O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

ehtimollik hukmlari
deb ataladi. Narsalar bilan xususiyatlar o’rtasidagi aloqani 
taxminan emas, balki haqiqatdan aniq bilganimizda biz o’z fikrimizni mana 
bunday shaklda izhor qilamiz. Fakultet kutubxonasida ko’p yangi kitoblar mavjud. 
Maktabimizdagi kimyo xonasi juda yaxshi uskunalar bilan jihozlangan. Bunday 
hukmlar 
voqelik (assertorlik) hukmlari
deb ataladi.
Hukmning shunday yuqori shakli borki, unda faqat haqiqatda bo’lgan voqea 
qayd qilinmasdan, balki narsa bilan xususiyatning aloqasi qonuniy ekanligi aniqlab 
beriladi. Masalan, butun dunyoda tinchlik g’alaba qozonishi muqarrar, sezgilarning 
intensivligi qo’zg’atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Bunday hukmlar 
zaruriy (apodiktik) hukmlar
deb ataladi. Bunday hukmlarda inson narsa, 
voqelik, hodisa bilan uning xususiyati o’rtasida mustahkam bog’lanish borligini va 
bu bog’lanishga zid keladigan boshqa bir holning bo’lishi aslo mumkin emasligini 
aks ettiradi. Psixologiyada hukmlar ikkita asosiy yo’l bilan hosil qilinishi ta'kidlab 
o’tiladi. Birinchi yo’l bilan hukm hosil qilinganda idrok qilish zarur bo’lgan 
narsalarning bevosita o’zi ifodalanadi. Ikkinchi yo’l bilan esa bevosita mulohaza 
yuritish yordami bilan hukm amalga oshiriladi. Masalan, bu avtomobilning yangi 
modeli. Mazkur misolda hukm chiqarishning birlamchi yo’li aks ettirilgan. 
Dastavval olimlar kashfiyot yoki ijodiy jarayonda nazariy jihatdan mulohaza 
yuritish yordamida hukm chiqaradilar. Ular chiqaradigan hukmning to’g’riligi 
amaliyotda keyinchalik tasdiqlanadi. Bu ikkinchi yo’l bilan hukm chiqarishga 
misoldir. 
Xulosa chiqarish 
Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog’lanishi natijasida hosil bo’lgan yangi 
hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. 
Xulosa chiqarish
shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq 
hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan, har qanday harakat materiya 
harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki 
hukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi hukm chiqariladi. 
Bunda birinchi hukm hamisha umumiy hukm bo’lib, ikkinchi hukm yakka hukm 
bo’ladi. 
Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, mulohaza yuritish ham xulosa 
chiqarish ham voqelikni bevosita bilishning asosiy shakli sifatida namoyon bo’lgan 
oldingi ikki hukmga asoslanib, uchinchi hukm chiqariladi. Mazkur xulosani 
bevosita tekshirib ko’rishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Shu sababdan xulosa 
chiqarishda fikr o’rtasidagi shunday bog’lanish natijasida bir yoki undan ortiq 
hukmlardan uchinchi hukm keltirib chiqariladi. 
Xulosa chiqarish uch turga bo’linadi: 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin