www.ziyouz.com kutubxonasi
76
63. Hayy. Tirik. U hamisha tirikdir, U o’lmaydi. Ya’ni, Allohning hayoti abadiydir, o’lim ila yo’q
bo’lmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliy, oldin yo’q bo’lgan emas. Yagona Allohning
tirikligi o’zigagina xos alohida hayot bo’lib, bandalar hayotiga o’xshash boshqa
masdardan berilgan emas. Bu hayot azaliy va abadiydir. Ibtidosi ham, intihosi ham yo’q.
Allohning tirikligi hech bir jihatda bandalarning hayotiga o’xshamaydi.
64. Qayyum. O’zi qoyim bo’lgan va boshqalarni qoyim qilgan zot. Allohning «qayyum»lik sifati ma’nosi
Alloh taboraka va taoloning har bir narsa ustida turuvchi ekani va har bir turuvchi narsa
Uning sababidangina turishini anglatadi. Shu bilan Allohning qoyimligi boshqanikiga
o’xshamaydi va doimiydir.
65. Vojid. Topuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni to’sa olmaydi.
66. Mojid. Ulug’lik va sharaf sohibi.
67. Vohid. Yagona, bitta. U zot zotida ham, sifatlarida, ishlarida ham yagonadir.
68. Somad. Somad sifati ko’p ma’nolarni o’z ichiga oladi:
itoat qilingan, ulug’, Usiz hech bir ish bitmaydi;
hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga
tushadi;
butun maxluqot bitib tugasa ham, o’zi doim boqiydir va
hokazo.
69. Qodir. Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. Har bir ish unga osondir. Alloh
taolo azaldan har bir narsaga qodirdir. Agar azaldan qodir bo’lmasa, qachon va qandoq
qilib, har bir narsaga qodir bo’la oladi.
70. Muqtadir. Juda ham qudratli.
71. Muqaddim. Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlagan shaxs va narsasidan
oldinga suradi.
72. Muaxxir. Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani, xohlagan shaxs va narsasidan
orqaga suradi.
73. Avval. U hamma narsadan avval, ya’ni, barcha mavjudotlar yo’qligida Alloh bor edi.
Mavjudotlarni «Avval» sifatiga ega bo’lgan Alloh yaratdi. Ya’ni, Allohning vujudga