Sotsiometriya usuli – o‟zaro munosabatlari va psixologik moslashuvini
aniqlash, guruh, jamoani shaxslararo munosabatlarini psixologik tekshirish va
tahlil qilish usuli. (J.Moreno).
Statistik metod - (lot. status-holat, yunon. methodos - tadqiqot) o‟tkazilgan
tadqiqot natijalarini miqdoriy hisoblab chiqish usuli.
Suhbat - psixologiyaning og‟zaki muloqot qilish yo‟li bilan to‟g‟ridan to‟g‟ri
yoki bevosita ma‟lumot olish jarayonidir. Suhbat yordamida shaxsning
qiziqishlarini, dunyoqarashini, e‟tiqodini, nutqiy xususiyatlarini va boshqa
sifatlarini o‟rganilishi mumkin.
Sezgilar – obyektiv reallik xossalarining ini‟kosi, ana shu xossalarning sezgi
organlariga ta‟siri va bosh miya nerv mexanizmlarini qo‟zg‟atishi natijasida
vujudga keladi. Sezgi - dunyoning bilishning boshlang‟ich nuqtasi. Sezgi turlari
har xil: tuyish, eshitish, silkinish, hid bilish va b. Sezgining sifat xususiyatlari
uning modalligi deyiladi.
Sezgi a‟zolari – sezuvchi nerv hujayralari va qo‟shimcha tuzilmalardan
tuzilgan ko‟rish, eshitish, gravitatsiya, hid bilish, ta‟m bilish a‟zolari.
Sezgi chegarasi - minimal kuchga ega bo‟lgan qo‟zg‟ovchining bilinar-
bilinmas ta‟sirini sezishning quyi chegarasi, eng yuqori kuchi ta‟sirni sezishi
(maksimal) yuqori chegarasi deyiladi.
Senzitivlik - (lot. sensus - hissiyot) sezgilarning turli xil ta‟sirotlarga nisbatan
kuchli va tez qo‟zg‟alishi.
Senzitiv yosh davrlari - bunda ma‟lum yosh davri, xos psixik xususiyat va
jarayonlar, yuqori darajada yaxshi hisoblanadi.
Sensibilizatsiya - (lot. sensibilis - sezuvchan, ta‟sirchan) ichki omillar
qo‟zg‟atgich ta‟sirida nerv analizatorlari sezgirligining oshishi.
Sentimentalizm - (fr. sentimentalisme - sezuvchanlik) sensor sezgirlikdan
farq qiluvchi haddan tashqari emotsional sezgirlik, narsa va hodisalarga o‟ta
emotsional munosabatda bo‟lishi.