Педагогика indd


Gipotezaning ifoda qilinishi



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

Gipotezaning ifoda qilinishi.
Gipotezani ifoda etayotib, 
tadqiqotchi mavjud imkoniyatlar (alternativlar) – faoliyat (harakat) 
variantlari – va vaziyat uchun ularning oqibatlarini aniqlaydi, va 
shuningdek ushbu kuzatuvlar asosida bо‘lgan prognozni qiladi. 
Maqsad – muammoning tarkibiy qismlari о‘rtasidagi о‘zaro 
bog‘liqlikni о‘rnatish. Masalan, kuzatuv oy davomida ehtiyoj 10 
foizga о‘sganda zahiralar kamayishini kо‘rsatsa, rahbar gipotezaga 
asoslanishi mumkin, qaysiki zaxiralarning muayyan miqdorga 
о‘sishi ularning bunday vaziyatda qisqarishi oldini oladi.
3. 
Verifikatsiya. 
Verifikatsiyaning yoki gipotezaning tо‘g‘riligini 
tasdiqlanishining uchinchi bosqichida tadqiqotchi gipotezani 
qabul qilingan qarorning natijalarini kuzatib tekshiradi. Bizning 
misolni davom ettirib, rahbar aslini olganda zahiralar darajasini 
idora mutaxassisi taklif etgan miqdorga kо‘paytirishi mumkin. 
Agar bunda zahiralar kamaymasa yoki haddan ziyod kо‘paymasa, 
gipotezani tо‘g‘ri deb tan olish kerak. Agar har holda ehtiyojning 
о‘sishi bilan mahsulotlarning yetishmasligi paydo bо‘lsa yoki 
zahiralar shunchalar о‘ssaki, ularni saqlash chiqimlari haddan ziyod 
bо‘lib qolsa, unda gipotezani notо‘g‘ri deb tan olish kerak. Bu holda, 
rahbar birinchi bosqichga qaytib, mavjud axborotga gipotezani 
tekshirish bosqichida yig‘ilgan axborotni va boshqa ma’lumotlarni 
qо‘shgandan keyin, yangi gipotezani ifoda qilishi kerak.
Boshqaruv muammolarini hal etayotganda ilmiy usulni qо‘llab 
turib shuni esda tutish kerakki, tashkilot – bu о‘zaro bog‘langan 
qismlardan iborat ochiq tizimdir. shuning uchun boshqaruvga ilmiy 
yondashishning ikkinchi xususiyati bо‘lib tizimli yondashish turadi.
Boshqaruv ilmining uchinchi xususiyati – modellarni ishlatishdir. 
Modellashtirish kо‘p hollarda boshqaruv muammolarining 
murakkabligi va ilmiy tajribalarni real hayotda о‘tkazish qiyinchiligi 
tufayli zarurdir.
Modellashtirish – bizning muhokamada kо‘p e’tibor berilgan 
konsepsiyadir. Ilmiy boshqaruv maktabining eng kо‘rinadigan va 
ehtimol eng yirik hissasi oddiy sabab-oqibatli baholash uchun juda 
murakkab vaziyatlarda obyektiv qaror qabul qilishga imkoniyat 
beradigan muqobil modellarni ishlab chiqishdadir. Bunday 
modellarning kо‘pi shunchalik murakkabki, har о‘rta rahbar 
mustaqil ravishda ularni ishlatishga qodir emaslar. Biroq, modellar 


32
haqida ishonarli tasavvurning yо‘qligi rahbarning sinash va xatolar 
usulini qо‘llashga va tekshirilgan usullar qо‘llashning о‘rniga 
о‘ylanmagan qabul qilishga olib keladi [28; 17-b.].
Boshqarish bu – boshqalarni ishlashga undash, nazorat qilish, 
tо‘g‘ri qaror qabul qilish, jarayonni tashkil etish va boshqarish 
demakdir. Rahbarlik bu – turli xil vazifalarning tо‘plami yoki amal 
kursidan iborat emas, balki kasbdir. Rahbarlik insondan zarur 
xarakter, bilim, kо‘nikma, malaka, mahorat, madaniyat kasbiy 
nazokat, tajriba, qobiliyat va о‘ziga xos xususiyat talab etadi.
Boshqarish:
kelajakni kо‘ruvchi;
faoliyatni tashkillashtiruvchi;
tashkilotni idora qiluvchi;
faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi;
qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli 
quroldir (Fransuz olimi A.Fayol).

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin