28
2-BOB.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI BOSHQARISH
VA UNING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TARTIBI
Reja:
2.1.
Boshqaruv tushunchasi va uning mazmun-mohiyati.
2.2. Maktabgacha ta’limni boshqarish tizimi.
Tayanch sо‘z va iboralar:
boshqaruv, boshqaruv subyekti,
boshqaruv obyekti,
boshqarish usullari, boshqaruv ilmi, qabul
qilish
ilmi, tizimli tahlil, tizimlar haqida ilm,
operatsiyalar tadqiqoti, yosh
avlod, maktabgacha ta’lim, davlat dasturi, maktabgacha ta’lim
tashkiloti, rahbarlik qilish, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari,
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari.
Boshqaruv tushunchasi va uning mazmun-mohiyati
Boshqaruv tushunchasi tor ma’noda biror
bir tashkilot maqsadini
aniqlash va unga erishish uchun zarur bо‘lgan rejalashtirish, tashkil
etish va nazorat jarayonlarini foyda keltirishi, samara berishi qan-
chalik faoliyat yо‘nalishini tо‘g‘ri tanlay bilish, qarorlar qabul qila
olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayon
borishiga bog‘liq bо‘ladi. Boshqaruv keng ma’noli tushuncha sifati
-
da jahondagi boshqaruv va uni tashkil etishning nazariyot chilaridan
biri Piter F.Druker
aytganidek,
«Boshqaruv alohida faoliyat turi
bо‘lib, tashkil etilmagan betartib ommani, bir maqsadga yо‘nal
-
tirilgan samarali va unumli guruhga, jamiyatga aylantiradigan,
ijtimoiy о‘zgarishlarni rag‘batlantiruvchi element hisoblanadi».
Boshqaruv nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun bir jamiyat,
davlatni о‘z tanlagan yо‘li maqsad va intilishlariga yetaklovchi,
iqtisodiyotni kuchli barqaror ishlovchi mexanizmga aylantirishda
muhim ta’sir etuvchi kuch hisoblanadi [28; 10-b.].
Dostları ilə paylaş: