Samarqand davlat universiteti «O„zbek folklori»



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/66
tarix18.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#133067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
@iBooks Bot o‘zbek folklori

 afsona deyiladi.
Afsona professional ijrochilikka asoslanmaydi. Uni bilgan kishi o`zi istagan 
shaklda aytaveradi. Demak, afsona keng ommaviy ijro etiluvchi janrdir. Afsona sof 
axborot beruvchilik vazifasini bajaradi. U ko`pincha biror –bir voqea- hodisaga 
kishilarni ishontirish maqsadida aytiladi. SHuning uchun ko`pchilik afsonada 
bayon qilingan voqelikni haqiqat sifatida qabul qiladi. Aristotel` afsonalarni 
«Haqiqatdan xabar beruvchi yolg`on hikoyalardir» deb ko`rsatadi. 
Mifologik afsonalarda, asosan, er va osmon xudolari, homiy kuchlar, pirlar, 
avliyolarning g`ayritabiiy ishlari, insonlarga ko`magi, mifologik pahlavonlar, er 
hzida odamning paydo bo`lishi hakida hikoya qilinadi. Ularning epizodlarida 
islomga qadar amal qilgan qadimgi dinlarga aloqador talqinlar uchraydi. Ibtidoiy 
insonlarning dunyoqarashi, tasavvur-tushunchalari, diniy e`tiqodlari namoyon 
bo`ladi. 


Geneologik afsonalarda urug`–qabila, xalq va elatlarning kelib chiqishi va 
nomlanishi haqida hikoya qilinadi: «Laqay», «Do`rmon», «Qirg`iz» urug`larining 
kelib chiqishi haqidagi afsonalar shular jumlasiga kiradi.
Tarixiy voqea va tarixiy shaxslar haqidagi afsonalarlarda o`tmishda yashab 
o`tgan donno kishilarning sarguzashtlari, mo``jizakor ishlari, ajdodlarimizning 
bunyodkorlik faoliyati, shahar va qo`rg`onlarning barpo etilishi haqida hikoya 
qilinadi. Bunga Buxoro Arki, Xiva qal`asi, Minorai Kalon qurilishi haqidagi 
afsonalar misol bo`la oladi.
Kasb-hunarlar haqidagi afsonalarda u yoki bu kasb-hunarning kelib chiqishi, 
ularning piri haqida hikoya qilinadi. Aytaylik, bo`yoqchilik kasbining kelib
chiqishi Hazrati Ayhb, temirchilik kasbining kelib chiqishi Dovud payg`ambar 
nomi bilan bog`lab talqin qilingan afsonalar shu siraga kiradi.
Kichik hajmli, mazmunan sodda bayon va hikoyalar shaklida tashkil topgan 
afsonalar o‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi namunalaridan hisoblanadi. 
Afsonalar ijtimoiy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan voqea va hodisalarni xayoliy 
shaklda hikoya qiladi. Ular insoniyatning tabiat va jamiyat haqida bilish va 
tushunishga bo‘lgan intilishi jarayonida vujudga kelgan. SHuning uchun ham 
afsonalar ijtimoiy hayot va madaniyat, dunyoqarash va ruhiy kechinmalar, urf-odat 
va tarixiy hodisalardan darak beradi. 
Afsona forscha so‘z bo‘lib, fantastika, sehr-jodu hamda hayotiy uydirmalar 
asos bo‘lgan nasriy hikoyalar demakdir. Bu xildagi hikoyalar Mahmud 
Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida 
caw
so‘zi orqali ifodalangan bo‘lib, 
juda keng ma`noni bildiradi. Bu so‘z devonda hikoya hamda qissa deb izohlangan. 
Afsonalarni tematik jihatdan uch xil turga bo‘lib o‘rganish maqsadga 
muvofiq. Birinchisi – xayoliy voqea va xayoliy qahramonlar haqida hikoya 
qiluvchi afsonalar, ikkinchisi – tarixiy voqea va tarixiy shaxslar haqida hikoya 
qiluvchi afsonalar, uchinchisi jangnoma tipidagi afsonalar yoki qahramonlik 
afsonalari. 
Xayoliy voqea va xayoliy qahramonlar haqida hikoya qiluvchi afsonalar 
ibtidoiy dunyoqarash, u yoki bu kuchni muqaddas bilib, unga sig‘inish, e`tiqod 
qo‘yish hamda sevgi-sadoqat kabi kechinmalar ta`sirida paydo bo‘lgan 
«Devqal`a», «SHirin qiz», «Kalta minor», «Ilon buzgan» singari to‘qima afsonalar 
mazkur turkumga oiddir. Bu afsonalar O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan. 
Ular insonlarning beqiyos kuchi va go‘zalligini madh etadi. Bu afsonalar fantastik 
uydirmalar zaminida naql etilgan bo‘lib, syujeti ko‘proq xayoliy epizodlardan 
tashkil topadi va ma`lum bir tarixiy joylar, tepaliklar, qal`alar bilan bog‘liq 
ravishda hikoya qilinadi. Qoraqum sahrosida «YOrbakir», «SHirvon», «SHmaxa», 
«Xalaf» nomi bilan mashhur bo‘lgan qal`alarning xarobalari mavjud bo‘lib, ular 


«SHohsanam va G‘arib» afsonasi, «Devqal`a» esa, SHarqda mashhur bo‘lgan 
«Farhod va SHirin» afsonasi bilan bog‘lanadi. 
Rivoyatlar – voqelikni hayotiy uydirmalar asosida aks ettiruvchi, shjet 
tizimida mifologik obrazlar uchramaydigan, voqelik talqini hududiy –etnografik
lokallik kasb etishi bilan xarakterlanadigan, qadimiy asoslarga ega bo`lgan, xalq 
orasida keng ommalashgan fol`klor janridir. Ularda hayot voqeligi real aks 
ettiriladi. SHuning uchun o`zbek xalq og`zaki ijodining qadimiy, an`anaviy va 
keng tarqalgan janrlaridan biri bo`lgan va hayotiy voqelikni hayotiy uydirmalar 
orqali bayon etadigan, biror ma`lumot haqida tinglovchiga xabar berish maqsadida 
hikoya qilinadigan og`zaki nasriy asarlar

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin