O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə364/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

2. "Fikrlovchi tip"
uchun mavhumlarning, mantiqiy tizimlarning, nazariy 
mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir. 
Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqlning 
yengilmasligini bildirmaydi, lekin bu o’rinda gap psixika obrazli jabhalarini 
fikrlovchi tomonlari ustidan nisbatan ustuvorligi haqida beradi. Biroq shuni 
ta'kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar tizimidan ustunlik qiladi va bu 
ustuvorlik mutloqlik xususiyatiga egadir. Ma'lumki, insonlarning hayot va 
faoliyatlarida til bilan tafakkurning o’rni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, shaxs 
tomonidan borliqning aks ettirish jarayoni so’zlar, fikrlov vositasida ro’yobga 
chiqariladi.
Qobiliyatlarning tabiiy asoslari 
Odatda qobiliyatlar insonga shaxsning barcha individual psixologik 
xususiyatlari kabi tabiat tomonidan tug’ma ravishda tayyor holda berilmaydi. Balki 
hayot davomida va faoliyat jarayonida shakllanadi. Ilmiy psixologiya 
qobiliyatlarning tug’maligi nazariyasini inkor etib shaxs qobiliyatlarining 


321 
noma'lum tabiiy omillar tomonidan azaliy belgilanishi to’g’risidagi tasavvurlarga 
qarshi zarba beradi.
Qobiliyatning tug’maligini inkor qilish absolyut tabiatga ega emas. 
Psixologiyada qobiliyatning tug’ma ekanligini tan olinmas ekan, bu bilan miyaning 
tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan differensial xususiyatlarning tug’maligini inkor 
qilmaydi. Qobiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon 
bo’ladigan miya tuzilishining sezgi a'zolariga va funksional xususiyatlariga layoqat 
deb ataladi. Layoqat ko’p qirralidir. Shaxs tomonidan qo’yilgan talablarning 
tabiatiga bog’liq ravishda aynan bir xil layoqatlar asosida har xil qobiliyatlar 
rivojlanishi mumkin.
F.A.Gallning
fikricha, odamning hamma qobiliyatlari "aql" va "qobiliyat" 
sifatlari miya yarim sharlarida o’zining maxsus qat'iy markazlariga ega, ya'ni bu 
sifatlarning taraqqiyot darajasi miya tegishli qismlarining miqdoriga to’g’ridan-
to’g’ri bog’liqdir. Shuning uchun odamning kalla suyagiga bir qarash yoki 
boshidagi do’mboqchalarni shunchaki paypaslab ko’rish orqali go’yo odamning 
qobiliyatlarini aniqlasa bo’ladi. Layoqatning miya miqdori, massasi va og’irligiga 
bog’liqligi haqidagi faraz ham bekor qilingan. Katta yoshdagi odam miyasining 
o’rtacha og’irligi 1400 grammga yaqin bo’ladi. U.S. Turgenev miyasining og’irligi 
2001 gramm, D.G Bayronniki 1800 grammni, mashhur ximik Yu.Libixniki 1360 
grammni, yozuvchi Afransniki 1017 gramni tashkil qilgan. Eng katta miya aqliy 
jihatdan nuqsoni bor odamga taalluqli ekanligi aniqlangan. 
1675 yilda 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin