202
mavjud bo’ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda bo’lgan ko’p narsa va hodisalar
gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yulduz, talaba va boshqalar.
To’planma tushunchalar bir jinsda bo’lgan narsa va hodisalar to’plami
haqida yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan, paxtazor, kutubxona,
yig’ilish va hokazolar. To’planma tushunchalarning bir qanchasi birdaniga tatbiq
qilinganda umumiy to’planma tushunchalar bo’ladi. Masalan, Alisher Navoiy
nomidagi Davlat Muzeyi tushunchasi, yakka to’planma tushunchaga oiddir. Guruh,
jamoa, xalq, millat va boshqalar, umumiy to’planma tushunchasiga misol bo’la
oladi. Yetti og’ayni yulduzlar to’plami, Hamza teatri jamoasi, Paxtakor futbol
jamoasi kabilar yakka to’planma tushunchalar jumlasiga kiradi.
Fikr yuritishda tushuncha bilan so’z o’zaro bog’liq ravishda namoyon
bo’ladi. Bir tomondan so’z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikkinchi
tomondan so’z tushunchaning moddiy asosi va funksiyasini bajaradi. Tushunchalar
bir yoki undan ortiq so’zlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, xalq degan
tushuncha bir so’zdan, o’zbek xalqi ikki so’zdan qahramon o’zbek xalqi uch
so’zdan, ozodlik uchun kurashayotgan xalqlar, degan tushuncha to’rt so’zdan
tashkil topgan.
Tushunchalar fikr yuritishning asosiy jarayonlari, ya'ni klassifikasiyalash,
umumlashtirish va abstraksiyalash yordami bilan vujudga keladi. So’zlar, belgilar,
simvollar, atamalar tafakkur jarayonida tushunchalarning mazmunini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: