Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
22
60/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam
hojatxonadan chiqsalar:
«Alhamdu lillahillaziy azaqoniy lazzatahu va abqo fiyya quvvatahu va dafa’a ‘anniy
azahu», deb aytardilar. (Ma’nosi: Meni (taomning) lazzatidan bahramand qilgan va
menda uning quvvatini qoldirgan, so’ng mendan aziyatini
daf qilgan Allohga hamd
bo’lsin.) Ibn Sunniy va Tabaroniy rivoyatlari
15-bob. Tahoratdan oldin o’qiladigan duo
Yuqorida aytilganidek, bismillohni aytish mustahabdir.
16-bob. Tahorat qilganda o’qiladigan duolar
Tahoratning avvalida «Bismillahir rohmanir rohiym», deb aytish mustahab qilingan.
«Bismilloh», desa ham kifoya. Birodarlarimiz aytishadi: «Agar tahoratning avvalida
bismillohni aytmasa, davomida aytaveradi. Xoh qasddan,
xoh adashib aytmay qolsa
ham, tahorati mukammal bo’ladi». (Muallif Imom Shofe’iy mazhabidalar. Shuning uchun
bismillohni aytish mustahab deyilyapti. Bu sunnat ma’nosidadir. Bizning Imomi A’zam
mazhabidan boshqa mazhablarda sunnat «mustahab» deb yuritiladi. – Tarjimon.)
Bismillohni aytish haqida kelgan hamma hadislar zaifdir. Ahmad ibn Hanbal: «Tahoratda
bismilloh deyish to’g’risida birorta sobit hadis bilmayman», deb aytganlar.
61/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Tahorat qilayotganda Allohni zikr qilmagan kishining tahorati yo’qdir», dedilar. Bu
hadisni Abu Dovud rivoyat qildilar, Bayhaqiy va boshqalar ham
rivoyat qilishgan va zaif
deb aytishgan.
Fasl:
Abul Fath Nasr Maqsidiy: «Bismillohdan keyin tahoratning boshida quyidagi duoni
o’qish mustahab», deydilar:
«Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan
‘abduhu va rosuluh». (Ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo’q va Uning sherigi ham yo’q deb
va Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning bandasi
va rasuli deb guvohlik
beraman.)
Fasl:
Abul Fath Nasr Maqsidiy tahorat qilib bo’lgandan keyin ushbu duo o’qiladi deydilar:
«Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan
‘abduhu va rosuluh. Allohummaj’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatohhiriyn.
Subhanakallohumma va bihamdik. Ashhadu alla ilaha illa anta astag’firuka va atubu
ilayka». (Ma’nosi: Yakka Allohdan bosh-qa iloh yo’q va Uning sherigi ham yo’q,
Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning bandasi va rasuli deb guvohlik beraman.
Ey Rabbim, bizlarni tavba qiluvchilardan va poklanuvchilardan qil. Ey Rabbim, Senga
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: