bo’yicha sig’im rostlanuvchi kattalik qiymati va sig’im koeffitsiyentlarining
ko’paytmasiga teng.
S =
s.
(10.11)
Shunday qilib, sig’im o’lchovi modda yoki energiyaning ob’ektga
keltirilgan va ob’ekt chiqishining o’zgarishiga sarflangan miqdoridan iborat.
Ob’ektga biror miqdorda modda yoki energiya keltirishda ma’lum qarshiliklardan
o’tish kerak (qizitishda ob’ektga berilgan issiqlik
oqimi termik qarshilikka
uchraydi: apparatga suyuqlik keltirilgan oqim gidravlik qarshilikka uchraydi).
Qarshilik o’lchovi potensiallar farqining bir o’lchov birligiga teng bo’lgandagi
modda yoki energiyaning ob’ektga keltirilgan miqdoridan iborat. Ob’ektning
inersionligi uning sig’imi va qarshiligiga bog’liq. Sig’im va qarshilik qancha katta
bo’lsa, ob’ektning inersionligi shuncha katta bo’ladi. Inersionlik o’lchovi chiqish
kattaligining doimiy tezlik bilan o’zgarib, o’zining turg’unlashgan holatiga
yetguncha ketgan vaqtini ko’rsatuvchi vaqt doimiysidir.
Bir va ko’p sig’imli rostlanuvchi ob’ektlar mavjud. Bir sig’imli ob’ekt bitta
sig’im va bitta qarshilikdan iborat. Bunday ob’ektlarda moddiy yoki energetik
balansning buzilishi bir vaqtda rostlanuvchi ob’ektning har bir nuqtasidagi
rostlanuvchi kattalikning birlamchi o’zgarishiga olib keladi. Ko’p sig’imli
ob’ektlarda o’tish qarshiliklari bilan bo’lingan ikki yoki undan ko’proq sig’im
mavjud.
Bir sig’imli ob’ektlar – sathni rostlovchi apparatlar, ya’ni bosim yoki sarfni
saqlab turadigan truba. Sanoatda ko’p sig’imli ob’ektlar bir sig’imli ob’ektlardan
ancha ko’p ishlatiladi. Ko’p sig’imli ob’ektlarning
muvozanat holatida
rostlanuvchi kattalikning qiymati turli nuqtalarda turlicha bo’ladi, muvozanat
holati buzilganda esa u turli qonunlar bo’yicha turli vaqtlarda o’zgaradi. Oqib
kirish (uzatish) tomonidan sig’im va sarf (iste’mol) tomonidagi sig’imlar mavjud.
Yaqinlashish tomonidani sig’im rostlanuvchi kattalikka ijrochi mexanizmning
rostlovchi organi orqali ta’sir ko’rsatuvchi modda yoki energiyaning
tavsifnomalari bo’yicha aniqlanadi. Sarf tomonidagi sig’im rostlanuvchi muhit
tavsifnomalari orqali aniqlanadi. Ba’zan sig’imsiz ob’ekt tushunchasi uchraydi.
Bunda juda kichik sig’imli ob’ektlar nazarda tutiladi.
10.3. Ob’ektga ko’rsatiluvchi tashqi ta’sirlar.
Yuk – ob’ektga ko’rsatiladigan tashqi ta’sir. Bu ta’sirning qiymati apparatning
ish rejimi orqali aniqlanadi va texnologik ehtiyojlar uchun ob’ektdan
olinadigan
modda yoki energiya miqdorini ifodalaydi. Rostlanuvchi ob’ektdan modda yoki
energiya o’tishida apparat yukining (ishlab chiqarishi) o’zgarishi rostlanuvchi
kattalikning o’zgarishiga olib keladi.
Rostlanuvchi ob’ekt yukining o’zgarishi g’alayonlanish manbalaridan biridir.
Modda yoki energiya sarfini ularning ob’ektga kelishidan avval stabillashtirish
mumkin bo’lsa, berilayotgan xom ashyo tarkibini stabillash bir muncha
qiyinchiliklar tug’diradi. Shuning uchun ob’ektga
keladigan modda tarkibining
tebranishi g’alayonlanishining yana bir manbalaridan biridir. Nostatsionar
ob’ektlarda g’alayonlanishlar ob’ekt tavsifnomalarining o’zgarishi sababli ham
kelib chiqishi mumkin. Yuk – modda yoki energiyaning ob’ektdan olinishiga (oqib
chiqishiga) ko’rsatiladigan ob’ekt qarshiligini ifodalaydi. Ob’ekt yukining
o’zgarishi rostlanuvchi kattalik o’zgarishning tezligini oshiradi. Yukning o’zgarish
chastotasi haqida ham xuddi shuni aytish mumkin. Yuk tebranishlarining
amplitudasi ham, chastotasi ham rostlash sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Rostlanuvchi ob’ektning yukini o’zgartirish, ya’ni ob’ektning
bir ish
rejimidan ikkinchisiga o’tish extiyoji paydo bo’lsa, bu amalni sekinlik bilan
bajarish kerak, bunda rostlash tizimi ob’ektni yangi ish rejimiga ravon, keskin
tebranishlarsiz o’tkazadi. Yukning katta o’zgarishlarida avtomat rostlagichlarni
qaytadan rostlash extiyoji paydo bo’lishi mumkin. Bu hol yukning o’zgarishi
rostlanuvchi ob’ektning statik va dinamik tavsifnomalarini o’zgarishiga olib
kelishi
bilan bog’lik. Masalan, yuk kamayishi bilan sof kechikish ko’payadi, o’z-o’zidan
to’g’rilanish, sig’im koeffitsiyentlari va boshqariluvchi ob’ektning vaqt doimiysi
kamayadi. Shuning uchun ob’ektning xar xil yuklariga avtomat rostlagichlarning
turlicha optimal rostlanishlari to’g’ri keladi.
Agar rostlanuvchi ob’ektga g’alayonlovchi yoki boshqaruvchi ta’sir
ko’rsatilsa, ob’ekt chiqishidagi rostlanuvchi kattalik shu zahoti emas, balki bir
muncha vaqt o’tgandan so’ng o’zgaradi, ya’ni ob’ektda
jarayonning kechikishi
hosil bo’ladi. Modda (energiya)ning yaqinlashishi yoki sarf o’zgarishi bo’yicha
oniy (pog’onali) g’alayonlanishi ob’ekt uchun eng yomon holdir. Shuning uchun
rostlash tizimlari pog’onali g’alayonlanish uchun mos hisoblanadi.
Ob’ektdagi kechikish qarshiliklar mavjudligi va tizimning inersionligi bilan
izohlanadi. Sof (yoki transport) va oraliq (sig’imli) kechikishlar mavjud.
G’alayonlovchi yoki boshqaruvchi ta’sir ko’rsatilgan momentdan boshlab
rostlanuvchi kattalik ob’ekt chiqishida o’zgara boshlagan paytgacha o’tgan vaqt
sof kechikish deyiladi. Bu vaqt modda yoki energiya oqimining harakat tezligi va
g’alayonlovchi ta’sir ko’rsatilgan nuqta bilan rostlanuvchi kattalikning hozirgi
qiymati o’lchanadigan nuqta orasidagi masofadan aniqlanadi. Sof kechikish tashqi
ta’sirning shakli va miqdoriga ta’sir qilmay, faqat ob’ekt chiqishidagi reaksiyani
vaqt mobaynida siljitadi. Agar kirish ta’siri sinusoidal xarakterga ega bo’lsa,
ob’ektda sof kechikish mavjudligi chiqish signalining faza bo’yicha kechikishga
olib keladi.
.
2
Dostları ilə paylaş: