75
jarayonida o‘zligini namoyon etishga imkon beradi. Muammoli
ta’limda o‘quvchilarning faoliyati shunday tashkil etiladiki, ularda
o‘rganilayotgan bilimlarga ehtiyoj tug‘diriladi. Bu metod o‘rganilishi
ko‘zda tutilgan til hodisasini o‘quvchidan
pinhon saqlaydi; unda
bilishga ehtiyoj, zaruriyat tug‘iladi. Muammoli ta’lim o‘quvchilarning
mustaqil ijodiy fikrlashini o‘stirishga qaratilgan. Bunday ta’lim esa
rivojlantiruvchi ta’limdir.
Muammoli o‘qitish muammo yaratish (muammoni vujudga
keltirish) bilan boshlanadi.
«Muammoli o‘qitish,–deb yozadi A. M. Matyushkin,–ta’limning
boshqa tizimlari va metodlariga tamoman zid emas. Uning
xususiyatlari ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida–yangi bilimlarni
o‘rganish jarayonida–yangicha faoliyat ko‘rsatish shartlari hamda
usullarini o‘rganish bilan xarakterlanadi».
Muammoli darslarni quyidagi bosqichlar asosida tashkil etish
mumkin:
– darsning boshlanishi. Bu bosqichda o‘quvchilarning o‘quv
materialiga qiziqishlarini oshirishga oid ishlar qilinadi. O‘quvchilar
oldiga mavzuga doir muammolar qo‘yiladi.
– mavzu bo‘yicha qo‘yilgan muammolar ustida o‘qituvchi va
o‘quvchilarning birgalikda ishlashi;
– o‘rganilgan bilimlarni qo‘llab,
topshiriqlarni bajarish;
– mavzu yuzasidan yakunlovchi xulosa chiqarish
.
Ona tili ta’limi jarayonida muammoli vaziyat quyidagi hollarda
yuzaga keladi:
noma’lumni izlab topish, qiyinchilikni
bartaraf etish zaruriyati
tug‘ilganda;
ona tilidan egallangan bilimlarni yangi sharoitda qo‘llash
ehtiyoji yuzaga kelganda;
muammoli topshiriq bilan uni bajarish usuli o‘rtasida
nomutanosiblik vujudga kelganda.
Ona tili darslarida muammoli vaziyat yaratishning quyidagi
usullaridan foydalanish mumkin: