manbalardan «Avesto», «Tarixi Tabariy» hamda Abu Rayhon Beruniyning
«O‘tmish asrlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitobida, Firdavsiyning
«SHohnoma» asarida ko‘rish mumkin. Kayumars «Avesto»da,
asosan Gaya
Maretan, ba`zi o‘rinda esa Gaya Martan deb yuritildi. «G‘iyosul lug‘at»da esa
Kayumars Gavomard deb ko‘rsatiladi. Arxeolog S.P.Tolstovning fikricha,
Gavomardning ma`nosi inson-buqa. U Amudaryo bo‘yida yashagan. Bo‘yi
daryoning u beti bilan bu betiga etgan. Gavomard – Kayumars Xorazmda
yashagan.
Ushbu mifning Beruniy asaridagi bayoniga ko‘ra, Axrimanning yomon
qilmishlaridan xudo hayratda qoladi. Uning peshanasidan ter chiqadi.
Terni artib
tashlaganda, ter donasidan Kayumars tug‘iladi. Xudo Kayumarsni Axriman yoniga
jo‘natadi. Kayumars Axriman yoniga etib kelib, uning elkasiga minib oladi vash u
holda dunyoni aylana boshlaydi. Nihoyat, Axriman bir hiyla bilan Kayumarsni
elkasidan uloqtirib tashlaydi va uning ustiga minib olib eyajagini aytadi. Seni qaysi
tomoningdan eyay, deb so‘raydi Axriman. Oyoq tomonimdan, deb javob beradi
Kayumars, toki dunyo go‘zalligidan uzoqroq bahra olib turayin. Ammo Kayumars
Axrimanning u aytgan gapning teskarisini qilishini bilar edi. Axriman Kayumarsni
boshi tomonidan eya boshlaydi. Beliga etganda Kayumarsning urug‘donidan ikki
dona erga tushadi. Ulardan o‘simlik o‘sib chiqadi. O‘sha o‘simliklardan bir o‘g‘il,
bir qiz (Meshi va Meshona) paydo bo‘ladi.
Mifda Kayumars erda paydo bo‘lgan birinchi odam sifatida ta`riflangan.
Kayumars yaxshilik va ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi
haqidagi ibtidoiy
ishonchning obrazli ifodasidir.
Mifning qisqacha mazmuni quyidagicha: O‘tgan zamonda Nuh payg‘ambar
bo‘yi bulutga etadigan bir duradgor ustani chaqirib, kema yasab berishni so‘rabdi.
Bu odamning nomi Odami Od ekan. U nihoyatda baland bo‘yli, kuchli bo‘lib,
daryo va dengizda baliqni ushlab, quyosh issig‘iga tutib pishirib, eb keta berar
ekan. Odami Od Nuh payg‘ambarni elkasiga mindirib toqqa olib chiqibdi. Qaerda
baland daraxt bo‘lsa, kema uchun kesmoqchi bo‘libdi. Tog‘da to‘rtta katta chinor
bor ekan. U chinorlarni tomir-pomiri bilan sug‘urib olib, o‘z elkasiga ortib, ustiga
Nuh payg‘ambarni o‘tqazib, dengiz bo‘yiga ravona bo‘libdi. Odami Odning qorni
hech ovqatga to‘ymas ekan. Nonushtasiga bir hovuz suvga non to‘g‘rab er ekan.
Odami Od kemani bitiribdi. Hamma odamlarni kemaga solib, dengizga tushib, o‘zi
kemani torta ketipti.
Hikoyada Odami Od odamlar ajdodi birinchi
odam sifatida namoyon
bo‘lgan. Mazkur naqlda qadimgi inson dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan. Od so‘zi
tojik va fors tilida ulkan odam ma`nosini bildiradi. Binobarin, mifologik obraz
qadimiy urug‘lardan birining himoyachisi, homiysi bo‘lgan bo‘lishi kerak. Od
naqlda umumxalq manfaatini ko‘zlab ish tutadi. Nihoyatda ulkan va g‘ayri tabiiy
kuchga ega.
Demak, mazkur mif didaktik mazmun kasb etgan.
Umuman olganda, mif,
afsona, asotir, rivoyat va boshqa qadimgi asarlarda insoniyatni yaxshilikka
etaklash, ezgulik asosida tarbiyalash bosh mavzu qilib tanlanganligini ko‘ramiz.
Bir so‘z bilan aytganda, bu janrlar tom ma`nodagi didaktik masalalarni qamrab
olgan va asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelgan.
Hozir ham bu noyob
asarlar o‘z qimmati yo‘qotgan emas. Bu manbalar yozma adabiyotga ham kata
xizmat qilib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: