Pedagogika nazariyasi va tarixi


SADRIDDIN AYNIYNING ILMIY VARAQI



Yüklə 59,98 Kb.
səhifə3/8
tarix05.05.2023
ölçüsü59,98 Kb.
#126382
1   2   3   4   5   6   7   8
QURBONOVA FARANGIZ KURS ISHI

SADRIDDIN AYNIYNING ILMIY VARAQI
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB Tanqidchi va adabyotshunos Sadriddin Ayniy
1.1 Sadriddin Ayniy hayoti va ijodi
1.2 Ayniyning tojik milliy ijodiy saylanmasi
II BOB Ayniyning she’rga muhabbat va shoirlikka qiziqishi
2.1 Ayniyning umr, tafakkur va xotira kitobi
2.2 Ayniyning “Sho‘ro” jurnalida bosilgan maqolasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Maʼlumki, maqsad, mohiyat va ifoda eʼtibori bilan shoʻro adabiyoti yangi adabiyot edi. Oktyabr toʻntarishi hali amalga oshirilmasdanoq proletariat dohiysi V.I.Lenin uning xarakter-xususiyati, asosiy vazifasini 1905 yilda yozilgan “Partiya tashkiloti va partiya adabiyoti” nomli maqolasida belgilab berib shunday degandi: “Bu adabiyot erkin adabiyot boʻladi, chunki uning qatoriga tobora yangi kuchlarni tortuvchi narsa manfaatparastlik bilan shuhratparastlik boʻlmay, balki sotsializm gʻoyasi va mehnatkashlarga xayrixohlik boʻladi. Bu adabiyot erkin adabiyot boʻladi, chunki bu adabiyot ayshu shuhrat koʻngliga urgan xonimlarga, toʻqlikka shoʻxlik qilib, semizlikni koʻtara olmay qolgan “oʻn mingtacha zodagonlarga” xizmat qilmaydi, balki mamlakatning guli boʻlgan, mamlakat kuch-qudrati va istiqbolining egasi boʻlgan millionlab va oʻn millionlab mehnatkashlarga xizmat qiladi…”.
Umuman olganda, bu fikrlar yomon ham, zararli ham emas. Zero, “manfaatparastlik bilan shuhratparastlik” badiiy ijodning asosiy va doimiy kushandasi. Adabiyot oddiy mehnatkash inson manfaatlarini himoya qilib, xalq erki, mamlakat taqdiri uchun kurashmasa, nima uchun kurashadi? Aysh-ishrat bandalarining toʻqlikka shoʻxlik qilishlarini koʻz-koʻz etish uchunmi? Yoʻq, albatta. Chinakam adabiyot barcha davr va zamonlarda ham xalq qismati, vatan istiqboli dardida kurashgan. Ayni maʼnoda ham Leninga eʼtiroz bildirib boʻlmaydi. Ammo maqola sarlavhasidagi “partiya adabiyoti” iborasi bilan Lenin nazarda tutgan va sharaflagan adabiyot bitta partiya, yaʼni kommunistik partiya yoʻl-yoʻrigʻidan chetga chiqmasligi, adabiyot shu firqa siyosatiga suyanishi ham qarz, ham farzligiga aniq ishorat edi. Bu esa yozuvchining qoʻl-oyogʻini bogʻlab, tobelik, erksizlik va soxtakorlikka chorlashdan boshqa bir hiyla emas edi. Davlat miqyosida boshlangan harakat va tashabbuslar birdaniga toʻxtab qolmaydi – maʼlum bir muddat davom topadi. Lenin orzu qilgan “erkin adabiyot” ham sovet imperiyasi tarix sahnasidan barham topgunga qadar yashab, sonsiz-sanoqsiz namunalarini meros qoldirdi. Taqdiri ularning nima boʻladi? Ularga qanday munosabatda boʻlish lozim?
Ushbu savollarga bizda ham, bir qator qoʻshni jumhuriyatlarda ham ilmiy-tanqidiy xolis javob qaytarilgani yoʻq. Ilm va ijod ahli yaxshi biladiki, yangi adabiyot markscha-lenincha taʼlimot bilan qurollangan bir adabiyotshunoslikni ham maydonga keltirgandi. Xuddi adabiyot singari bu adabiyotshunoslikning ham “jilovi” kommunistik partiya qoʻlida edi. Uning “shunosligi”da uydirma, yolgʻon, xato, gʻirromlik va gʻayriilmiylik qoʻshilib-qorishib ketgan edi. Shuning uchun bugun u ulugʻlagani na oʻsha adabiyot toʻgʻrisida, na oʻzining kechagi faoliyati xususida ochiq va toʻgʻri soʻzlay oladi. Ajablanarlisi esa kechagina sinfiylik, partiyaviylik, gʻoyaviylik prinsiplariga mahkam yopishib olib, adabiyotni mustabid davlat, murosaiz va zoʻravon siyosat, gʻaddor mafkura izmi va xizmatidan chetlashmaslikka posbonlik qilgan adabiyotshunoslik birdaniga oldingi tarixi va tajribalaridan koʻz yumib, goʻyo yangi “nazariy” fikr-qarashlarni ilgari surishga kirishib ketdi.
Aslida, bu oʻtgan asrning saksoninchi yillari oxirlarigacha qoralanib kelingan mohiyatni oqlash, inkorni iqror bilan oʻzgartirishdan oʻzga bir tuslanib-turlanish emasdir. Fikrimiz dalilsiz boʻlib qolmasligi uchun inqirozga uchragan badiiy ijod namunalariga doir mulohaza va xulosalarga keskin qarshi chiqqan atoqli adabiyotshunoslardan birining soʻzlariga diqqatni qaratmoqchimiz: “Takabburlik bilan dalil-isbotsiz hamkasblarini kamsitish, ijod ahlini bir-biriga qarama-qarshi qoʻyish, durustroq surishtirmay yaxshi-yomon narsalarni bir-biriga qorishtirib tashlash hollari matbuot sahifalariga ham chiqyapti. Isteʼdodli shoir Usmon Azimov bilan tanqidchi Ibrohim Haqqulovning “Zamon va vijdon erki” sarlavhali manmundor suhbatida yoʻl-yoʻlakay bir qancha shoirlarning sheʼr, dostonlaridan iborat toʻplamlari kitob doʻkonlarida chang bosib yotganligi haqida gap boradi, bu shoirlarning “Saylanma”lariga ehtiyojmand sheʼrxon qolmadi, deyiladi…
Biz kechagi kun hodisalariga baho berayotganda hamisha lenincha tarixiylik prinsiplaridan kelib chiqib ish koʻrishimiz kerak. Shu prinsipga koʻra, bir necha yillar burun yaratilgan asar bugungi kun talablariga har jihatdan toʻla javob berishi shart emas!”
Bu gaplarni bugun izohlashga ham hojat yoʻq: muallif “lenincha tarixiylik prinsipi”ning foyda va ahamiyatini hozir eslashni ham istamasa kerak.
Xullas, tanqidchi va adabiyotshunoslarning koʻpdan-koʻp asarlarida kommunistik partiya adabiyotning xalq hayoti bilan, “xalqning kommunizm uchun kurashi bilan chambarchas bogʻliqligini” toʻxtovsiz tushuntirib, bu yoʻlda yozuvchilarga “har taraflama yordam” berganligi takror-takror taʼkidlangan. Shunday yozuvchilardan biri sifatida koʻpincha Sadriddin Ayniy nomi tilga olinib, ijodiyotiga murojaat qilingan va Oktyabr revolyutsiyasi, unga rahnamolik qilib, yoʻl koʻrsatgan kommunistik partiya boʻlmasa, Ayniy degan ijodkor boʻlmasdi, degan farazga suyanilgan fikr-mulohazalar ilgari surilgan.
Oʻzida yoʻq his-tuygʻu, jismi joniga singmagan haqiqatlardan bahs yuritish xuddi shoir yo adibga oʻxshab adabiyotshunosni ham fosh qilib, soʻzamol, daqqi fikrgoʻyga aylantirib qoʻyadi. Sovetchi munaqqid, adabiyotshunos, jumladan, ayniyshunoslarning jiddiy bir xatosi ana shunda: ular oʻtmishni qoralasak, Ayniy singari adiblar tasvirlagan har bir voqea-hodisa yoki xarakterga sinfiylik, partiyaviylik nuqtai nazaridan baho bersak, masala hal deb oʻylashgan. Bu ularning oʻzi uchun ham, adiblar uchun ham katta ziyon keltirgan. Bugun buni gapirish oson. Lekin oʻshanda ham adabiyotga adabiyot, ilmga ilm deb qarashga urinilganda, natija nisbatan boshqacha boʻlishi mumkin edi. Bunday xatolik va adashishlar afsus yo malomat uchun emas, achchiq boʻlsa-da, haqiqatni bilish va xulosa chiqarish uchun zarur.

Yüklə 59,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin