O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/179
tarix12.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#130066
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955


Kreditga sotilgan 
tovarlar narxi 
summasi 
нархи суммаси 
Majburiyatlar 
bo’yicha to’lovlar 
summasi 
+
Bir-birini 
qoplaydigan 
to’lovlar summasi. 

Pulning muomala va to’lov vositasi sifatida o’rtacha aylanish tezligi. 


72 
SHunday qilib, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga 
ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo`lgan turli xil 
omillar ta`sir ko`rsatadi. Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga 
ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omil – bu tovarlar va xizmatlar bahosi 
hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to`g’ri 
proporsional, ya`ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi 
muomalaga ko`p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta`sir 
qiluvchi ikkinchi omil – bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu 
omil pul miqdoriga teskari ta`sir ko`rsatadi. Odatda, pul qanchalik tez 
aylansa, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori shuncha kam talab 
qilinadi va aksincha. 
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini kamaytirish uchun 
quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: iste`mol 
kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko`p tovar sotilsa, shuncha 
kam miqdorda pul muomalada kerak bo`ladi; 
– naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi; 
– pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. 
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan 
holda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi 
pul barqarorligiga putur yetkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan 
pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya`ni 
inflyatsiya bo`lishiga yoki pul tanqisligiga (yetishmovchiligiga) olib 
kelishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-
sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o`zaro ta`siri bilan, ya`ni 
xo`jalikning pulga bo`lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga 
borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko`proq uchraydigan hol 
bu aylanmada xo`jalikka kerak bo`lganidan ko`proq pulning 
bo`lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga – pul birligi xarid 
qobiliyatining tushishiga olib keladi. 
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o`lchash imkoniyatini 
beruvchi ko`rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul 
agregatlaridan keng foydalaniladi: 
1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan 
muomalaga chiqarilgan ya`ni emissiya qilingan barcha naqd pullar 
summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning 
qoldig’i ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank 
amaliyotida M0 hisobga olinmaydi. 


73 
2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo`l cheklari. 
Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi. 
3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlar. M2 
hisoblashda summasi uncha katta bo`lmagan muddatli va jamg’arma 
depoztlar olinadi. 
4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit 
sertifikatlari + jamg’arma sertifikati. 
M4 (L- AQSHda) = M3 + davlatning qisqa muddatli 
obligatsiyalari + korporativ obligatsiya + jamg’arma obligatsiyalar + 
bank aktseptlari + pul bozori o`zaro fondlari paylari. 
Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko`ra Markaziy bank pul 
agregatlarining qisqa muddatli davriy orqalidagi o`sishini e`tiborga 
olmasligi lozim, chunki pul agregatlarining qisqa davrda o`sishi 
mavsumiy omillar ta`sisirida bo`ladi. Shuning uchun pul massasining 
yillik o`sish sur`atlarini nazorat qilish lozim. Pul muomalasining 
muhim ko`rsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi xo`jalik 
aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat 
muassasalariga tegishli xarid va to`lov vositalarining yalpi hajmini 
o`zida ifodalaydi. 
Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davri 
uchun miqdoriy o`zgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi 
hajmi va o`sish sur`atlarini tartibga solish bo`yicha tadbirlarni ishlab 
chiqarish uchun turli xil ko`rsatkichlar ( pul agregatlari) dan 
foydalaniladi. 
Sanoati 
rivojlangan 
mamlakatlarning 
moliya 
statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari 
to`plamidan (guruhidan) foydalaniladi: 
M-1 agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) 
va joriy bank schyotlaridagi mablag’larni o`z ichiga oladi;
M-2 agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va 
jamg’arma qo`yilmalaridan (to`rt yilgacha) tarkib topgan;
M-3 agregati – o`z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit 
muassasalaridagi jamg’arma qo`yilmalarini kiritgan; 
M-4 agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining 
depozitli sertifikatlaridan iborat.
AQSH da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, 
Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Fransiyada – ikkita pul 
agregatidan foydalaniladi.


74 
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank 
tomonidan to`g’ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat 
kasb etadi.
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-
kitobi uchun quyidagi pul agregatlari qo`llaniladi.
M-O agregati – naqd pullar;
M-1 agregati – M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa 
schyotlar (maxsus schyotlar, kapital qo`yilmalar schyotlari, akkreditiv 
va chek schyotlari, mahalliy byudjet schyotlari, byudjet, kasaba, 
uyush-malari, jamoat va boshqa tashkilotlarning schyotlari, davlat 
sug’urta mablag’lari, uzoq muddatga kreditlash fondi) dagi mablag’lar 
ti-jorat banklariga qo`yilmalar va jamg’arma banklaridagi talab qilib 
olinadigan depozitlarning yig’indisiga teng;
M-2 agregati – M-1 agregati va jamg’arma banklaridagi muddatli 
qo`yilmalardan iborat;
M-3 agregati – M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va 
davlat zayom obligatsiyalari yig’indisidan iborat.
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo`lish 
mumkin, ya`ni pul massasining aktiv qismi – bu pul mablag’larining 
xo`jalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblarni olib borish 
bilan bog’liq qismi va ikkinchisi passiv qism – jamg’ar-madagi pullar 
va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi 
mablag’ va jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning 
aktsiyalarini o`z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari 
«kvazi» - “qariyb pullar” deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar 
bo`lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin