Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
87
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA SALOVOT AYTISH KITOBI
Alloh taolo Ahzob surasining 56-oyatida:
«Albatta, Alloh va Uning farishtalari payg’ambarga salovot ayturlar. Ey iymon
keltirganlar, sizlar ham u zotga salovot va salom aytinglar!»
deydi.
72-bob. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish
291/1. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kim menga salovot aytsa, Alloh taolo unga o’nta salovot aytadi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari
292/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim
menga
bitta salovot aytsa, Alloh taolo unga o’nta salovot aytadi», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari
293/3. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Qiyomat kuni menga eng yaqin bo’ladigan kishilar menga ko’p salovot
aytadiganlardir», dedilar. Termiziy rivoyatlari
294/4. Avs ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kunlaringizning eng yaxshisi juma kunidir. Ana shu kunda menga salovotni
ko’paytiringlar. Chunki menga shu kuni salovotlaringiz ko’rsatiladi», dedilar. Shunda
sahobalar: «Ey Rasululloh, sizning
suyaklaringiz chirib ketsa, qanday qilib ko’rsatiladi?»
deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo payg’ambarlarning
jasadlarini yeyishni yerga harom qildi», dedilar. Abu Dovud, Nasoiy va Ibn Mojalar
rivoyati
295/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Qabrimni bayram o’tkaziladigan joy qilib olmanglar. Balki menga salovot aytinglar.
Qaerda bo’lsanglar ham, menga salovotlaringiz yetib keladi», dedilar. Abu Dovud
rivoyatlari
296/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Biror
kishi menga salom aytsa, Alloh taolo ruhimni menga qaytaradi. Men salom aytgan
kishiga alik olaman», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari
Dostları ilə paylaş: