O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

S.L.Rubinshteyn, V.V.Davidov
tomonidan ta'limda nazariy jihatdan umumlashtirish usulini yoqlab chiqsalar, 
N.A.Menchinskaya, D.N.Bogoyavlenskiylar
ham nazariy, ham amaliy usulni 
АB 
VG 
АB
В 
DJ 
AV 
ZI 
АV
 
КL 
АV
 
ZI 
КL 
VG 
DJ 


197 
qo’llashni tavsiya etmoqdalar. Ammo o’quv faoliyatining turli-tumanligi dars 
jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqazo qiladi. 
Psixologiyada umumlashtirishning keng qo’llaniladigan ikki turi: 
tushunchali umumlashtirish va hisssiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko’proq 
fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar ob'ektiv muhim belgi 
asosida umumlashtiriladi. hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar 
topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto’g’ri
umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha 
ta'kidlab kelmoqdalar. O’quvchi va talaba ba'zan predmetlarni muhim bo’lmagan 
belgisiga asoslanib noto’g’ri umumlashtiradilar, vaholanki, topshiriq shartida bu 
talab ular oldiga mutlaqo qo’yilmaydi. Lekin bu nazariyaning qimoyachilari 
noto’g’ri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilar.
Umumlashtirish, abstraksiyalash operasiyasidan ajralgan holda sodir 
bo’lmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraksiyalash jarayoni yotadi. 
Umumlashtirish jarayoni abstraksiyasiz mavjud bo’lishi mumkin, lekin 
abstraksiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. Agar 
abstraksiyalash faoliyatida narsa va hodisalarning o’xshash hamda muhim belgilari 
tasodif belgilardan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib olingan 
o’xshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va hodisalar 
birlashtiriladi. 
Umumlashtirish jarayoni so’z ta'sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar 
tizimiga asoslanadi. Akademik 
I.P.Pavlov
fikricha, nutq signallari tufayli nerv 
faoliyatining yangi tamoyili abstraksiyalash va shu bilan birga oldingi tizimning 
behisob signallarini umumlashtirish vujudga keladiki, bunda ham o’z navbatida 
ana shu umumlashtirilgan yangi signallar tag’in analiz va sintez qilinaveradi. Fikr 
yuritishning umumlashtirish operasiyasi har xil asoslarga ko’ra turlarga bo’lib 
o’rganiladi. Umumlashtirishni mazmuniga ko’ra tushunchali umumlashtirish va 
yaqqol-ko’rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. 
Tushunchali umumlashtirish orqali ob'ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari 
bo’yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar umumlashtirilib, 
ob'ektiv 
qonuniyatlarni 
ochish 
mumkin 
bo’ladi. 
Yaqqol-ko’rgazmali 
umumlashtirishda narsa va hodisalar tashqi hamda yaqqol belgilar bo’yicha 
umumlashtiriladi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin