Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob. Quyosh ko’tarilganda aytiladigan zikrlar



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

54-bob. Quyosh ko’tarilganda aytiladigan zikrlar
209/1. Amr ibn Abasa (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Quyosh 
ko’tarilganida xalq qilingan narsalarning barchasi Allohga hamd va tasbih aytadi. 
Faqatgina shayton va odam bolalarining a’tolari bundoq qilmaydi», dedilar. Men: «Ey 
Rasululloh, odam bolalarining a’tolari kim?» deb so’radim. U zot: «Xalqning eng 
yomonlari», deb javob berdilar». Ibn Sunniy rivoyatlari 
55-bob. Quyosh zavolga ketganidan keyin asrgacha bo’lgan vaqt orasida 
aytiladigan zikrlar
210/1. Abdulloh ibn Soibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
quyosh zavolga og’ganidan keyin peshindan oldin to’rt rak’at namoz o’qir va: «Bu bir 
soatki, unda osmon eshiklari ochiladi. Men uchun solih amallarim ana shu soatda 
ko’tarilishini yaxshi ko’raman», der edilar. Termiziy rivoyatlari 
G‘ofir surasining 55-oyatidagi Allohning:
«Vasabbih bihamdi robbika bil ‘ashiyyi val`ibkar» 
(Quyosh og’ganida va kechqurun 
Rabbingizga hamd aytish ila (Uni) poklang),
degan so’ziga binoan peshindan keyin 
zikrni ko’paytirish mustahabdir. Tilshunoslar «al-’ashiyyi» so’zini «quyosh zavolga 
ketganidan to botgungacha bo’lgan payt», deb aytishadi. Arablarda ham undan quyosh 
zavolga ketganidan to botgungacha bo’lgan fursat tushuniladi. 
56-bob. Asrdan keyin quyosh botgungacha bo’lgan fursatda aytiladigan zikrlar
Bu vaqtda ham zikrlarni ko’paytirish mustahabdir. Salaf va xalaf ulamolari oyatdagi 
«solatul vusto»--«o’rta namoz»
ni asr namozi deb ittifoq qilishgan. Allohning:
«Quyosh chiqishidan oldin va botishidan avval Parvardigoringizga hamd aytish 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
60
ila (Uni) poklab yod eting»
(Toha surasi, 130-oyat), degan so’zi ham ushbu 
so’zimizga dalil bo’ladi. Bu boradagi oyatlar juda ko’p: 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin