O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Hukm 
Xulosa chiqarish 
Tushuncha 
 
Mavjud tasavvurlar asosida 
yangi obrazlar tizimini 
tashkil qilish 
тафаккурн
инг 
маҳсулдор
лиги 
 
Xayolning 
mahsuldorligi 
XISSIYOT VA 
EMOTSIYA 
SINTEZ 
ANALIZ 
TAQQOSLASH 
UMUMLASHTIRISH 
Tipiklashtirish 
 
Agglyutinasiya 
Giperbolizasiya 
 
Sxemalashtirish 
Sxemalashtirish
 
Sxemalashtirish 
 
A
m
a
li
y
 f
a
o
li
y
a

muammoli vaziyat 
ANIQANMAG
AN 
МУАММОЛИ 
ВАЗИЯТ
 
TAFAKKUR 
Xayol 

Е 


А 

В



Е 




А 
B
Б 

Е 
D
Д 

Е 

G


А 

А 
V
В 

B
Б 


195 
ho’shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta'rifdan ko’rinib turibdi. Analiz aqliy 
bo’lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi 
o’z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bo’g’in, bo’g’inlardan so’z, 
so’zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi.
Analiz va sintez o’zaro bevosita mustahkam bog’langan yagona jarayonning 
ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo’lsa, uni sintez qilib 
bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida 
amalga oshirilishi lozim. 
Taqqoslash 
- shunday bir tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya vositasi 
bilan ob'ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshashligi va bir-
biridan farqi aniqlanadi. 
XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni 
borasida quyidagilarni ta'kidlagan: "Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib 
olishni istasangiz, uning o’ziga juda o’xshash bo’lgan narsalardan tafovutini 
topingiz va uning o’zida juda uzoq bo’lgan narsalar bilan o’xshashligini topingiz. 
Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu 
narsani tushunib olasiz".
Narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqni, teng yoki 
tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat bo’lgan fikr yuritish 
operasiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi bo’lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz 
taqqoslashning ta'limdagi roli to’g’risida shunday fikrlarni bildirgan edi. 
Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. 
Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab ko’rish yo’li bilan bila olmasak, 
boshqa yo’l bilan bila olmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va 
farqini bilib olishimiz mumkin bo’lmagan biron bir narsaga duch kelganimizda edi, 
u holda biz shu narsa to’g’risida hech qanday fikr qila olmagan bo’lar edik. 
Taqqoslash operasiyasi ikki xil yo’l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy 
aniq narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlarni va 
narsalarni ongda fikran taqqoslash. Agar odam ikki boylam yukni qo’l bilan 
ko’tarib, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor 
qosildorligini taqqoslasa, bu amaliy taqqoslash bo’ladi. Shuningdek, o’quvchilar 
ikki qalam yoki ikki sterjenning uchini yog’ochga yoki qog’ozga solishtirsalar, u 
analogik holatga misol bo’la oladi. Bundan tashqari metr bilan masofani, tarozi 
bilan og’irlikni, termometr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini 
o’lchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi. 
Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning barchasini bevosita aks 
ettirish, qo’l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan to’planadigan 
bilimlarning aksariyati qo’l bilan ushlash, ko’z bilan kuzatish evaziga emas, balki 
fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglaniladi. Ular o’rtasida o’xshash va farqli 
alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson 
olayotgan keng ko’lamdagi axborotlar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab 
yetadi. Jumladan, o’quvchilar dilda o’ylayotgan narsalarni fikran solishtirib 
ko’radilar. Ba'zan turli yoshdagi kishilar o’z tengdoshlari xarakterida, qiziqishida, 
yurish turishida, muomalasida va boshqa xususiyatida o’xshashlik va tafovut 
borligini topadilar. 


196 
Abstraksiya 
- shunday fikr tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya yordami 
bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, 
ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi darajali 
xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz. 
Mazkur jarayonni quyidagi sxemada ham ko’rishimiz mumkin

Abstraksiya jarayonida ob'ektdan ajratib olingan belgi, alomatning o’zi 
tafakkurning mustaqil ob'ekti bo’lib qoladi. Abstraksiya operasiyasi tahlil 
natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning 
faqat bir belgisini, ya'ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to’g’risida emas, 
balki devorning og’ligi to’g’risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish 
mumkin. Kishilar quyosh, oy, yulduz, elektr, olov ba'zi planetalar, ayrim tosh va 
hokazolarning ko’z o’ngilarida yoritishni kuzata turib ularning bitta umumiy 
belgisini, ya'ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish to’g’risida mulohaza 
yuritiladi. 
Buyumlarni narsa va hodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan 
taqqoslash paytida ham abstraksiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va 
hodisalarning mavjud belgilariga, masalan tusiga, shakliga, tezligiga, og’irligiga, 
qiymatiga va shu kabi o’xshash sifatlarga qarab taqqoslanadi.
Abstraksiya operasiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual jihatdan 
intensiv rivojlanishiga olib keladi, shuningdek mustaqil bilim olish faoliyatini 
takomillashtiradi. 
Umumlashtirish
- tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, o’xshash 
muhim belgilarning shu narsalar to’g’risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda 
birlashtirish demakdir. Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo’yicha yagona 
yo’nalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni 
turlicha talqin qiladilar, goho uni guruhlarga bo’lib o’rganadilar. Shuningdek, 
maktab ta'limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish to’g’risida 
olimlar turlicha nuqtai nazardan yondashadilar. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin