«Ular ham ehtiyoj choralarini ko‘rib, qurollanib olsinlar» , deb aytgan»,
dedilar.
Alloh taolo biror ishni taqdir qilsa, uning sababini ham barpo etgan. Duoda, zikr
qilganimizdek, foydalar bor. U ham bo‘lsa, unda qalbni jamlab ehtiyojmandligini
bildirish. Bu ikki xislat ibodat va ma’rifatning nihoyasidir.
339-bob Kishining duo qilishi va solih amallarni Alloh taologa vasila qilishi to‘g‘risida 1037/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytadilar: «Sizlardan oldingilardan uch kishi bor edi. Ular boshpana qilib g‘orga
kirishganida, tog‘dan bir xarsang siljib, g‘orni to‘sib qo‘ydi. Shunda ular o‘zaro: «Sizlarga
bu xarsangdan faqatgina solih amallaringiz bilan Allohga iltijo qilmog‘ingizgina najot
beradi, xolos», deyishdi.
Ulardan birlari: «Mening qari ota-onam bor edi. Men bolalarim va ahlimdan ham oldin
ularni (taom, sharob) ila siylar edim», dedi...» Hadisni davom ettirib, «...bularning
hammalari solih amallarini zikr qilib, «Allohim, agar mana shuni Sening roziliging
talabida qilgan bo‘lsam, bizdan buni ochgin», deyishdi. Har birlari iltijo qilishganda,
xarsang oz-ozdan ochildi-da, uchinchilari iltijo qilganda, hammasi ochilib ketdi. Bas, ular
yurib chiqib ketishdi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Qozi Husayn va boshqalar istisqo namozi haqida quyidagi ma’noda so‘z zikr qilib,
qiyinchilikka tushib qolgan kishi solih amallari bilan duo qilishiga mana shu hadisni dalil
qilib keltirishgan. Lekin bu haqda boshqacha so‘z aytganlar ham bor. Chunki bunday
qilishda Alloh taologa mutlaq ehtiyojmandligini tark qilishdan bir ko‘rinish mavjud.
Duoda talab qilinadigan narsa o‘zini ehtiyojli, faqirona qilib ko‘rsatishdir. Lekin
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu voqeani keltirishlaridan maqsad ularni
maqtashdir. Bu zikr qilishlari ularning to‘g‘ri amal qilganlariga dalildir.
Fasl: Duo haqida salaflardan kelgan xabarlarning eng yaxshisi Avzo’iydan (r.a.) qilingan
quyidagi hikoyadir: «Kishilar suv talab qilib chiqishdi. Bilol ibn Sa’d o‘rinlaridan turib,
Allohga hamdu-sano aytib, so‘ngra «Ey hozir bo‘lganlar jamoasi! Yomonlik bo‘lishiga
iqror bo‘luvchi emasmisizlar?» deganlarida, ular: «Ha, iqror bo‘luvchimiz», deyishdi.
Bas, u zot: «Allohim, biz Sendan