O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


 O`zbekiston Respublikasining bank tizimi



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/179
tarix12.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#130066
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
12.3. O`zbekiston Respublikasining bank tizimi.
Kredit - bank tizimining shakllanishi va rivojlanishi - iqtisodiy 
isloxatlarni 
amalga 
oshirilishining 
ajralmas 
belgilaridan 
(xususiyatlaridan) biridir. Bu shu bilan ta`kidlanadiki, bank tizimi xar 
qanday turdagi iqtisodiyotning markaziy tizimini tashkil qiluvchi 
unsurlaridan hisoblanadi. Bank tizimi vaktinchalik bo`sh turgan pul 
mablag’larini akkumulyatsiya qilish funktsiyasini amalga oshiradi. 
Bank tizimining muvoffakiyatli ishidan iqtisodiyotni samarali faoliyat 
ko`rsatishi, umuman olganda mamlakatdagi iqtisodiy o`sish bog’liq 
bo`ladi. Bank deb pul mablag’larini yig’uvchi, saklab beruvchi, kredit-
xisob va boshqa xar-xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi 
muassasalarga aytiladi. 


215 
Agar mamlakatda etarli darajadi bank faoliyatini ko`rsatayotgan 
banklar, kredit tashkilotlar xamda iqtisodiy tashkilotlar mavjud bo`lsa 
u xolda bank tizimi mavjudligi to`g’risida gap yuritsa bo`ladi. Ushbu 
sharoitda banklar va kredit tashkilotlari turli shakllarida xamda doimo 
o`z mijozlari- iqtisodiyot sub`ektlari, Markaziy bank, boshka organlar, 
davlat xokimiyatlari va davlat boshkaruv organlari, o`zaro yoki 
yordamchi tashkilotlar bilan mulokotda (munosabatda) bo`lib 
turadilar. 
Bank tizimi - tashkiliy to`zilma sifatida yirik tizim bo`lib - 
mamlakatningiqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki, 
banklarning faoliyati va rivojlanishini moddiy va nomoddiy 
ne`matlarni ishlab chiqarish, muomala va iste`mol qilish bilan bog’liq 
xolda ko`rib chiqish zarurdir. O`zining amaliy faoliyatida banklar 
xo`jalik xayotini tartibga solish mexanizmi bilan o`zviy ravishda 
bog’liq.
Tijorat banklarini belgilariga qarab quyidagi turlarga bo`lish 
mumkin. Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, 
aktsiyador banklarga, kooperativ, xususiy, mintakaviy, aralash 
mulkchilikka asoslangan bankka bo`linadi. Aktsiyador 
banklar 
aktsiyador jamiyat kabi ochik turdagi yoki yopiq turdagi aktsiyador 
banklar bo`lishi mumkin. Aktsiyadorlar safiga kirish aktsiyalarni sotib 
olish yuli bilan amalga oshiriladi. Hukukiy va jismoniy shaxslar 
banklarning aktsiyalarini sotib olishi va aktsiyadorlar bo`lishi 
mumkin. 
Ba`zi tijorat banklari paylar (badallar) xisobidan tashkil 
qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari xam xuquqiy 
va jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin. 
Xususiy banklar - jismoniy shaxsning pul mablag’lari xisobidan 
tashkil qilingan banklar xisoblanadi. 
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalkaro, respublika, 
mintakaviy, viloyat banklariga bo`linishi mumkin. 
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklar - universal va 
maxsus banklarga bo`linadi. 
Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, xar xil 
xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo`ladi. Maxsus banklar 
ma`lum yo`nalishlarga xizmat ko`rsatib, o`z faoliyatini shu 
yo`nalishlarda yutuklarga, samaradorlikka erishishga bag’ishlaydi. 
Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko`rsatuvchi banklar, eksport-


216 
import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, 
ipoteka-zamin banklari kirishi mumkin. 
Segmentlangan bank to`zilmasi tijorat va nobank kredit 
tashkilotlariga faoliyat muxitini (operatsiyalarini) qat`iy qonuniy 
tomonidan chegaralab ko`yilishini bildiradi. Bunday xolat xozirda 
AKSH, YAponiya, Kanada kabi davlatlarda mavjud bo`lib ularda 
korparativ 
mijozlarning 
qimmatli 
qog’ozlarni 
chiqarish 
va 
joylashtirish operatsiyalari bilan shug’ullanishlari taqiqlanadi. Biroq, 
bugungi kunda AKSH 1933 yilda qabul qilingan Glass-Stegal qonuni 
bekor qilinishi kutilmoqda. Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir 
yoki ikki pog’onali bank tizimi xosdir. Bir pogonali bank tizimi 
varianti mamlakatda yagona markaziy bank xali mavjud bo`lmasa 
yoki bitta markaziy bankdan iborat bo`lsagina real (xaqikatda) mavjud 
bo`lishi mumkin. 
Ammo tsivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga 
ikki pog’onali bank tizimi xos. Bunda birinchi pog’ona banklari-bu 
Markaziy bank, ikkinchi quyi pog’ona esa-tijorat banklari va kredit 
tashkilotlaridir. Markaziy bank-bank tizimi mavjud bo`lgan barcha 
davlatlar pul-kredit tizimining asosini tashkil kiladi. Markaziy 
bankning 
moliya 
bozoridagi 
o`rni 
mamlakatda 
bozor 
munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga bog’liq.
Bu esa o`z navbatida ikki pogonali bank tizimini shakllanishiga
asosiy omil bo`lib xisoblanadi. CHunki buning tepasida Markaziy 
bank bo`ladi. Ikki pogonali bank tizimining zarurli bozor 
munosabatlarining 
qarama-qarshiliklaridan 
kelib 
chiqadi. 
Bir 
tomondan, bu xususiy moliya mablag’laridan erkin foydalanish 
xuquqini talab qiladi. Bu quyi pog’ona banklar-tijorat banklari orqali 
amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma`lum 
miqdorda tartibga solish nazorat kilish maksadli yo`naltirish zarur. 
Bunday maxsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi. 
Bank faoliyatini maxsus litsenziya asosida amalga oshiriladigan 
faoliyatdir. Biz aytganimizdagi O`zbekiston Respublikasi Tijorat 
banklari Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida 
faoliyat olib boradilar. Ularga qo`shimcha retsenziya zarur emas 
(fakat valyuta operatsiyalaridan tashqari). Bozor iqtisodiyoti va jaxon 
xo`jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi xam rivojlana bordi. Xozirgi 
sharoitda banklar tobora ko`proq faqat sof bank operatsiyalarini 
bajaradigan emas. 


217 
Tijorat banklari kuyidagi operatsiyalarni bajaradi: 
- passiv operatsiyalar; 
- aktiv ssuda operatsiyalari; 
- bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari; 
- bankning o`z mablag’lari xisobidan amalga oshiradigan 
operatsiyalar va boshqalar. 
Shu bilan birga banklar moliyaviy xizmatlar ko`rsatadigan 
moliyaviy muassasalarga aylanmokda, bu bank balansida aks 
ettirilmaydi, lekin juda katta daromad keltiradi. Masalan: banklar 
valyuta operatsiyalarini bajarganda sarroflar-brokerlar sifatida 
maydonga chiqadilar va katta miqdorda vositachilik xaqi oladilar. 
Lekin bu operatsiyalar bank balansida aks ettirilmaydi. Xozirgi paytda 
yirik tijorat banklari qariyib 350 turdagi moliyaviy xizmat 
ko`rsatmokda.
O`zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati 
to`g’risida»gi qonunda tijorat banklarining quyidagi operatsiyalari 
qayd qilingan: 
1.
Mijozlarning xisob varaqalarini olib borish: 
2.
Mijozlarga kassa xizmati ko`rsatish: 
3.
Mijozning topshirig’iga binoan nakd pulsiz xisob-
kitoblarni bajarish: 
4.
Qisqa yoki uzok muddatli kreditlar berish: 
5.
SHartnoma 
yoki 
pullik 
asosida 
buyurtmachining 
topshirig’iga binoan kapital quyilmalarni mablag’ bilan ta`minlash: 
6.
Bo`sh pul mablag’lari-depozitlarini muomalaga jalb 
kilish: 
7.
Axolidan omonatlarni kabul kilish: 
8.
Faktoring operatsiyalarini amalga oshirish: 
9.
Lizing operatsiyalarini amalga oshirish: 
10.
Tijorat banki davlatning xamda boshkalarning kimmatli 
kogozlarini xarid kilish va sotish: 
11.
Xorijiy valyuta va kimmatli metallarni xarid kilish va sotish: 
12.
O`z mijozlari uchun kafolat va majburiyatlar berish: 
13.
Byudjetning kassa ijrosini bajarish: 
14.
Bank operatsiyalari bo`yicha maslaxatlar berish va boshqa 
operatsiyalar. 
Ular orasida eng ko`p tarkalgani veksellarni xisobga olish 
usulidir. Bank veksel saklovchidan nakd xisob-kitob kilish yo`li bilan 


218 
veksel sotib oladi. Unda qayd etilgan summadan xisobga olish foizini 
- ko`rsatilgan xizmat uchun xaq ushlab qoladi. Veksel bo`yicha tulov 
muddati kelganida bank uni vekselni sotgan veksel’ saklovchiga emas, 
balki vekselni bergan shaxsga takdim etadi. 
Qimmatli qog’oz garovga olinib, beriladigan ssudalar
shuningdek mana shunday qog’ozlarni xarid qilish bo`yicha 
operatsiyalar fond operatsiyalari deb yuritiladi. 
Tovar evasiga beriladigan ssudalar omborlar yo`ldagi va savdo 
aylanmasidagi bo`lgan tovarlarni garovga olib takdim etildi. Ssudalar 
o`z muddati to`lanmagan hamma xollarda garovga qo`yilgan qimmatli 
qog’ozlar va tovar moddiy boyliklari bank ixtieriga mulk bo`lib o`tadi. 
To`lov qobiliyatiga shubxa yo`q yirik mijozlarga bank xech kanday 
ta`minotsiz ssudalar eki bank kreditlari deb ataladigan qarzlar beradi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin