239
tushgan badal to‘lovlari va davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga oziq-
ovqat mahsulotlarini xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzadi;
xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalarda oziq-ovqat mahsulotlari muvofiqlik
va gigiyenik sertifikatlar asosida tasarrufidagi muassasaga sifatli yetkazib berilishini
ta’minlaydi;
bir nafar tarbiyalanuvchiga kunlik ovqatlanish narxlarini belgilashni, taomnoma
blankalarini raqamlash, muhrlash, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchilar
bilan tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilishini ta’minlaydi;
tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish sanitariya qoidalari, normalari va
gigiyena normativlarini to‘liq ta’minlagan holda amalga oshirilishiga shaxsan
mas’uldir.
oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.
37. Maktabgacha ta’lim muassasasining mudiri:
tarbiyalanuvchilarni sog‘lom va to‘laqonli ovqatlantirishni tashkil
etishga
javobgar hisoblanadi;
maktabgacha ta’lim muassasasiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari
sifat tavsifiga mos ravishda qabul qilinishini ta’minlaydi;
tarbiyalanuvchilarning muassasada bo‘lgan davri uchun badal to‘lovlari o‘z
vaqtida va to‘liq to‘lab borilishini ta’minlaydi;
ota-onalar yig‘ilishlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish uchun
tayyorlanayotgan taomlarning sifati, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena
normativlarida belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasi
to‘g‘risida har chorakda bir marta hisobot berib boradi;
tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil
etish darajasini baholash
maqsadida har yarim yilda kamida bir marta ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar
o‘tkazadi va uning natijalarini muhokama qilib boradi;
maktabgacha ta’lim muassasasidagi brakeraj komissiyasining tarkibini
tasdiqlaydi, zarur hollarda tarkibga o‘zgartirishlar kiritadi, brakeraj komissiyasining
ishini muvofiqlashtiradi.
38. Maktabgacha ta’lim muassasasi hamshirasi:
taomnomalarning xilma-xilligi va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena
normativlariga asosan tuzilishi, oshxona va omborxonaning sanitariya qoidalari,
normalari va gigiyena normativlariga rioya qilgan holda faoliyat yuritishini nazorat
qiladi;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini, saqlanish qoidalariga amal qilinishini
hamda iste’molga berilishini, tayyorlangan taomlar sifatini, mahsulotlarning
taomlarni tayyorlashda to‘g‘ri taqsimlanishini, taom vaznini va sifatini, oziq-ovqat
mahsulotlarining belgilangan meyorlar asosida sarflanishini ta’minlaydi;
tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan
tasdiqlangan kun
tartibiga asosan tashkil etadi;
asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena
normativlari bo‘yicha ta’minlanishi yuzasidan har o‘n kunlik hisobotini yuritadi;
yig‘ma hisobotlardan kelib chiqib, taomlar ratsioniga kiritilgan oziq-ovqat
mahsulotlarining tarkibiy qismi va energetik qiymatini doimiy ravishda tahlil qilib
boradi;
tayyor
taomlardan sinama olish, ularning organoleptik (hid bilish, ta’m bilish,
ko‘rish) usul asosida baholanishini va jurnalga qayd etishni hamda taomlardan
olingan sinamalar talab etilgan darajada saqlanishini ta’minlaydi;
240
ombor mudiri va oshpaz bilan hamkorlikda taomnoma tuzadi;
har uch yilda bir marta belgilangan tartibda maktabgacha ta’lim muassasalarida
sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi.
39. Maktabgacha ta’lim muassasasi oshpazi eng kamida 3-razryadli oshpaz
darajasiga oid maxsus kasbiy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur va quyidagi vazifalarni
bajaradi:
taomlarni maktabgacha ta’lim muassasasidagi taomnoma asosida tayyorlash
texnologiyasiga amal qilgan holda tayyorlaydi;
tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq tarzda taomlarni porsiyalarga bo‘ladi va
tarqatadi;
kunlik taomnomani
tuzishda ishtirok etadi;
oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan tartibda saqlanishi va taomnoma asosida
to‘g‘ri sarflanishini ta’minlaydi;
taomlarni tayyorlashda mahsulotlarga dastlabki va issiqlik ishlov berishni amalga
oshiradi;
turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarining tavsifi va biologik qiymatini o‘rganadi
hamda organoleptik usul orqali ularning sifat ko‘rsatkichlarini farqlaydi;
issiqlik ishlov beruvchi, vazn o‘lchovchi, muzlatgich va boshqa jihozlardan
foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiladi;
har uch yilda bir marta maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom
ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi.
40. Maktabgacha ta’lim muassasasining oziq-ovqat mahsulotlari ombor
mudiri
(omborchi) eng kamida o‘rta maxsus (buxgalter, tovarshunoslik yoki oziq-ovqat
texnologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha) ma’lumotga ega bo‘lishi zarur va quyidagi
vazifalarni bajaradi:
oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishni tashkil etadi, omborxonaga joylashtiradi
va ularni
saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal
qiladi;
kunlik taomnomani tuzishda ishtirok etadi;
oziq-ovqat mahsulotlarining omborxonadagi qoldiq miqdoridan kelib chiqib,
yetkazib beruvchilarga buyurtmalarni shakllantirishda ishtirok etadi;
kunlik taomnomada belgilangan barcha turdagi
oziq-ovqat mahsulotlarini
oshxonaga beradi;
yetkazib beruvchilar tomonidan topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining
yukxatiga mosligini tekshiradi, ularning vaznini o‘lchaydi va sifatini ko‘zdan
kechiradi;
omborxonadagi oziq-ovqat mahsulotlarining hisobini yuritadi, mahsulotlarni sifat
tavsifiga, foydalanish muddatlariga amal qilgan holda saqlaydi;
omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarini
yuritadi;
har uch yilda bir marta maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni
tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi.
41. Maktabgacha ta’lim muassasasida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishga
mas’ul xodimlarning malakasini oshirish o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladi hamda o‘zbekiston
Respublikasi
sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqilgan o‘quv rejasi va
dasturi asosida amalga oshiriladi.