331-bob Pshlatish makruh bo‘lgan lafzlar to‘g‘risida
934/1. Sahl ibn Hunayf Oishadan (r.a.) rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Sizlardan biringiz ko‘nglim ayniyapti, degan so‘zni (arabchada) «xabusa»
lafzi ila emas, balki «laqisat» lafzi ila aytsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
935/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan
biringiz «ko‘nglim buzilyapti» so‘zini (arabchada) «joshat» lafzi ila emas, «laqisat» lafzi
ila aytsin», dedilar. Imom Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.
(Xuddi o‘zbek tilidagi «qusgim kelyapti» o‘rniga chiroyli qilib «ko‘nglim ayniyapti», deb
aytganga o‘xshash... - tarj.)
«Laqisat», «joshat», «xabusat»larning ma’nosi bir: «ko‘ngli aynishi»ni anglatadi. Ammo
«joshat» bilan «xabusat» deb aytish xunuk bo‘lgani uchun bu lafzlarni ishlatish karih
ko‘rilgan.
936/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«(Kishilar uzumni) al-Karmu, deb aytadilar. «Al-Karmu» esa mo‘minning qalbidir»,
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Muslimning rivoyatlarida «Uzumni «al-Karmu» lafzi ila ismlamanglar. Chunki al-Karmu
musulmondir», deyilgan.
Boshqa rivoyatda «Al-Karmu - mo‘minning qalbi», deyilgan.
937/4. Voil ibn Hijrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«(Uzumni) al-Karmu lafzi ila aytmanglar. Lekin al-Inab val-Habala lafzi ila aytinglar»,
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Bu hadisdan maqsad uzumni «Al-Karmu», deb ismlashdan qaytarish. Johiliyatda uzum
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
254
«Al-Karmu» deb nomlanar edi. Hozir ham ba’zilar shunday aytishadi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam bunday ismlashdan qaytarganlar.
Imom Xitobiy va boshqa ulamolarning aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam uzumni chiroyli ism bilan chaqirishni xohlardilar. Uning mevasidan mast
qiluvchi sharobni tayyorlovchilar uzumning ismini salbiy aytishar edi.
938/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Agar kishi insonlar halok bo‘ldi, desa, bas, o‘sha aytgan kishi o‘zi halok bo‘luvchidir»,
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Humaydiy: «Odamlarni past va haqir sanab o‘zini fazilatli qilib ko‘rsatish maqsadida
bo‘lsa, bunday deyishi joiz emas. Chunki u Allohning xalq qilgandagi sirlarini bilmaydi»,
dedilar.
Xitobiy aytdilar: «Insonlarning yomonliklarini zikr qilib, ayblab, «Ular fasod bo‘lib,
halokatga uchrashdi», desa, o‘zi halok bo‘luvchidir. Ya’ni, ularni ayblash bilan o‘zi eng
yomon holatdadir. Ko‘pincha, o‘z nafsiga ajablanishi va o‘zining fazilatli ekanini his qilib,
o‘zini yaxshiman, deyishi insonni halokatga eltadi».
939/6. Qa’nabiy Molikdan, u esa Sahl ibn Abu Solihdan, u otasidan, otasi Abu
Hurayradan qilgan rivoyatida ham xuddi yuqoridagi hadisni zikr qildilar. Abu Dovud
rivoyatlari.
Molik: «Agar ana shu so‘zni kishilarning dindagi sustkashliklarini ko‘rib aytsa, zarari
yo‘q. Lekin o‘z nafsiga ajablanib, kishilarga past nazar bilan qarab aytsa, unda man
qilinganlar qatorida bo‘lib qoladi», dedilar.
Imom Navaviyning fikrlaricha ham, mana shu so‘z sahihdir. Xususan, Imom Molikdan
(r.a.) bo‘lgani diqqatga sazovordir.
940/7. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh
xohlasa va falonchi xohlasa, deb aytmanglar. Lekin Alloh xohlasa, so‘ngra falonchi
xohlasa, deb aytaveringlar», dedilar. Imom Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat
qilganlar.
Xitobiy va boshqalar aytishgan: «Bu hadisda odobga chaqiruvchi irshod bor. Chunki
«va» so‘zi «birga», «sherik bo‘lish» ma’nosini anglatadi. «So‘ngra» so‘zi esa tartib va
zaiflikni anglatadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu hadisda Alloh xohishini
boshqalarning xohishidan oldin keltiryaptilar».
Ibrohim Naha’iy «A’uvzu billahi va bika», ya’ni «Alloh ismi va sening isming bilan panoh
tilayman», deb aytmoqni karih ko‘rardilar. Balki «A’uvzu billahi summa bika», deb
aytmoqlik joizdir. Ya’ni, Allohning ismi bilan, so‘ngra sening isming bilan, deganidir.
Va yana: «Agar Alloh qilmaganida, so‘ngra falonchi qilmaganida, bunday qilardim», deb
aytiladi. Ammo «Alloh qilmaganida va falonchi qilmaganida, bunday qilmasdim», deb
hargiz aytma.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: |