Integratsion yondashish – bu izlanish usuli boshqa usullar
kо‘rsatkichlarni hisobga olish asosida boshqarish hisoblanadi.
6.
Modellashtirish boshqariluvchi obyektni boshqarish
turli sxema, grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlash
yordamida boshqarish usuli.
7.
Matematik yondashuv – optimal qaror qabul qilish maqsadida
matematik uslublar va kompyuterlar keng miqyosda qо‘llanadi.
8.
Kuzatish usuli – bu boshqaruv obyekti tо‘g‘risidagi
ma’lumotni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda tо‘plash usuli
9.
Eksperiment – boshqarish asosida boshqariluvchi obyektga
nisbatan namunaviy tajribadan о‘tgan usullarni qо‘llash.
Undan tashqari, boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi - dialektik
uslub bо‘lib, u boshqaruvga о‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning
mohiyatini ochishga yordam beradi. Boshqarish usullarini ta’sir
etishning о‘ziga xos xususiyatlariga kо‘ra: ma’muriy-tashkiliy,
iqtisodiy, ijtimoiy psixologik va huquqiy shakllarga ajratish
mumkin. Boshqaruv mahorati uning barcha uslublarini egallash,
ular tо‘g‘ri baholab qо‘llash, har bir aniq vaziyatda eng samaralisini
topish qobiliyatiga ega bо‘lishidan iboratdir [28; 14-b.].
Bugungi kunda «boshqaruv ilmi», «qabul qilish ilmi», «tizimli
tahlil», «tizimlar haqida ilm», lekin kо‘proq «operatsiyalar
tadqiqoti» bir-birini almashtiradigan tushunchalarni uchratish
mumkin. Boshqaruv ilmining yondashish sifatida о‘ziga xos
xususiyatlari quyidagicha:
ilmiy usulning qо‘llanilishi;
tizimli yondashish;
modellar ishlatilishi.
Ilmiy usul boshqaruv ilmi maktabining amaliyotda birinchi bor
ishlatilgan har qanday ilmiy tadqiqotning fundamental tadbiridir. U
uch bosqichdan iborat.
1.
Kuzatuv . Gap muammo va vaziyat haqida axborotni
obyektiv tarzda yig‘ish va tahlil qilish ustida ketmoqda. Masalan,
mahsulotlarga ehtiyoj va zahiralar darajasi о‘rtasidagi bog‘liqligi
kо‘rib chiqilayotganda, rahbar zahiralar darajasi ehtiyojga qarab
о‘zgarilishini baholash kerak. (Bugungi kunda ilmiy tahlilning
bu va deyarli hamma boshqa jihatlari odatda idora bо‘linmalari
mutaxassislari tomonidan о‘tqaziladi).