www.ziyouz.com kutubxonasi
286
xohlaganini qilsa ham hokisorlikni izhor qilib turishdir, deganlar.
Imom Abu Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitobida duo odoblari o‘ntadir, dedilar.
Birinchisi: arafa kuni, ramazon oyi, juma kuni, kecha oxirining uchdan biri, sahar vaqti
kabi sharafli paytlarni (duo qilish uchun) kutmoq.
Ikkinchisi: sajda holati, ikki tomon askarlari yo‘liqqanda, yomg‘ir yog‘ayotganda, namoz
qoim qilinganda va namozdan keyin kabi sharafli holatlarni duo qilish g‘animat bilish.
Imom Navaviy: «qalb yumshaganda ham», dedilar.
Uchinchisi: qiblaga yuzlanish, ikki ko‘lni ko‘tarish va ikkisini duoning oxirida yuziga
surish.
To‘rtinchisi: maxfiy va jahriy orasida ovozni pastlatish.
Beshinchisi: duoni qofiya bilan qilmaslik. Uni duodagi haddan oshish, deb tafsir
qilishgan. Eng yaxshisi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ma’sur bo‘lgan duolar
bilan kifoyalanishlikdir. Kimki duoni yaxshi qilsa, bas, uning haddan oshish xavfi bor.
Ba’zilar xo‘rlik va ehtiyojmandlik tili bilan duo qil, fasohat va erkinlik bilan duo qilma,
deyishgan. Albatta ulamo va abdollar (chiltanlar) duoni yetti kalimadan oshirishmaydi.
Bu haqda Alloh taoloning Uzi Baqara surasining 286-oyati oxirigacha o‘sha (ettitasi
bilan) guvohlik beradi:
«Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama...... Alloh taolo biror o‘rinda bandalari bundan ko‘p
duo qilganlarining
xabarini bermagan.
Ammo Imom Navaviyning fikrlaricha, yetti kalimadan ziyoda qilishning karohiyati yo‘q.
Balki mutlaq holda duoni ko‘paytirish mustahabdir. Masalan, Ibrohim surasining 35-
oyatida
«Ibrohim aytgan edi: «Parvardigorim, bu shaharni (ya’ni, Makkani) tinch shahar qilgin», deb aytgan (ya’ni, yetti kalimadan ziyoda qilgan.)
Oltinchisi: xuzu’, tazarru’ va qo‘rqish. Alloh taolo bu haqda: