqori hajmli, o`z-oziga
xizmat ko`rsatish jarayoni.
Kroger, Safeway,
SeperValu, Publix
Kundalik
tovarlari
do`konlari
Yashash
joylariqa yaqin joylashgan, judayam kichik,
haftaning har kunida uzoq soatlar davomida ochiq turuvchi,
tez aylanmaga ega biroz qimmatroq narxdagi oddiy
mahsulotlarni taminlovchi do`kon.
7-Eleven, Stop-N-
Go,
Circle
K,
Sheetz
Chegirmali
do`konlar
Yuqoriroq hajmadagi, kamroq narxli va kam foyda
keltiruvchi standart mahsulotlar bilan taminlovchi do`kon.
Walmart,
Target,
Kohl`s
Past narxli
yoki
ikkinchi qo`l
tovarlari
do`konlari
Odatiy ulgurchi narxidan arzonroq
narxga olingan mollarni
do`kondagi narxdan pastroq narxda sotadigan rasta. Bular
quyidagilarni o`z ichiga oladi: ishlab chiqaruvchilar
tomonidan egalik qilinadigan va boshqariladigan fabrika
do`konlari;
biznes
egalari
yoki
kattaroq
savdo
korporatsiyalarining qismlari tomonidan egalik qilinadigan va
boshqariladigan mustaqil OFF-PRICE savdogarlari; azolik
badalini to`lagan istemolchilarga
katta chegirmalar asosida
cheklangan tanlovli mahsulotlarni sotuvchi omborlar (yoki
ulgurchi sotuvchi) guruhlari.
Mikasa, TJ Maxx,
Costco,
Sam`s
Club, BJ`s
Super
do`konlar
Iste`molchilarning oziq-ovqat va oziq-ovqat bo`lmagan
narsalarga bo`lgan kunlik ehtiyojlarini qondirib bera oladigan
judayam katta sotuv rastasi. Bu, muayyan kategoriyadagi
keng
turdagi
assortimentlarni
yetkazib
beruvchi
supersenterlarni, qo`shilgan supermarketlarni va chegirmali
do`konlarni o`z ichiga oladi.
Walmart
Supercenter,
SuperTarget,
Meijer, Best Buy,
PetSmart, Staples,
Barnes&Noble
Har xil xaridorlar va mahsulotlar turi har xil miqdordagi xizmatni talab qiladi. Bu
kabi turli xildagi xizmat talabini qondirish uchun chakana savdogarlar 3 ta xizmat
darajasidan birini taklif qilishlari mumkin: o`ziga xizmat ko`rsatish, cheklangan xizmat
va to`liq xizmat.
158
O`ziga xizmat ko`rsatish chakana savdogarlari pulni yoki vaqtini tejash uchun
o`ziga xizmat ko`rsatayotgan xaridorlarga xizmat qiladilar. O`ziga xizmat ko`rsatish
barcha chegirmali jarayonlar uchun asosdir va bu odatda
oziq-ovqat sotuvchilari
(supermarketlar kabilar) va milliy brendga aylangan tez-tez xarid qilinadigan tovar
(Target yoki Kohl`s kabilar) lar tomonidan foydalaniladi. “Sears” yoki “JCPenney”
kabi
cheklangan xizmat savdogarlari ko`proq iste`molchilar ma`lumot olishga muxtoj
mahsulotlarni sotganlari tufayli ko`proq yordamchilarni ishga oladilar. Ularning sotuv
jarayoni uchun qilgan ko`proq xarajatlari narxlarni ham oshirilishiga olib keladi.
Yuqori darajali do`konlar va oliy darajali chakana savdo do`konlari kabi
to`liq
xizmat ko`rsatuvchi savdogarlar xaridorlarga sotuv jarayonining har bir qismida
ko`mak berib boradilar. Bu kabi to`liq xizmat ko`rsatuvchi do`konlar ko`proq
xaridorlar xarid jarayonida yordamga yoki maslahatga muhtoj bo`lgan mahsulotlarni
olib keladilar. Ular ko`proq xizmat ko`rsatadilar va shuning uchun ham sotuv jarayoni
xarajatliroq bo`ladi. Bu xarajatlar haridorlarga mahsulotlarning narxini oshirish orqali
o`tkazib yuboriladi.
Chakana savdogarlar yana o`zlarining mahsulot assortimentlarining kenglik
doirasi va uzunligiga qarab guruhlarga ajratilishlari mumkin.
Maxsus do`konlar kabi
bazi savdogarlar oz assortimentli tor doiradagi tarmoqlarda faoliyat yuritadilar.
Bugungi kunda maxsus do`konlar gullab yashnamoqda. Bozorni segmentlash va
mahsulotga ixtisoslashishdan foydalanishning o`sib borishi do`konlarni
maxus
mahsulot va segmentlarga diqqatini jalb qilishlari uchun katta ehtihojga olib keldi.
Bunga qiyosiy ravishda, univermaglar keng ko`lamdagi mahsulotlar tarmog`i
bilan faoliyat yuritadi. So`ngi yillarda univermaglar bir tarafadan moslashuvchan
maxsus do`konlar va boshqa tarafdan arzonroq narxli chegirmachilar tomonidan siqib
qo`yildi. Bunga javob tariqasida, ko`pchiliklari chegirma xavfini bartaraf qilish uchun
reklamalash targ`ibotini amalga kiritmoqdalar. Boshqalari maxsus do`konlar bilan
raqobatlashish uchun, do`kon brendlaridan va yagona brendli dizayner do`konlardan
foydalanishni kuchaytirdilar. Hamon yana boshqalari katalog, telefon va onlayn
sotishdan foydalanishga harakat qilmoqdalar. Xizmat ko`rsatish
farqlashning asosiy
omili bo`lib qolmoqda. “Nordstorm”, “Saks”, “Neiman Marcus” kabi sotuvchilar va
159
boshqa yuqori univermaglar eksklusiv savdo va yuqori sifatli xizmatlarga urg`u berish
orqali yaxshi faoliyat yuritmoqdalar.
Supermarketlar eng ko`p tashrif buyuriladigan sotuv rastalarining bir turi. Biroq,
bugungi kunda, sekin o`sayotgan aholi soni tufayli va bir tarafadan chegirmachilar
bilan bo`lgan, va boshqa tarafdan maxsus do`konlar bilan bo`lgan o`sib borayotgan
raqobat tufayli supermarketlar sekin savdo o`sish darajasini boshdan kechirmoqdalar.
So`nggi yigirma yilda odamlarning ko`chada ovqatlanishlarining soni o`sgani
tufayli ham supermarketlar qattiq zarbaga duch keldilar. Bunga isbot tariqasida,
supermarketlarning sabzovotlar va oziq-ovqatlarda 2002-yilda 66% bo`lgan ulushi
2009-yilga kelib, 62% dan ham pasayib ketdi. Bu orada, huddi shu vaqt oralig`ida
supermarkazlarning bozordagi ulushi 15.6% dan 20.6% ga oshib ketdi. Bozor ulushi
uchun bo`lgan jangda ba`zi supermarketlar yuqori sifatga (hashamatga) o`tdilar va ular
yuqori darajali do`kon sharoiti va tabiiy taom va yangi dengiz mahsulotlari kabi yuqori
sifatli mahsulot takliflarini kiritmoqda. Biroq, boshqalar esa “Costco” va “Walmart”
kabi chegirmachilar bilan boshma-bosh kurashish maqsadida
xarajatlarni qisqartirib,
samaraliroq jarayonlarni amalga oshirib va narxlarni ham pasaytirmoqdalar. ●“Publix”
nomli mamlakatning eng yirik supermarket tarmog`i bu ishni muvaffaqqiyatli ravishda
uddaladi.
Dostları ilə paylaş: