rivoyat deyiladi. Rivoyatlar g`oyaviy-mavzuiy jihatdan rang–barang bo`lib, toponimik va
tarixiy rivoyat kabi turlarga ajratiladi.
Toponimik rivoyatlar yana aholi yashaydigan joylar nomining kelib chiqish
sabablarini izohlovchi oykonomik rivoyatlar; suv havzalari - daryo, ko`l, quduq,
soy, chashma, ariq nomining kelib chiqishi bilan bog`liq bo`lgan gidronomik
rivoyatlar; tog`u toshlar, tepaliklar, g`orlar, cho`llar to`g`risidagi oronomik
rivoyatlar; mozor, qabirston nomlari, ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolarning
nomi bilan bog`liq nekronomik rivoyatlar kabi ichki turkumlarga bo`linadi.
Toponmik rivoyatlarda muayyan jug`rofiy atamaning paydo bo`lishi aniq
faktlar va etnofol`kloriy detallar bilan tushuntiriladi, joy nomining vujudga kelish
sababi izohlanadi.
Tarixiy rivoyatlarda haqiqatda hayotda bo`lib o`tgan voqealar, yashab o`tgan
shaxslar to`g`risida so`z hritiladi. Atoqli va mashhur shaxslarning hayoti va
faoliyatini hikoya qilish orqali axloq va odobning ideal normalari tashviq etiladi.
Jumladan, To`maris, SHiroq kabi vatanparvarlar, Ibn Sino kabi buhk tabib,
Ulug`bek, Alisher Navoiy kabi olim va shoirlar, Mashrab singari ilohiy ishq
yo`liga kirgan oshiq, Amir Temur kabi jasoratli va dono hukmdor, Imom Ismoil
Buxoriy, xoja Ahmad YAssaviy, Abduxoliq G`ijduvoniy, Bahouddin Naqshband,
Najmiddin Kubro, Xoja Ahrori Valiy singari din va tasavvuf arboblari haqida
qator rivoyatlar yaratilganki, ularni xalq hamisha sevib tinglaydi.
Rivoyat hayotiy voqealarni badiiy uydirmalar vositasida hikoya qiluvchi,
realistik xarakterdagi og‘zaki ijod turlaridan bo‘lib, g‘oyaviy-tematik jihatdan
rang-barangdir. Rivoyatlar tarixiy voqealar va ayrim shaxslar bilan bog‘liq bo‘lgan
hodisalarni, ijtimoiy hayot va turmush, geografik joylar – sahro, ko‘l, cho‘l,
dengiz, shahar, qishloq, qal`a, Saroy va boshqalarning barpo bo‘lishi hamda
vayron qilinishi haqida hikoya qilishi mumkin. Mazkur hikoyalar u yoki bu
voqelik haqida xabar berish va uni tasdiqlash funktsiyasini bajaradi. Rivoyatlarda
lutf va nazokat, aql va tadbir, ishq va vafo, yaxshilik va odamiylik kabi ilg‘or
g‘oyalar jamiyatda uchragan zulm va zo‘rlik, haqsizlik va adovat singari illatlarga
qarshi qo‘yiladi. Rivoyatlarni ikki turkumga bo‘lish mumkin. Biri muayyan voqea
va tarixiy shaxslar bilan bog‘liq bo‘lgan rivoyatlar, ikkinchisi toponimik rivoyatlar.
Tarixiy rivoyatlar biror shaxs faoliyati va xalq qahramonlari bilan bog‘liq bo‘lgan
hodisalarni hikoya qiladi, axloq va odobning ideal normalarini tashviq etib,
muayyan faktlar haqida axborot beradi. Alisher Navoiy, Ulug‘bek, Ibn Sino,
Beruniy, Mashrab kabi olim va shoirlar, Amir Temur, Sulton Mahmud singari
tarixiy shaxslar haqida yaratilgan rivoyatlar shular jumlasidandir.