ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» T. 1992 y.
2. V. M. Karimova «Psixologiya» T. 2000 y.
3.E. G. Goziev. « Muomala psixologiyasi» T. 2001 y.
4. I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» T. 1994 .
5.M. Mamatov «Milliy psixologiyaqiyofava uning xususiyatlari» T. 1980y.
13-mavzu. Dindor shaxsiga xos psixologik xususiyatlar (2soat). REJA; 1.Diniy his tuyg`ular.
2.Dindor kishining ehtiyojlari va xulq-atvor motivlari
3.Dindorlarning qadriyatlar tizimi va diniy ustanovkalari.
Tayanch so`zlar: Etnografiya, etnos, etnopsixologiya, urf-odat, milliy ong, etnik xususiyatlar, milliy psixologik kiyofa, etnik qatlam.
Din psixologiyasi fanining yo’zaga kelishini aniq yoki taxminaniy sana orqali ko’rsatish mutloqo mantiqqa to’g’ri kelmaydi. Bunga asosiy sabab-din psixologiyasini o’rganish predmeti bo’lmish eng daslabki e’tiqodni shaxsda qachon yo’zaga kelganini ilmiy jihatdan aniqlashning imkoniyati yo’qligidir. Ba’zi mutaxassilar din psixologiyasini fan sifatida shakllanishi XIX asrning boshlari deb ko’rsatsalar, boshqa bir gurux mutaxssislar esa uni kishilik jamiyatini ibtidosidan izlash kerakligini uqtiradilar. «Din psixologiyasining shakllanishining tarixiy sanasini ko’rsatish murakkabligi tarixni boshlanish sanasini belgilashdan ham murakkabdir» deb yozgandi U. Klark. Amerikalik psixolog-dinshunos U.Klark fikricha, «Barcha ilohiy, diniy manbalarda inson ruhiyatiga oid bilimlar mujassamliki, ular asosida diniy e’tiqodni shakllanish mohiyatini har tomonlama taxlil etsa bo’ladi. Qadimgi dunyo mutafakkirlaridan Sokrot, Platon, Aristotel va Avgustinlar dinni psixologik mohiyatini chuqur taxlil etishga xarakat qilganlar.Din psixologiyasi masalalari bilan shug’ullangan ko’pgina materialist olimlar din psixologiyasi tarixini to’g’ridan-to’g’ri dinlar tarixi bilan bog’lab o’rganishni tavsiya etadilar. Ya’ni dastlab yo’zaga kelgan dinlardan toki shu kungacha saqlanib kelayotgan dinlarning ildizi din psixologiyasini asosi bo’ladi deb ta’kidlaydilar. Ularninng qarashlaricha, tabiatning turli to’siqlariga duch kelgan ibtido davr odami yashash uchun ko’rashishda avvalambor o’z kuchiga suyangan bo’lsa, kuchdan qolib, qarishi dvomida qandaydir g’ayri tabiiy kuchlardan quvvat izlay boshlaydi shu tariqa asta-sekin dastlabki diniy e’tiqod vujudga kela boshlagan. Bu esa ma’lum darajada qo’rquv va daxshatda xolos bo’lishga intilishdan yo’zaga keladigan e’tiqod bo’lib uni angliyalik taniqli etnograf B. Malinovskiy quyidagicha ta’riflaydi. «Diniy yo’l boshlovchilari bilan jamoa bo’lib, jazavaga tushib diniy marosimni amalga oshirgan ibtidoiy odamlar avvalambor o’zida engillikni xis etadi. So’ng o’ziga nisbatan ishonchni seza boshlaydi va unda asta-sekin e’tiqod ko’zga tashlana boshlaydi. Bu e’tiqod «kimga?» «nimaga?» ekanligiga qarab kuchayib boraveradi». Yuqoridagi fikrdan ko’rinib turibdiki diniy e’tiqod o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmagan. Ateistik bilimlar tizimida odamlarda Xudoga, dinga e’tiqod tabiat kuchlari oldidagi ojizlik, ilmsizlikdan kelib chiqqan, deb tushuntirilgan... Almisoq. Psixologiya fani fanlar tizimida differentsal xususiyatga XIX asr boshlarida ega bo’la boshlagan, keyinchalik psixologiya dinshunoslik va falsafa fanlaridan mutlaqo yangi nomga va boy ilmiy manbaga ega bo’lgan din psixologiyasi fani ajralib chiqdi. Din psixologiyasi fanining rivojlanishi turli mamlakatlarda turlicha darajaga ega bo’lishiga sabab jamiyatning dinga bo’lgan munosabati, dinning esa tabiiy fanlarga bo’lgan munosabati belgilab byergan. Shu nuqtaiy nazardan kelib chiqib, din psixologiyasi fani bo’yichcha yirik mutaxassislar M.A Panova, D.M.Ugranovich, L.Ya Shternberg kabi bir qator olimlar dinlar tarixini qit’a va mamlakatlarga bo’lib o’rganishga xarakat qilganlar. Biz ham din psixologiyasiga oid nazariyalar va din psixologiyasini tarixan rivojlanishini yuqoridagi qonuniyatdan kelib chiqqan holda bayon qilishni lozim topdik.
XIX asr oxirlariga kelib din psixologiyasiga oid ilmiy izlanishlar ko’p mamlakatlar ommaviy ravishda amalga osha boshladi. Ammo din psixologiyasini mustaqil fan sifatida maydonga chiqishda, amerikalik psixolog Stenli Xoll va uning shogirtlari tomonidan birinchi bo’lib, amalga oshirilgan diniy ongni tabiiy asoslari o’rganilishi sabab bo’ldi.
Stenli Xollni AQShda din psixologiyasini otasi deb tan olinishga asosiy sabab, u tomonidan 1882 yil «Ma’naviyat va bolalarning diniy tarbiyasi» nomli maqolasini chop etilishidir. V. Vundt shogirdi Stenli Xoll (1844-1924) amerikada psixologiya fanini rivojlanishiga katta xissa qo’shgan. U birinchi bo’lib amerikada psixologiya laboratoriyasini tashqil etib, laboratoriyada turli usullarni tajribada qo’llab din psixologiyasi fanini falsafa fani tasarrufidan chiqara oldi. Xoll Evropada yashagan davrida rekanitulyatsiya nazariyasi (individ rivojlanishida insoniyat taraqqiyotini asosiy bosqichlarini takrorlaydi) tarafdorlari g’oyalarini chuqur o’zlashtiradi Ch.Darvinning maymunni odamga aylanish nazariyasi tanqid qilinyapdi. Individni to’liq shaxs bo’lib, shakllanishida diniy ta’limni ahamiyatini ko’rsatib o’tish bilan, diniy e’tiqod bilangina shaxs jamiyat a’zosi bo’la oladi, din fikrni ilgari suradi. Xollning nazariy va amaliy ishlari uning izdoshlari diqqatini diniy ongni atroflicha o’rganishni rivojlantirishga qaraldi. 1899 yili Xollning ko’zga ko’ringan shogirdi, din psixologiyasi rivojiga katta xissa qo’shgan Stenford unversiteti professori Edvin Starbek 1866-1947 «Din psixologiyasi» degan kitobida diniy e’tiqodning darajasi va diniy ongni o’rganish uchun anketa so’rovnomasini amalda 1-bo’lib qo’lladi. Xozirgi kunda xam bu usul keng qo’llanib kelinadi.Starbek o’sha davrda katta Shovshuvga sabab bo’lgan diniy e’tiqodda «biogenetik nazariyasi» g’oyasi bilan din psixologiyasi fanidan joy oldi. Uni fikriga ko’ra, din shaxsning biologik tomoni bo’lib, ildizi instinktga borib taqaladi va odam uning asosida tashqi olamni anglab, jamiyat a’zosiga aylanadi. Diniy e’tiqodga biogenetik nazariya asosida yondashuv ungacha hukmron bo’lib kelgan teologik nazariyalarga yangicha munosabatda bo’lishga olib keldi. Starbek diniy e’tiqod shaxsning ma’naviy boyligidir, deb baho beradi.Amerikada din psixologiyasini asoschilaridan biri sifatida Jems Pratt (1875-1944) ham alohida e’tiborga loyiqdir. Prattning e’tiqod, sig’inish va mistitsizmni (mistika-har xil irimlarga sig’inish)ni psixologik qonuniyatlarini chuqur o’rganishga qaratilgan «Diniy e’tiqod psixologiyasi» (1907) va «Diniy ong» (1920) asarlari din psixologiyasi taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Jems Pratt asarlarining tez ommalashib ketishiga asosiy sabab, ularda dinning har tomonlama ulug’lanishi edi. Bu esa cherkov xizmatchilarini Pratt asarlarini targ’ib qilishga ilhomlantirdi.Din psixologiyasini rivojlanishiga salmoqli ta’sir ko’rsatib, yangi yo’nalishni belgilab byergan taniqli olimlardan bir amerikalik psixovat Uilyam Jems (1842-1910) hisoblanadi. U o’zining «Serqirra diniy tajriba» asarida diniy e’tiqodlarni tahlil etishga psixologiya fani qonuniyatlari asosida yondashdi. Bunda individning dindan «madad» olish va sub’ektiv qoniqish hosil qilish nuqtai nazaridan baho berib, uni ilmiy asoslashga harakat qiladi. Uning fikricha, dinning manbai insonning o’rab turgan dunyoda emas, balki uning o’zini ichidadir. Lekin intellektual qobig’ida emas, balki ruhiy-emotsional qobig’idadir.Shu bois ham individ, o’zidagi diniy maylning mavjudligini doimo ongli ravishda aks ettiravermaydi...XX asr o’rtalariga kelib, Amerikada din psixologiyasi sohasida katta yutuqlarga erishgan Uolter Klarkning «Din psixologiyasi» asari ko’plab universitetlarning ilohiyot fakultetlarida darslik darajasida o’tilgan. Bu asarida Klark o’zigacha bo’lgan din psixologiyasiga oid nazariya va g’oyalarni tahlil etiularni ilmiy mulohazadan o’tkazadi.
SAVOLLAR.
1.Milliy xarakterni urganish uchun nimalarni bilish kerak ?
2/Milliy xarakterni shakllanishiga nimalar ta’sir etadi ?
3.Miliy xaratyerga kiruvchi xususiyatlarni sanab ko’rsating ?
4/Nima uchun " mexmondustlikni " fakat bitta millatga xos xususiyat, deya olmaymiz ?