O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Hukmlar sifatiga ko’ra
: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm;

Hukmlarning miqdoriga qarab
: yakka, juz'iy, xususiy va umumiy hukmga; 

Hukmlarning munosabatiga ko’ra
: shartli, ayruvchi, va qat'iy hukmlarga; 

Hukm taxminiy ko’rinishga ega bo’lishi ham mumkin.
Bu hukmda aks ettiriladigan narsa va hodisalar belgisining nechog’lik muhim 
bo’lishiga yoki voqelikka mos kelish-kelmasligiga bog’liq. Masalan, ertaga 
yomg’ir yog’ishi mumkin. Paxta rejasi to’lib qolsa kerak. 
Hukmlarda tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsalar, hodisalar, alomatlar 
hukmning mazmunini tashkil qiladi. Narsa bilan belgining aloqasi bog’liqligi 
borligi aks ettirilgan hukm 
tasdiqlovchi hukm
deb ataladi. Masalan, 
O’zbekistonda pilla yetishtirilmaydi. Toshkentda oliy maktablar qurilmagan. 
Voqelikda ajratilgan narsa inkor qiluvchi hukmda fikran ajratilishi mumkin. 
Yakka, yolg’iz narsa va hodisa to’g’risidagi hukm 
yakka hukm 
deb ataladi. 
Masalan, Toshkent - O’zbekiston Respublikasi poytaxtidir; Amudaryo sersuv 
daryolardan biridir. 
Belgining biror turkumigagina taalluqliligini tasdiqlovchi 
yoki inkor qiluvchi hukm 
juz'iy hukm
deb ataladi. Masalan, ba'zi metallar elektr 
tokini o’tkazmaydilar. qarzdor talabalar sessiyaga qo’yilmaydi. Jamoaning ayrim 
brigadalari majburiyatga yarasha mehnat qilmaydilar. Bir turkumdagi narsa va 
hodisalarning hammasi to’g’risida tasdiqlab, yoki inkor qilib aytilgan hukm 
umumiy hukm
deb ataladi. hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan 
sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm 
shartli hukm
deb ataladi. 
Masalan, agar talaba sessiyalarga qunt bilan puxta tayyorlansa, u yaxshi va a'lo 
baholar oladi. Agar o’quvchi darsga diqqat qilmasa, yangi materialni o’zlashtira 
olmaydi. hukmda narsalar va hodisalar bir necha belgiga nisbatan berilib, shu 
belgilardan farqi bitta unga tegishli bo’lsa, bunday hukmga 
ayruvchi hukm
deb 
ataladi. Masalan, jismlar yo qattiq, yoki suyuq, yoki gazsimon holda bo’ladi. 
Narsa bilan belgi o’rtasidagi aloqaning bor yoki yo’qligi qat'iy shaklda aks 
ettirilsa qat'iy hukm deb ataladi. Masalan, bahorda barcha joylarda 
ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Yonish kimyoviy jarayondir. 
Narsa va hodisalar bilan ularning xususiyatlari o’rtasida aloqa bo’lishi 
ehtimoli faqat faraz qilinsa, u holda inson o’z fikrlarini quyidagi shaklda ifoda 


200 
qilishi mumkin. Ehtimol, Marsda organik hayot bordir. XXI asrning oxirlarida fan-
texnika yanada rivojlanib, taraqqiy etishi mumkin va boshqalar. Bunday hukmlar 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin