O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


 Tijorat banklarining funktsiyalari. Tijorat banklari



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/179
tarix12.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#130066
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
16.2. Tijorat banklarining funktsiyalari. Tijorat banklari 
faoliyatini tashkil qilishning iqtisodiy va huquqiy asoslari.
Tijorat banklarining iqtisodiy mavqei faoliyat doirasining keng 
bo`lishiga olib keladi. 
Tijorat banklari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi. 
1. Vaqtincha bo`sh turgan pul mablag’larni yig’ish va ularni 
kapitalga aylantirish. 
2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash; 
3. muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni 
chiqarish. 
4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to`lovlarni amalga oshirish. 
5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko`rsatish. 
6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xiz-
matlarini ko`rsatish. 
Banklar bo`sh pul mablag’larini yig’ish va ularni kapitalga ayla-
ntirish funktsiyasini bajara turib, mavjud bo`sh pul daromadlari va 
jamg’armalarni yig’adi. Jamg’aruvchi (bo`sh pul mablag’i egasi) o`z 
mab-lag’larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu 
mablag’lardan foydalangani uchun ma`lum foiz hisobida daromad 
oladilar. Bo`sh pul mablag’lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga 
keladi va bu fond xalq xo`jaligi tarmoqlarini kreditlash uchun 
ishlatiladi. 
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o`rinni korxona, tashkilot-larni, 
aholini, davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayo-nini tashkil 
qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o`ynaydi. U bo`sh turgan 
mablag’larni jalb qiladi va o`z nomidan mijozlarga vaqtincha 
foydalanishga beradi. Bank krediti hisobidan xalq xo`ja-ligining 
muhim tarmoqlari – sanoat, qishloq xo`jaligi, savdo va boshqalar 
moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo`ladi. 
Muomalaga kredit pullarni chiqarish funktsiyasi tijorat bank-larini 
boshqa moliya institutlaridan ajratib turadi. Tijorat banklari depozit-
kredit emissiya qilganida, ssudalar berganida, pul massasi oshadi va 
ssuda bankka qaytarilganda, muomaladagi pul massasi kamayadi. 


265 
Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisob-lanadi. 
Tijorat bank tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga 
o`tkaziladi va bankning qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag’ning 
ma`lum qismini naqd pul shaklida hisob raqamidan olishi mumkin. Bu 
holda muomaladagi pul massasining miqdori oshadi. SHuning uchun 
ham, Markaziy bank tijorat banklarining faoliyati ustidan nazorat olib 
boradi. 
Tijorat banklarining muhim funktsiyalaridan biri hisob-kitoblarni 
olib borishdir. Hisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar o`rtasida 
vositachi bo`lib xizmat qiladi. 
Tijorat banklari qimmatbaho qog’ozlar chiqarish va joylash-tirish 
bilan ham shug’ullanishi mumkin. 
Tijorat banklari iqtisodiy ahvolni nazorat qilish jarayonida 
mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berishi mumkin.
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, 
kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor 
bo`lganligi tufayli uning tashkil topishi o`zoq davom etadigan jarayon 
hisoblanadi. SHu vaqt ichida bo`lg’usi ta`sischilar o`rtasida o`zaro 
munosabatlar o`rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo`lgan 
mablag’lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, 
tegishli tekshiruvdan o`tkaziladi va hokazolar. 
Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari 
“Banklar va bank faoliyati to`g’risida”gi Qonunda ifodalangan. SHu 
qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish 
tartibi” deb nomlanib o`z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi . 
Banklar respublika hududida o`z faoliyatlarini Markaziy bank 
tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. 
Banklarga litsenziya berish O`zbekiston Respublikasining 
“Banklar va bank faoliyati to`g’risida”, “O`zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki to`g’risida”, “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlar 
huquqini himoya qilish to`g’risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari 
hamda bankka me`yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida 
amalga oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul 
qilingan “Banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi 
to`g’risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib boriladi. Ushbu nizomda 
O`zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro`yxatga olish va 
ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo`yilgan 


266 
bo`lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aktsionerlik 
jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. 
Ssuda kapitalisti o`z bo`sh kapitalini karzga bersa, bankirlar 
asosan chetdan jalb qilingan mablag’larga tayanadi. Ssuda 
kapitalistining daromadi ssuda foizi bulsa, bankirning daromadi - bank 
foydasi xisoblanadi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, 
axoli bo`sh pullarini jalb qilish orkali katta xajmdagi kapitalni o`z 
kullarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi kapital xarakatini 
boshkarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi
va
ular faoliyatining 
takomillashuvi ularning maxsus korxonalar - kredit muassasalariga 
aylanishiga olib keladi. 
SHunday qilib, bank faoliyati xalq xo`jaligi mavjud bo`lgan bo`sh 
mablag’larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni uy ichiga 
oladi. Bank o`z faoliyati davomida ma`lum daromadga ega bo`ladi. Bu 
daromad bank jalb kilgan resurslarga yo`llaydigan foiz bilan 
joylashtirgan resurslari bo`yicha oladigan foiz urtasidagi farqdan 
iborat bo`ladi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin