Motivatsion muloqot
muayyan yo‘nalishda hamkorlikda harakat
qilish uchun o‘zaro maqsadlar, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar
almashinuv jarayoni bilan izohlanadi.
Faoliyat
muloqoti kognitiv muloqot bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
bunda harakatlar, operatsiyalar, ko‘nikma va malakalar ayriboshlanadi.
Bu muloqot jarayonida ma’lumotlar uzatiladi, bilim doirasi kengayadi,
qobiliyatlar rivojlanadi, takomillashadi.
Muloqot maqsadiga ko‘ra biologik va ijtimoiy ko‘rinishda bo‘ladi
.
Biologik
muloqot nasl qoldirish, organizmni rivojlantirish, himoya-
lash kabi tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lsa,
ijtimoiy
mu-
loqot esa shaxslararo munosabatlarni kengaytirish, mustahkamlash,
tako mil lashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish
vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Muloqot vositasiga ko‘ra bevosita va bilvosita
bo‘lib, bunda jonli
mavjudotning tabiiy a’zolari yordamida ya’ni qo‘li, boshi, tanasi,
tovushi yordamida axborot ayirboshlasa – bu
bevosita
bo‘ladi, agar
muloqotni tashkillashtirish va ma’lumot almashishda maxsus qurol
va vositalardan foydalanilsa – bu muloqot
bilvosita
deyiladi.
Muloqotning yuqorida mulohaza yuritilgan turlaridan tashqari
ishbilarmonlik va shaxsiy turlari ham farqlanadi.
Ishbilarmonlik
muloqoti odamlarning turli xildagi qo‘shma mahsuldor faoliyati va
mazkur faoliyatining sifatini oshirish vositasi sifatida yuzaga keladi.
Shaxsiy
muloqot esa shaxs o‘zining psixologik muammolariga,
qiziqishlariga, ehtiyojlariga, o‘z hayotiga, atrofida nimalar bo‘la yot-
ganligiga bo‘lgan munosabatini atrofdagilardan bilishga yo‘nalti-
rilgandir.
292
Dostları ilə paylaş: |