Педагогика indd


Mustaqil ish topshiriqlari



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

Mustaqil ish topshiriqlari
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlarni «klaster» 
metodi yordamida loyihalashtiring:
2. Kompetensiya tushunchasiga ta’riflarni toping va 
foydalanilgan adabiyotni ko‘rsating.
3. kompetensiya turlari bo‘yicha ma’lumotlarni toping va 
foydalanilgan adabiyotni ko‘rsating.


129
9-BOB. 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI 
TARBIYALASHNING MAQSAD VA VAZIFALAR
I
Reja:
9.1. Har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashning 
maqsad va vazifalari. 
9.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, 
estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun 
sharoitlar yaratish.
9.3. Jismoniy tarbiyа. Aqliy tarbiyа. Axloqiy tarbiyа. Mehnat 
tarbiyasi. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
jismoniy tarbiyа, aqliy tarbiyа, axloqiy 
tarbiyа, mehnat tarbiyasi, jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush 
tarzining shakllanishi, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, muloqot, 
o‘qish va yozish malakalari, bilish jarayonining rivojlanishi, ijodiy 
rivojlanish.
Har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashning 
maqsad va vazifalari
Maktabgacha ta’lim vazirining buyrug‘i (3.07.2018-yilda 
3032-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan Ilk va maktabgacha 
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari 
tasdiqlandi. hujjat bilan kichik yoshdagi bolalarni har tomonlama 
rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish va maktab ta’limiga tayyorlash 
bo‘yicha talablar tizimi belgilangan. Uning asosiy maqsadi – 
intellektual rivojlangan va ma’nan mukammal shaxsni tarbiyalash.
Tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning har bir yoshga 
mos keluvchi «ideal» rivojlanish ko‘rsatkichlari va bunga imkon 
beruvchi kattalarning harakatlari (mashqlar, o‘yinchoqlar bilan 
ta’minlash, birgalikdagi o‘yinlar, bolalarni rag‘batlantirish va h.k.) 
belgilangan. Talablar tizimi 5 ta asosiy rivojlanish sohasidan 
iborat, har biri o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan. har bir 
kichik rivojlanish sohasi bo‘yicha kutilayotgan ko‘rsatkichlar, ya’ni 
bola o‘z yoshida nimalarni uddalay olishi kerakligi belgilangan 
(9.1-jadvalga qarang): 


130

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin