Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
257
Abul Hasan al-Morudiy «Ahkom as-Sultoniyya» nomli kitoblarida imomni xalifa, deb
ismladilar. Chunki u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ummatlaridan xalifa
(o‘rinbosar) bo‘ldi. Umumlashtirib, xalifa yoki
xalifatu rasululloh, deb aytish joiz.
«Xalifatulloh» degan so‘zimizning joizligida ixtilof qilingan. Ba’zilar Allohning
maxluqotlaridagi huquqlarda qoim bo‘lib, bor bo‘lgani uchun joiz, deyishgan. Bunga
Allohning so‘zidagi
«U sizlarni yer yuzida xalifa qilib qo‘ygan Zotdir»
oyatini dalil
qilib keltirishgan (Fotir surasi, 39-oyat).
Lekin jumhur ulamolar xalifatulloh, deb atashdan man qilishdi.
Va bunday deb aytsa,
gunohkor bo‘lishga olib borishini ta’kidlashgan.
Imom Navaviy aytdilar: «Birinchi amirul mo‘minin, deb ismlangan kishi Umar ibn
Xattobdirlar. Ilm ahllari orasida bu haqda xilof yo‘q. Ammo ba’zi johillar Musaylama, deb
aytishadi. Bu fikr ochiq xato va ulamolar ijmo’iga muxolif bo‘lgan xunuk johillikdir.
Ulamolar kitoblarida ochiqchasiga ittifoq qilib, naql qilishlaricha,
birinchi amirul
mo‘minin, deb ismlangan zot Umar ibn Xattobdirlar».
Imom Abu Umar ibn Abdulbirr «Istiy’ob» nomli kitoblarida Umar ibn Xattobni birinchi
bo‘lib amirul mo‘minin, deb nomlanishlariga sabab Abu Bakr (r.a.) xalifatur-rasululloh
(Rasululloh o‘rinbosarlari), deb ismlanganliklaridir, deydilar.
Fasl:
Sultonga yoki bundan boshqa hukmdorga shahanshoh,
deb aytish qattiq harom
bo‘lgan amallardandir. Chunki uning ma’nosi mulklarning podshosi, deganidir. Bu sifat
Allohdan
943/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohning huzuridagi tahqirlangan ism bir kishining «malikul amlok» (mulklarning
podshosi) deb atalmog‘idir», dedilar. Biz buni «Ismlar kitobi»ning 731-hadisida zikr
qildik.
Fasl:
«Sayyid» lafzi haqida:
Bilingki, «sayyid» lafzi qavmida ustun, qadri oliy boshliq,
fozil kishilarga va bundan
tashqari g‘azabi qo‘zg‘amaydigan halim kishiga, saxiyga, podshohga va erga nisbatan
ishlatiladi.
Fazl ahllariga «sayyid» lafzining ishlatilishi haqida ko‘plab hadislar kelgan.
944/11. Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan
ibn Ali bilan (r.a.) minbarga ko‘tarildilar-da, «Bu bolam sayyiddir. Shoyadki,
Alloh bu
bilan musulmonlarning ikki jamoasi orasini isloh qilsa», dedilar. Imom Buxoriy
rivoyatlari.
945/12. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam Sa’d ibn Muoz kelganlarida ansoriylarga qarata: «Sayyidlaringizga yoki
yaxshilaringizga turinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: