O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/81
tarix08.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#131420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi (1)

Tayanch so‘z va iboralar:
marketing, reklama, reklamaning maqsadi, 
reklamaning vazifalari, reklamaning turlari, reklamaning ta'sir qilish omillari, 
reklamaning ifoda etish omillari, to‘g‘ri reklama, reklama agentligi, maqsadli 
bozor, reklama faoliyatining psixologik tuzilishi, reklama faoliyatining ijodiy 
strategiyasi 
Nazorat savollari: 
1.
 
Reklama so‘zining ma'nosi nima ? 
2.
 
Reklama mahsulotlari tayyorlashning tarixiy ildizlari haqida nimalarni 
bilasiz? 
3.
 
Ilk reklama qachon va qaerda paydo bo‘ldi?
4.
 
Reklama bilan bog‘liq olimlarni qarashlarini aytib bering? 


5.
 
Qadimgi sharqda reklama qanday bo‘lgan?
 
 
IJTIMOIY MADANIY FAOLIYAT SOHASIDA REKLAMA VA UNING 
JAMIYATDAGI O’RNI 
Reja: 
1.
 
Reklamaning jamiyat hayotida tutgan o‘rni 
2.
 
Reklama maqsad va vazifalari
 
Reklamaning jamiyat hayotida tutgan o‘rni. 
Reklamaning sodda ko‘rinishlari 
eramizdan avvalgi asrlarga borib taqaladi. Reklamalar dastlab og‘zaki tarzda 
namoyon bo‘lib, chaqiriq, baqiriq, jalb qilish ko‘rinishida bo‘lgan. Jumladan, 
qadimiy Sharqda ham reklama dastlab juda tushunarli va kerakli ko‘rinishda 
og‘zaki tarzda amalga oshirilgan. Sharq bozorlaridagi «Obqoling, kebqoling», 
«olganlar darmonda, olmaganlar armonda» qabilidagi iboralar ota-
bobolarimizning reklamadan yaxshi foydalanganliklariga dalil bo‘ladi. Oldi-sotti 
ishlarida molning kamchiligini aytib sotish, torozidun urmaslikka, odob-axloq
halollikka rioya qilish ajdodlarimizdan o‘tgan ma'naviy qadriyat ekanligini 
ta'kidlash joiz. 
XX asrda yevropadagi yirik korxona va idoralar o‘zlari ishlab chiqarayotgan 
mahsulotlarni reklama firmalari va agentliklari orqali targ‘ib qila boshladilar. 
Reklama ishbilarmonlarining eng asosiy va birinchi ish qurollari, yutuqlarining 
garovigina bo‘lib qolmay, o‘sha firma tashkilotining yuzini ochib beradigan keng 
targ‘ibot vositasi ham bo‘lib qoldi. 
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda vatanimizda yuzdan ortiq milliy 
va xorijiy reklama agentliklari yuksak bosmaxona bazasi va tadqiqot markazlari 
yordamida faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Uzoq tarixiy tajriba asosida sifat o‘zgarishlariga erishiladi. Bu yo‘l oddiy 
axborot tarqatishdan boshlanib unga nisbatan shartli reflekslarning paydo bo‘lishi, 
axborotni o‘ziga singdirish, ongli ravishda unga munosabat uyg‘otishgacha 
bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin