206
Xayol
- mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik
aks ettirish jarayonlaridan biri.
U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol va tasavvur
xayol turlariga ajraladi.
Xayolparast -
(yunon. phantasia - tasavvur, xayol)
kishining voqea,
dalillarini asta-sekin buzib, ularni o‟z xohishiga qarab fikr-xayoliga moslab
tasvirlab berishi.
Eksperiment metodi
– yangi psixologik bilimga ega bo‟lish uchun obyektiv
tarzda ilmiy bilishning asosiy vositasi. U laboratoriya
va tabiiy eksperiment
metodlarga bo‟linadi.
Empirik metod -
(yunon. emperia - tajriba, methodos - tadqiqot)
tekshiriluvchi haqidagi ma‟lumotlarni
tajribaga asoslanib, amaliy tajribalar bilan
aniqlash usuli.
Eksteroretseptiv sezgilar
– tashqi olamdagi narsa
va hodisalarning turli
xususiyatlari haqida darak beruvchi, tana sirtida joylashgan retseptorlar, sezgilar.
Masalan: ko‟rish, eshitish, hid va ta‟m bilishdan iborat tashqi sezgilar.
Esga olib qolish -
yangi qabul qilingan ma‟lumotlarni oldin egallangan bilim
va tajribalar bilan bog‟langan holda esda saqlashga qaratilgan psixik faoliyat.
Esga tushirish
– o‟tmishda idrok qilinganlarni (narsa, his-tuyg‟u, fikr, ish,
xatti-harakat) ongimizda qayta tiklashdir. Xotira jarayonlaridan biri.
Dostları ilə paylaş: