Pedagogika nazariyasi va tarixi


Ayniyning “Sho‘ro” jurnalida bosilgan maqolasi



Yüklə 59,98 Kb.
səhifə7/8
tarix05.05.2023
ölçüsü59,98 Kb.
#126382
1   2   3   4   5   6   7   8
QURBONOVA FARANGIZ KURS ISHI

2.2 Ayniyning “Sho‘ro” jurnalida bosilgan maqolasi
Ayniyning “Sho‘ro” jurnalida bosilgan maqolasidan “Bedil” monografiyasi chiqqanigacha bo‘lgan vaqt qirq yildan ortadi. Ana shu muddat oralig‘ida ustoz Ayniy Bedil yashagan davr va zamon, uning shaxsi, adabiy muhiti, ijodiyotining falsafiy-axloqiy manbalariga tegishli deyarli barcha tarixiy, ilmiy, adabiy va diniy kitoblarni sinchiklab o‘rgangan, shularga aloqador ma’lumotlarni shoirning o‘z asarlaridan ham terib olgan. U 1946 va 1947 yillarda “Sharqi surx” jurnalida Bedilga bag‘ishlangan maqolalarini e’lon qilgan. Oxir-oqibatda esa uning jahon bedilshunosligida yangi sahifa ochgan “Mirzo Abdulqodir Bedil” monografiyasi yaralgan. Bu ishni uddalash oson emasdi, albatta. Shuning uchun ishning barcha qiyinchilik va murakkabliklarini inobatga olgan Ye.E. Bertels kitobga yozgan muqaddimasida, “Kamdan-kam odam bu ishning uddasidan chiqa olardi, shunda ham S.Ayniyga o‘xshagan o‘z xalqining o‘tmishdagi adabiyotini, tilini va shu tilda yozilgan barcha adabiyotini yaxshi bilgan zabardast ustozgina bu ishni muvaffaqiyat bilan nihoyasiga yetkazgan bo‘lur edi”, – deya Ayniyning chindan-da zabardast ustozligiga tan bergan edi. Bir qancha adabiyotshunoslarning umumiy e’tiroflariga ko‘ra, jahonning biror-bir o‘lkasida Bedil haqida Ayniyning kitobiga tenglasha oladigan, undan mukammalroq tadqiqot hali yaratilganicha yo‘q.
Hech ikkilanmasdan aytish joizki, Ayniy ijodiyoti XX asr dunyo adabiyotining eng nodir, eng e’tiborli va eng mazmundor sahifalarini tashkil etadi.
Professor R.Vohidov va M.Mahmudovning “Ustoz Sadriddin Ayniyning saboqlari” nomli kitobida adib asarlari va ayniyshunoslikka doir ishlarning ro‘yxati 1978 yilgacha uch kitobdan oshib ketganligi qayd etilgan (Toshkent, 2004, 3-bet). Ayniy asarlarining o‘zbekcha nashrlari va o‘zbek ayniyshunoslarining maqola hamda kitoblari ham mazkur asarlardan munosib o‘rin egallagan. Ammo fihrist ishlar yana davom ettirilgan bo‘lsa, o‘tgan asrning saksoninchi yillari birinchi yarmigacha bo‘lgan holat bilan undan keyingi o‘ttiz yil mobaynidagi ahvol yer bilan osmon qadar farq qiladi. Gʻaflat va jaholatning ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar deganlaridek, alloma va mutafakkir adib ijodiyotiga past nazar bilan qaralib, asarlarining nashri ham, o‘qilishi ham o‘lkamizga to‘xtash darajasiga yetdi.
Ustod Ayniy tavalludining 125 yilligi munosabati bilan yozilgan maqolasida atoqli olim akademik To‘ra Mirzayev tomonidan optimistik fikrlar aytilgandi: “Adabiyotshunoslikning tekshirish ufqlari yanada kengaygan, adabiy hodisalarga yangicha munosabatlar qaror topgan bugungi kunda olimlik, tarixchilik, yozuvchilik iste’dodini o‘zida to‘la ravishda mujassamlashtira olgan bu ulkan san’atkor (ya’ni Ayniy – I.H) ijodini chuqur va har tomonlama tadqiq etish, ilgarigi tadqiqotchilarning diqqatidan chetda qolgan yoki o‘rganish imkoniyati bo‘lmagan jihatlarga alohida e’tibor qaratish zarur” . Holbuki, chuqur va har tomonlama tadqiq etish nari tursin Ayniy ijodiga yetarli zaylda e’tibor ham berilmadi. Agar uning ilgari diqqatdan chetda qolgan yoki o‘rganish imkoni bo‘lmagan tomonlari sidqidildan tekshirilsa bormi – bu faqat adabiyotda emas, tarix, tasavvuf, falsafa, ta’lim-tarbiyada ham beqiyos yangiliklarga yo‘l ochadi. Axir shuncha sohani ijodda mujassamlashtirgan san’atkorni topish osonmi? Mayli, savolni javobsiz qoldirib, bir misol keltirsak.
Shu yil bahorda hassos adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori Shavkat Hasanovning “Adabiyot” gazetasida (29 mart soni) yangicha yondashuv bilan yozilgan “Biz bilmagan Ayniy” nomli mazmundor maqolasi e’lon etildi. Unda yozuvchining shaxsiyati, dunyoqarashi, jadidlarga aloqasi, “bosmachilik” harakatiga munosobati, tasvir mahorati xususida qiziqarli fikr-mulohazalarga e’tibor qaratilgan. O‘ylaymizki, bunday tadqiqot va ilmiy izlanishlar endi to‘xtab qolmaydi. Yoshlar orasidan yo‘l qo‘yilgan sustlik, xatolik va loqaydliklarga barham berishga qodir iste’dodli ayniyshunoslar yetishib chiqadi. Ana shunda maktab va oliy o‘quv yurtlarimizda Ibn Sino, Sa’diy, Bedil, Ahmad Donish kabi daholar ijodi bilan qiziqib, asarlaridan bemalol mubohasa yuritadigan zukko, adabiyotparast yigit-qizlar safi kengayib borishi shubhasizdir.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, adabiyotshunos va sharqshunos olim Ayniyning ilmiy-adabiy asarida buxorolik ijodkorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muhim ilmiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlib, ular oʻtmishdagi Buxoro adabiyoti, tarixi va ilmu maʼrifatini oʻrganishda qimmatli manba sifatida xizmat qila oladi. Eng asosiysi, adibning bu asari xalqimizning maʼnaviy merosi boʻlib, barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham u “Fan xalqqa boylik keltiradi”, deb yozgan edi.
Jamiyatda soʻz va fikr erkinligi cheklanib, maʼnaviy-axloqiy hayotda sayozlik, turgʻunlik va yakranglik tomir yozdimi, bunga birinchi navbatda adabiyot va ijod ahli aybdor. Adabiyot jurʼat va kurashchanligini boy berib, ikkinchi darajali, hatto oʻtkinchi vazifalar bilan oʻralashib, burchiga sodiq boʻlolmadimi, buning nadomati endi davlat va davlat rahbarlariga tegishli. Adabiyot davlatdan tama qilib, xushomad va maddohlikka berilmasa, davlat adabiyotning mavqe-martabasini haqiqatda yuksak koʻrib, undan yugurdak yoki malaydan foydalanganday foydalanishni koʻzlamasa – olam guliston. Ularning birligi, oʻzaro sodiqlik va samimiyatini faqat va faqat haqiqat, rostlik, millat hamda Vatan manfaati ustuvorlashtiradi. Adabiyot zohiran yaqinlik izhor aylab, tilyogʻlamalikni qoyillatgani bilan, soʻnggi oʻn besh yilda davlatdan roʻshnolik va muruvvat koʻrmay arosat holida yashadi. Shu bois ijod ahli orasida mavqe, martaba, unvon, mukofot uchun yoʻl izlash, bularni inʼom etish qoʻlidan keladigan arbobga xohlagan usulda egilib-bukilish yo elanish ayb ham, uyat ham sanalmay qolgandi. Adabiyotni shaxsiy manfaat bozori deb biladigan oʻrtamiyonachi va isteʼdodsiz qalamkashlar esa oldingi safga oʻtib olishdi. 2016 yildan zamon oʻzgardi, yurtda hech kimning xayoliga kelmagan ijtimoiy, maʼnaviy va madaniy evrilishlar sodir boʻldi. Lekin koʻpdan-koʻp yozuvchi, olim, ziyolilarning ichki qarashlari oʻsha-oʻsha – aytarli oʻzgargan emas. Chunki “toʻn”i almashtirilgani bilan ne-ne masʼul idoralarda toʻn sohiblari joylarida ustuvor turishibdi. Ammo bu hodisaning tarixi ancha uzoqdan boshlanadiki, uni tafakkur qilmay koʻzlangan natijaga erishmoq amrimaholdir. Gap, avvalo, shu haqda.
Davr, Zamon, Muhit, Din, Siyosat, Mafkura taʼsiri va talablaridan yiroq holatda qalam tebratadigan ijodkor boʻlmagan, boʻlishi mumkin ham emas. Biroq aksariyat paytlarda na zamon, na siyosat, na din ijodkorning erki, ijodiy xohish-irodasi bilan hisoblashib, undan gʻoyaviy va mafkuraviy xizmatkorlik, koʻtarinki targʻibotchilikni talab etgan. Mana shuning oʻzi adabiyotning asl vazifasi va burchidan chetlashib, adibni sanʼatkorlik tuygʻusidan mosuvo aylash uchun yetib ortgan. Bu jihatdan sobiq sovet davlati tajribasini har tomonlama tanqidiy oʻrganib, aniq xulosalar chiqarmay turib, adabiyotning adabiyotlik sifatlari, yozuvchining mutlaqo daxlsiz yozuvchilik fazilatlariga, ayniqsa, bugungi kitobxonni inontirish dushvordir.


Yüklə 59,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin