1. Foiz siyosatining asosiy maksad va vazifalari:
foiz siyosatining
asosiy maksadi foiz siyosatida anik belgilab kuyilgan bo`lishi lozim.
Ayrim banklarda foiz siyosatining asosiy maksadi sifatida foiz
risklarini boshkarish tizimini takomillashtirish belgilab kuyiladi,
boshkalarida esa sof foizli daromad darajasini oshirish kursatiladi.
2. Foiz riskini yuzaga keltirishi mumkin bo`lgan xolatlar: bunday
xolatlar odatda kredit kuyilmalarining xajmini keskin oshirilishi
natijasida yoki kreditlarning bozor stavkalarini sezilarli darajada
oshishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.
3. Foiz riskini boshkarish usullari: odatda bank amaliyotida foiz
riskini asosiy boshkarish usullari sifatida foizli svoplardan keng
foydalanadilar, kichik banklarda esa ko`proq kredit riskiga limitlar
o`rnatish uslubidan foydalanadilar.
4. Foiz stavkalarini o`stirmaslik makomini belgilash tartibini joriy
kilish.
Tijorat banklarining daromad olish soxasi faoliyati uning foiz
siyosati orkali amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning
foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, demak, o`zining
manfaatini xam amalga oshirgan bo`ladi. Banklar foiz siyosatini
amalga oshirishda omonatlar bo`yicha to`lanadigan foizni ularning
o`zlari takdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan
pastroq qilib belgilaydi. Olingan va to`langan foizlarning summalari
urtasidagi farq banklarning foydasini tashkil etadi.
Tijorat banklari xar bir aniq kelishuvlarida foiz me`yorini
xisoblaganda quyidagilar e`tiborga olinadi:
- ta`minlangan ssudalar bo`yicha eng kreditga layokatli mijozlar
uchun aniq muddatga beriladigan bazaviy foiz stavkasining darajasini;
196
- xar bir aloxida kelishuvning shartlarini inobatga olgan xolda
tavakkalchilik uchun qo`shimcha to`lov.