1978-85 yillarda Toshkent shahridagi
Bo'zs uv kanalining o'ng sohilida balandligi 375 m bo'lgan ikkinchi teleminora - hozirgi radio-televizion
uzatish markazi qurib ishga tushirildi. Bu teleminora balandligi bo'yicha jahonda Moskvadagi
Ostankino, Toronto (Kanada), Tokio (Yaponiya) teleminoralaridan keyin
4-o'rinda turadi, Markaziy
Osiyoda 1-o'rinda turadi. Teleminoraning 100 m va 200 m bala ndligida maxsus binolar joylashgan.
Bulardan eng yuqorisida 5 dasturli ko'rsatuvlarga mo'ljallangan televizion stantsiya, ultra qisqa to'lqinli
4 dasturli eshittirishga mo'ljallangan radiostantsiya, meteorologik stantsiya va boshqalar,
100 m balandlikda esa «Koinot» restorani, kuzatuv maydonchasi o'rin olgan. Radio-televizion uzatish
markazi Toshkent televideniesi ko'rsatuvlarini taxminan
100 km radiusda bevosita ko'rsatilishini
ta'minlaydi. Viloyatlarga va boshqa joylarga bu ko'rsatuvlar maxsus retranslyatsiya stantsiyalari orqali
uzatiladi.
O'zbekistonda Toshkent telestudiyasidan tashqari Nukus, Urganch, Termiz, Namangan,
Andijon, Samarqand, Qo'qon, Farg'ona, Buxoroda viloyat telestudiyalari ishlaydi. Bundan tashqari 30
mahalliy va tijorat studiyalari faoliyat ko'rsatadi. Rossiya, Qozog'iston, Turkiya teledasturlarini
muntazam olib ko'rsatish, Hindiston, AQSh axborot dasturlarini qabul qilish yo'lga qo'yilgan.
Respublikada jahon mamlakatlari bilan teleko'rsatuvlarni bevosita almashish uchun texnik
imkoniyatlar yaratilgan. 1994 yildan O'zbekiston-AQSh qo'shma korxonasi «Kamalak TV - Payjing»
shaharlarda kabel televideniesi tarmoqlarini tashkil etmoqda. 1993 yildan O'zbekistonning 98%) aholisi
teledasturlarini ishonchli qabul qiladi, jumladan aholining 98,5%) - bir, 98,3%) - ikki, 67,7%) - uch,
17,8%) - to'rt va undan ortiq dasturni tomosha qila oladi.
Matbuot tarqatish. Respublikada aloqa organlari matbuot nashrlarini tarqatish va etkazib
berish ishlarini ham bajaradi. Vaqtli matbuotni tarqatishning asosiy shakli obuna bo'lib, 1991 yilga
qadar gazeta va jurnallar tirajining 85%) obuna yo'li bilan tarqatilgan. O'zbekistonda aloqa vazirligi
tizimida obuna bo'yicha va chakana savdo yo'li bilan vaqtli matbuot nashrlari (mahalliy va chet el
gazeta, jurnal, xaftaliklari)ni tarqatish maorif va umuman madaniyatni rivojlantirishda tarixan katta
ahamiyatga ega bo'ldi. 1994 yil sobiq «Soyuzpechat» respublika boshqarmasi o'rnida ochiq tipdagi
aktsiyadorlik jamiyati bo'lgan